Ӛзбекстан республикасы жоқары ҩӘм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги әжинияз атындағы нӛкис


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/266
Sana17.08.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1667691
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   266
Bog'liq
Топлам КОНФЕРЕНЦИЯ 2021

Адабиѐтлар 
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 11 июлдаги ПҚ-4391-сонли 
―Олий ва ўрта махсус таълим тизимига бошқарувнинг янги тамойилларини жорий этиш 
чора-тадбирлари тўғрисида‖ги қарори. 
2. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 8 октябрдаги ПФ-5847-
сон ―Ўзбекистон Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш 
концепциясини тасдиқлаш тўғрисида‖даги Фармони.



150 
DARS MASHG‘ULOTINI OLIB BORISH VA UNING TAXLILI
HAQIDA MULOXAZALAR 
N.Yu. Saidaxmedova – v.b. dotsenti.,
M.A. Isaqova-28 maktab o‟qituvchisi., 
A.A. Xolmatov – 1 kurs talabasi 
Muqimiy nomidagi Qo‟qon DPI, Qo‟qon sh. 
 
Oʻquv mashgʻulotni kuzatish va tahlil qilish orqali ta‘lim oluvchilarning umumiy 
tayyorgarligi, bilim olishdagi faoliyati, oʻquv fanga bo‘lgan qiziqishi, diqqat bilan ishlashi, 
matn, xarita, jadval, asboblar bilan mustaqil ishlay bilishi, o‘qituvchiga bo‘lgan munosabati 
aniqlanadi [1; b.86-98]. 
Shu bilan birga oʻqituvchining faoliyati ham tahlil qilinadi.
Dars maqsadi bilan ta‘lim oluvchilarni tanishtirmaslik; 
Interfaol metodlardan samarasiz foydalanish; 
Dars jarayonida barcha ta‘lim oluvchilarning ishtirokini ta‘minlay olmaslik; 
Ta‘lim oluvchilar bilan yakka va jamoa tartibda ishlashga erisha olmaslik; 
Ta‘lim oluvchilarning mustaqil ishlashini ta‘minlamaslik. 
Ta‘lim oluvchilar bajargan ishlarini vaqtida baholamaslik; 
O‘qituvchi nutqining ravon ta‘sirchan emasligi;
Mavzuni amaliyot bilan bogʻlab tushuntirmaslik; 
Mavzuni ilmiy va amaliy nuqtai nazardan tushuntirishga e‘tibor bermaslik; 
Xona doskasi, darslik, ta‘lim oluvchi daftari, qoʻshimcha adabiyotlardan foydalanishning 
tizimli yoʻlga quyilmaganligi; 
Ta‘lim oluvchilarga beriladigan savollarning muammoli tarzda tuzilmaganligi kabilar. 
Oʻquv mashgʻulotini tahlil qilish bosqichlaridan metodik tahlilini misollar orqali koʻrib 
chiqamiz. Masalan, Vitaminlar mavzusida E vitami uchun sifat reaksiyalar tajribasi 
bajarilganda oʻqituvchi talabalarga kompyuter vositasi orqali annimasiya qoʻyib bersa, talabalar 
tajribani tushungan holda, xavfsizlik texnikasiga rioya qilgan holda bajara oladi. 


151 
Dars mazmunini taxlil qilishda esa: 
- dars mazmunining Davlat ta‘lim standarti talablariga mosligi; 
- materiallarning ishonchliligi, toʻliqligi, tushunarliligi; 
- bayon qilinayotgan materiallning ilmiy darajasi; 
- darsning tarbiyaviy yoʻnalishi, ta‘limiy ta‘sir darajasi; 
- darsni hayot, mehnat tarbiyasi va kasbga yo‘naltirish bilan bog‘lash; 
- oʻquvchilar tomonidan yangi bilimlarni qabul qilishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish; 
- yangi materiallning asosiy gʻoyasini ajratish. Yangi tushunchalarni shakllantirish. 
Tayanch bilimlarning muhimligini koʻrsatish.
Vitaminlar mavzusida darsni hayot bilan bogʻlab oʻtilsa, maqsadga muofiq bo‘ladi.
1911- yilda polyak olimi K.Funk guruch kepagidan ovqatga oz miqdorda qoʻshib 
berganida, beri-beri kasalligini davolaydigan kristall, faol modda olishga muvaffaq boʻladi. 
Funk shu birikmaning tarkibida amin guruhi borligini aniqlab, unga "vitamin" nomini beradi. 
"Vita" - lotincha hayot, "amin" - tarkibida azot tutuvchi kimyoviy guruh, binobarin, vitamin 
"hayot amini" ma‘nosini anglatadi. Keyinchalik bu atama ozuqa moddalar tarkibida 
uchraydigan barcha qoʻshimcha omillar uchun qoʻllaniladigan boʻldi.
Organizmda vitaminlar yetishmasa yoki ko`payib ketsa, ularning muvozanati buziladi. 
Agar organizmda qisman vitaminlar yetishmasa, gipovitaminoz, bir necha xil vitamin
yetishmasa avitaminoz deyiladi. Toʻqimalarda vitamin yoki vitaminlarning miqdori koʻpayib 
ketsa, bu ham kasallikka sababchi boʻlib, bunday holatni gipervitaminoz deb yuritiladi. Bu 
xildagi vitaminlarning nomutanosibligini yog`da eruvchilarida kuzatiladi.
Birgina vitaminni misol qilib olsak. Tiamin (В

vitamin) odam organizmida 
sintezlanmaydi. U tayyor holda oʻsimlik yoki hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan oziq-ovqat 
orqali qabul qilinadi. Aynan shu vitamin yetishmasa, odamning ishtahasi yoʻqolib, oshqozonda 
suyuqlik va xlorid kislotasining miqdori keskin kamayadi. Soʻng nerv kasalligining alomatlari 
boshlanadi. Terining sezuvchanligi kamayib, yurak faoliyati buziladi. Agar kasallik oʻz vaqtida 
davolanmasa, nerv falajining ogʻir ko`rinishlari boshlanadi. Vitamin bugʻdoy unida, kepakda, 
oqlanmagan guruchda, hayvonlarning ichki a‘zolarida (jigar, yurak, buyrak) ayniqsa, 
achitqilarda koʻp bo`ladi. Mazkur vitamin riboflavin va nikotin kislotalar kompleksi sifatida, 
non mahsulotlarini vitaminlarga boyitishda ishlatiladi. Tiamin, shuningdek, chorvachilik va 
parrandachilikda ham ishlatiladi.
Oʻqituvchining innovatsion faoliyati voqelikni oʻzgartirishga, uning muammolari va 
usullarini yechishni aniqlashga qaratilgandir. Oʻqituvchi va talaba oʻrtasidagi muloqot 
namunasining o‘zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi munosabatlar, 
an‘analarda boʻlganidek, qistovlar, hukmga bo‘ysunish kabi unsurlardan xoli bo‘lishi lozim. [2, 
b.86-92] Ular tenglarning hamkorligi, o‘zaro boshqarilishi, oʻzaro yordam shaklida qurilgan 
boʻlishi darkor. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling