Ӛзбекстан республикасы жоқары ҩӘм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги әжинияз атындағы нӛкис
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
Топлам КОНФЕРЕНЦИЯ 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- IQTISODIY TARBIYA IJTIMOIY ZARURIYAT N.M.Quchqorova
Әдебиятлар
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ―Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида‖ги 4947-сон Фармони. // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 6-сон. 70- модда 2. Ўзбекистон республикаси вазирлар маҳкамасининг 2020 йил «Олий таълим муассасаларида таълим жараѐнини ташкил этиш билан боғлиқ тизимни такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида» 824-сонли қарори https://lex.uz/uz/docs/5193564 3. Ж.С.Отепбергенов. «Ахборот таълим муҳити шароитида талабаларда когнитив компетентликни ривожлантириш технологияси автореферат 2020-йил 4. https://studopedia.ru/17_31770_vpravi-dlya-ozdorovlennya-pechinki.html IQTISODIY TARBIYA IJTIMOIY ZARURIYAT N.M.Quchqorova - PhD dots,v.b. I.T.Otaboyeva - magistr. UrDU O‗zbekiston Respublikasida ro‗y berayotgan o‗zgarishlar jarayoni va oliy ta‘lim va o‗rta maxsus bilim yurtlarida iqtisodiy fanlarni o‗qitish metodi va uni isloh qilish, barkamol avlodni iqtisodiy tarbiyalash, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» Qonuni bo‗yicha o‗rgatish iqtisodiy 147 tarbiya masalalariga yangicha yondashishni zamon talabi taqozo etadi. Yosh avlodning garmonik rivojlanishi va dunyoqarashini shakllantirishda, ijtimoiy hayotning negizi bo‗lgan iqtisodiy jarayonlarni, uning shakl va mazmuniy o‗zgarishlarini, mamlakatimizdagi resurslardan samarali foydalanib, milliy boyligimizni ko‗paytirish yo‗l-yo‗riqlari ruhida tarbiyalash alohida ahamiyat kasb etadi. O‗zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yillik tantanalarida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining: ―Xalqimizning ulug‗vor qudrati jo‗sh urgan hozirgi zamonda O‗zbekistonda yangi bir uyg‗onish –Uchinchi Renessans davriga poydevor yaralmoqda‖, - degan so‗zi yangradi. Shunday yangilanish davrida turgan ekanmiz, albatta, ta‘lim tarbiya sohasiga e‘tibor qaratmasdan ilojimiz yo‗q. Bu keng ko‗lamdagi islohotni amalga oshirish uchun esa uzluksiz ta‘limning bir qismi bo‗lgan maktabgacha ta‘lim sohasidan boshlash maqsadga muvofiqdir, zero o‗sib kelayotgan yosh avlod millatimiz kelajagi ekanligini hech kim inkor qila olmaydi. Hozirgi kunda maktabgacha ta‘lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‗lamli islohotlar ham buning yaqqol misolidir. Buning uchun esa katta moliyaviy harajatlar sarflanishi sir emas. Avval iqtisod, keyin siyosat deyilganiday iqtisodiy tarafdan yaxshigina darajaga yetishmasdan turib ta‘lim tizimini isloh qilish ham mushkul. Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy- ma‘naviy hayot darajasining yuksalishi ta‘lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Hozirgi zamonaviy taraqqiyot davrida har bir shaxsning iqtisodiy madaniyatga ega ekanligi muhim vazifalardan biridir. Biz jamiyatning iqtisodiy madaniyati deganda nimani tushunamiz? Jamiyatning iqtisodiy madaniyati - bu iqtisodiy faoliyatning qadriyatlari va motivlari tizimi, iqtisodiy bilimlarning darajasi va sifati, insonning baholari va xatti-harakatlari, shuningdek iqtisodiy munosabatlar va xatti-harakatlarni tartibga soluvchi urf-odatlar va normalarning mazmuni. Mamlakatda ro‗y berayotgan iqtisodiy o‗zgarishlarni anglash, ularni tushunib yetish, yoshlarimiz ongida iqtisodiy ong, iqtisodiy bilim, iqtisodiy madaniyat tushunchalarini shakllantirishda maktabgacha ta'lim tizimi pedagog-tarbiyachilar oldiga ulkan vazifalar qo‗yiladi. Jumladan, oliy o‗quv yurtlarida ham bo‗lajak pedagog-tarbiyachilarni tayyorlash, ularni iqtisodiy madaniyatini shakllantirish ulkan ishlardan biri hisoblanadi. Bakalavrda ta‘lim olayotgan maktabgacha ta‘lim yo‗nalishi talabalari mutaxassislik fanlari orqali maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilim berish usullari haqida bilib oladilar. Iqtisodiy tarbiya ham shaxsning barkamol shakllanishining zarur shartidir. Yoshlarni iqtisodiy tarbiyalash pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo‗lib kelgan va shunday bo‗lib qolaveradi. Bozor iqtisodiga o‗tayotgan bir sharoitda va keyingi rivojlanishda ham yoshlarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish muhimdir. Bu sohada hukumatimiz g‗amho‗rlik ko‗rsatmoqda va pedagoglarimiz tadqiqotlar olib bormoqda. Iqtisodning yaxshi yoki yomonligi tejamkorlik bilan bevosita bog‗liqdir. Bas, shunday ekan har bir talabaga iqtisod, kirim-chiqim mohiyati haqida ta'lim-tarbiya berish kerak. Bu ishni bola bevosita maktabgacha ta'lim davrida oladi. Shuning uchun o‗quvchida ilk iqtisodiy tushuncha asoslari va ko‗nikmalarni tarkib toptirishga alohida e'tibor berilishi shu kunning muhim muammolaridan biridir. Donolar debdurlarki: «Harakat qiling to obodon bo‗lg‗aysizlar va ozga qanoat qiling, toki mollaringiz ko‗p bo‗lg‗ay, yumshoq tabiatli va shirin so‗zli bo‗ling, do‗stiniz ko‗p bo‗lg‗ay». Demak, ko‗p ranj bila topilg‗on ganjni (boylik) g‗aflat va qohillik bila qo‗ldan bermoq aqlli kishining ishi emasdur. Qashshoq bo‗lg‗andin so‗ng har qancha pushaymon bo‗lsa, sud (foyda) qilmaydur. Demak, moling barqaror bo‗lguncha mashaqqat ustiga mashaqqat chekg‗il, sen bundan bahramand bo‗lg‗aysan. Iqtisodiy tarbiya talabalarda tejamkorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob qilish qobiliyatini shakllantiradi. Iqtisodiy 148 tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan muntazam boyitilib, ilmiy asoslab kelingan. Bu borada Al-Xorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy o‗rin tutishini alohida ta‘kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o‗z ishiga puxta bo‗lishi kerak. Shunda u o‗z mehnatining (o‗zgalarning ham) natijalarini o‗lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin. A.N.Forobiy ―Baxt-saodatga erishuv haqida‖ asarida shunday yozadi: ―Inson o‗z mablag‗ini to‗g‗ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg‗anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi‖. A.Avloniy ―Iqtisod deb, pul va mol kabi ne‘matlarning qadrini bilmakka aytilur‖ yana ―Hozirgi zamonda maqsadga yetmoq, xalqqa maqbul bo‗lmoq uchun ilm va mol lozimdur‖ kabi qimmatli g‗oyalarni olg‗a surgan. Masalan, uning quyidagi fikrlarini ko‗raylik: ―Amerikaliklar bir dona bug‗doy ekib, yigirma qadoq bug‗doy olurlar, yevropaliklar o‗zimizdan olgan 5 tiyinlik paxtamizni o‗zimizga 25 tiyinga soturlar. Ammo biz osiyoliklar, xususan, turkistonliklar, dumba sotib, chandir chaynaymiz: qaymoq berub, non o‗rniga kesak tishlaymiz, so‗zning qisqasi, hozirgi zamonga muvofiq kishi bo‗lmak uchun ilm va ma‘rifat ila barobar iqtisod, insof tugamas sayi, bitmas g‗ayrat lozimdir‖. Ahmad Yugnakiy ―Hibbatul haqoyiq‖da: ―Mol-mulksiz kishi uchun bilim – bitmas-tuganmas mulkdir, kambag‗al uchun bilim hisob – xatosiz hisobdir‖. Bu fikrdan shuni anglash zarurki, inson o‗zining ilmi bilan ijtimoiy hayotga tejamkorlik ko‗nikmalarini shakllantiradi va o‗z hayotini oqilona tashkil qiladi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling