Ӛзбекстан республикасы жоқары ҩӘм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги әжинияз атындағы нӛкис
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
Топлам КОНФЕРЕНЦИЯ 2021
O‗zbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas»
[4;] degan fikrlari barchani mas‘uliyat bilan ishlashga chorlaydi. Mustaqillikka erishgan yillarimizning ilk davrida biz o‗zimizning milliy o‗zligimizni anglash, boy tarixiy-ma‘naviy hamda ilmiy merosimizning asl mazmun-mohiyati mag‗zini chaqish va uni ro‗yobga chiqarishga intilgan bo‗lsak, endilikda xalqimiz jipslanib «Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish» g‗oyasini sobit qadamlik bilan amalga oshirishga kirishdi. Bu davrda jamiyatimizda ijtimoiy tafakkurning yuksalish tendensiyasi qaror topishi, unga xos ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlarning mujassamligi e‘tirof etilmoqda. Milliy ruh va umuminsoniy qadriyatlar uyg‗un bo‗lgan ijtimoiy tafakkur – mamlakatimiz barqaror rivojlanishining o‗zan mezon va mustahkam poydevoriga aylanmoqda. Qaysiki davlatda fan rivojlanar ekan, bu yurtda xalqningi iqtisodiy, ijtimoiy va ma‘naviy sohalari taraqqiy etib boradi. Fanga e‘tibor berish zaminida insonlarni yashash sharoitlarini yaxshilash, tafakkurini o‗stirish va madaniyatni rivojlantirish masalalari ilmiy-metodik jihatdan o‗rganilib tahlil qilinadi. Fanga bo‗lgan e‘tibor inson tafakkurini o‗stirish va ulg‗aytirishga xizmat qiladi. Jamiyat tafakkuri o‗ssa, madaniyat va san‘at sohasi ham mana shu talablarga hamohang ravishda taraqqiy etadi. Xozirgi kunda bo‗lajak kadrlarni iqtisodiy-huquqiy madaniyatini rivojlantirish va bo‗lajak boshlang‗ich sinf o‗qituvchilarida iqtisodiy bilimlarni shakllantirish bo‗yicha yurtimizda va xorijiy davlatlarda ish olib borgan olimlardan R.SH.Axlitdinov, A.X.Munavarov, L.F.Savinova, V.A.Slastenin tadqiqotlarini ko‗rishimiz mumkin. Ularning tadqiqotlarida iqtisodiy bilimlarni 277 egallash nafaqat texnika, menejment balki ta‘lim sohasida ham muhim ahamiyatga ega ekanligi ochib berilgan. Shaxs iqtisodiy madaniyatini shakllantirish kompleks yondashuvni taqozo etadi. Kompleks (complexs - so‗zi lotincha so‗zdan olingan bo‗lib, ulanish, kombinatsiyalashgan, umumiylik, tizimlilik) degan ma‘nolarni bildiradi. Kompleks (lot.complexus - aloqa,bog‗lanish; qo‗shib, qamrab olish ). Bir butunni tashkil qiluvchi narsalar, hodisalar, belgi-xususiyatlar majmui, yig‗indisi [1; 397]. Kompleks yondashuv nafaqat pedagogika sohasida balki qator sohalarda ham o‗rganib kelinadi. E.A.Shashenkova o‗zining tadqiqotida kompleks yondashuvga quyidagicha ta‘rif bergan: Kompleks yondashuv – bu tadqiqot usuli, kasb – hunar samaradorligini belgilaydigan turli xil omillarning o‗zaro ta‘sirini hisobga olish [2;68]. Huquqiy lug‗atlarda kompleks yondashuv – tabiiy va madaniy omillarning ta‘sirida shaxsning ruhiyatini o‗rganish deya talqin qilinadi. Kompleks yondashuv – bu kasbiy ta‘limni uning ijtimoiy – iqtisodiy, psixologik va pedagogik muammolarning birgalikda ko‗rib chiqadigan tadqiqot usuli va integratsiyalashgan yondashuvning muhim talabi kasb ta‘limi samaradorligini belgilaydigan turli xil omillarning o‗zaro ta‘sirini hisobga olishdir. Kompleks va tizimli yondashuvlar integratsiyalashgan ilmiy bilimlarni birlashtirish shaklidir. Ma‘lumki, ikkala yondashuv ham tadqiqot vazifalarini bajarish uchun turli fanlarga tegishli usullar, ob‘ektlar, vositalar, dalillarni birlashtirishga qaratilgan. Psixolog olim V.M.Sorokin, V.L.Kokorenko kompleks va tizimli yondashuvni quyidagicha farqlashadi: Kompleks –qisqa qilib aytganda, bolani har tomonlama o‗rganish jarayonida nafaqat alohida funksiyalarini balki, uning psixikasini boshqa jihatlar bilan o‗zaro aloqasini ham o‗rganishdir [3;122]. Bundan tashqari, kompleks shaxsni o‗rganish jarayonida barcha mavjud ma‘lumotlardan foydalanishni ham nazarda tutadi. Kompleks va tizimli yondashuvlarni o‗rganish natijasida ta‘lim jarayonida kompleks ta‘limdan foydalanish zarurati mavjudligini tahlil qildik. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling