Ӛзбекстан республикасы жоқары ҩӘм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги әжинияз атындағы нӛкис


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/266
Sana17.08.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1667691
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   266
Bog'liq
Топлам КОНФЕРЕНЦИЯ 2021

Әдебиятлар 
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ―Ўзбекистон 
Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида‖ги 
4947-сон Фармони. // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 6-сон. 70-
модда 
2. Ўзбекистон республикаси вазирлар маҳкамасининг 2020 йил «Олий таълим 
муассасаларида 
таълим 
жараѐнини 
ташкил 
этиш 
билан 
боғлиқ 
тизимни 
такомиллаштириш 
чора-тадбирлари 
тўғрисида» 
824-сонли 
қарори 
https://lex.uz/uz/docs/5193564 
3. Ж.С.Отепбергенов. «Ахборот таълим муҳити шароитида талабаларда когнитив 
компетентликни ривожлантириш технологияси автореферат 2020-йил 
4. https://studopedia.ru/17_31770_vpravi-dlya-ozdorovlennya-pechinki.html 
IQTISODIY TARBIYA IJTIMOIY ZARURIYAT
N.M.Quchqorova - PhD dots,v.b. 
I.T.Otaboyeva - magistr. UrDU 
 
O‗zbekiston Respublikasida ro‗y berayotgan o‗zgarishlar jarayoni va oliy ta‘lim va o‗rta 
maxsus bilim yurtlarida iqtisodiy fanlarni o‗qitish metodi va uni isloh qilish, barkamol avlodni 
iqtisodiy tarbiyalash, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» Qonuni bo‗yicha o‗rgatish iqtisodiy 


147 
tarbiya masalalariga yangicha yondashishni zamon talabi taqozo etadi. Yosh avlodning 
garmonik rivojlanishi va dunyoqarashini shakllantirishda, ijtimoiy hayotning negizi bo‗lgan 
iqtisodiy jarayonlarni, uning shakl va mazmuniy o‗zgarishlarini, mamlakatimizdagi 
resurslardan samarali foydalanib, milliy boyligimizni ko‗paytirish yo‗l-yo‗riqlari ruhida 
tarbiyalash alohida ahamiyat kasb etadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yillik tantanalarida O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining: ―Xalqimizning ulug‗vor qudrati jo‗sh urgan hozirgi zamonda 
O‗zbekistonda yangi bir uyg‗onish –Uchinchi Renessans davriga poydevor yaralmoqda‖, -
degan so‗zi yangradi. 
Shunday yangilanish davrida turgan ekanmiz, albatta, ta‘lim tarbiya sohasiga e‘tibor 
qaratmasdan ilojimiz yo‗q. Bu keng ko‗lamdagi islohotni amalga oshirish uchun esa uzluksiz 
ta‘limning bir qismi bo‗lgan maktabgacha ta‘lim sohasidan boshlash maqsadga muvofiqdir, 
zero o‗sib kelayotgan yosh avlod millatimiz kelajagi ekanligini hech kim inkor qila olmaydi. 
Hozirgi kunda maktabgacha ta‘lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‗lamli islohotlar 
ham buning yaqqol misolidir. Buning uchun esa katta moliyaviy harajatlar sarflanishi sir emas. 
Avval iqtisod, keyin siyosat deyilganiday iqtisodiy tarafdan yaxshigina darajaga yetishmasdan 
turib ta‘lim tizimini isloh qilish ham mushkul. Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-
ma‘naviy hayot darajasining yuksalishi ta‘lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm fan taraqqiyoti 
bilan belgilanadi. Hozirgi zamonaviy taraqqiyot davrida har bir shaxsning iqtisodiy 
madaniyatga ega ekanligi muhim vazifalardan biridir. Biz jamiyatning iqtisodiy madaniyati 
deganda nimani tushunamiz? 
Jamiyatning iqtisodiy madaniyati - bu iqtisodiy faoliyatning qadriyatlari va motivlari 
tizimi, iqtisodiy bilimlarning darajasi va sifati, insonning baholari va xatti-harakatlari, 
shuningdek iqtisodiy munosabatlar va xatti-harakatlarni tartibga soluvchi urf-odatlar va 
normalarning mazmuni. 
Mamlakatda ro‗y berayotgan iqtisodiy o‗zgarishlarni anglash, ularni tushunib yetish, 
yoshlarimiz ongida iqtisodiy ong, iqtisodiy bilim, iqtisodiy madaniyat tushunchalarini 
shakllantirishda maktabgacha ta'lim tizimi pedagog-tarbiyachilar oldiga ulkan vazifalar 
qo‗yiladi. Jumladan, oliy o‗quv yurtlarida ham bo‗lajak pedagog-tarbiyachilarni tayyorlash
ularni iqtisodiy madaniyatini shakllantirish ulkan ishlardan biri hisoblanadi. Bakalavrda ta‘lim 
olayotgan maktabgacha ta‘lim yo‗nalishi talabalari mutaxassislik fanlari orqali maktabgacha 
yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilim berish usullari haqida bilib oladilar.
Iqtisodiy tarbiya ham shaxsning barkamol shakllanishining zarur shartidir. Yoshlarni 
iqtisodiy tarbiyalash pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo‗lib kelgan va shunday 
bo‗lib qolaveradi. Bozor iqtisodiga o‗tayotgan bir sharoitda va keyingi rivojlanishda ham 
yoshlarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish muhimdir. Bu sohada hukumatimiz g‗amho‗rlik 
ko‗rsatmoqda va pedagoglarimiz tadqiqotlar olib bormoqda. 
Iqtisodning yaxshi yoki yomonligi tejamkorlik bilan bevosita bog‗liqdir. Bas, shunday 
ekan har bir talabaga iqtisod, kirim-chiqim mohiyati haqida ta'lim-tarbiya berish kerak. Bu ishni 
bola bevosita maktabgacha ta'lim davrida oladi. Shuning uchun o‗quvchida ilk iqtisodiy 
tushuncha asoslari va ko‗nikmalarni tarkib toptirishga alohida e'tibor berilishi shu kunning 
muhim muammolaridan biridir. Donolar debdurlarki: «Harakat qiling to obodon bo‗lg‗aysizlar 
va ozga qanoat qiling, toki mollaringiz ko‗p bo‗lg‗ay, yumshoq tabiatli va shirin so‗zli bo‗ling, 
do‗stiniz ko‗p bo‗lg‗ay». Demak, ko‗p ranj bila topilg‗on ganjni (boylik) g‗aflat va qohillik bila 
qo‗ldan bermoq aqlli kishining ishi emasdur. Qashshoq bo‗lg‗andin so‗ng har qancha 
pushaymon bo‗lsa, sud (foyda) qilmaydur. Demak, moling barqaror bo‗lguncha mashaqqat 
ustiga mashaqqat chekg‗il, sen bundan bahramand bo‗lg‗aysan. Iqtisodiy tarbiya talabalarda 
tejamkorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob qilish qobiliyatini shakllantiradi. Iqtisodiy 


148 
tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan muntazam boyitilib, ilmiy asoslab kelingan. 
Bu borada Al-Xorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy o‗rin tutishini alohida 
ta‘kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o‗z ishiga puxta bo‗lishi kerak. Shunda 
u o‗z mehnatining (o‗zgalarning ham) natijalarini o‗lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin. 
A.N.Forobiy ―Baxt-saodatga erishuv haqida‖ asarida shunday yozadi: ―Inson o‗z 
mablag‗ini to‗g‗ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg‗anchiqlik qilish xasislikka olib 
keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi‖. A.Avloniy ―Iqtisod deb, 
pul va mol kabi ne‘matlarning qadrini bilmakka aytilur‖ yana ―Hozirgi zamonda maqsadga 
yetmoq, xalqqa maqbul bo‗lmoq uchun ilm va mol lozimdur‖ kabi qimmatli g‗oyalarni olg‗a 
surgan. Masalan, uning quyidagi fikrlarini ko‗raylik: ―Amerikaliklar bir dona bug‗doy ekib, 
yigirma qadoq bug‗doy olurlar, yevropaliklar o‗zimizdan olgan 5 tiyinlik paxtamizni o‗zimizga 
25 tiyinga soturlar. Ammo biz osiyoliklar, xususan, turkistonliklar, dumba sotib, chandir 
chaynaymiz: qaymoq berub, non o‗rniga kesak tishlaymiz, so‗zning qisqasi, hozirgi zamonga 
muvofiq kishi bo‗lmak uchun ilm va ma‘rifat ila barobar iqtisod, insof tugamas sayi, bitmas 
g‗ayrat lozimdir‖. Ahmad Yugnakiy ―Hibbatul haqoyiq‖da: ―Mol-mulksiz kishi uchun bilim – 
bitmas-tuganmas mulkdir, kambag‗al uchun bilim hisob – xatosiz hisobdir‖. Bu fikrdan shuni 
anglash zarurki, inson o‗zining ilmi bilan ijtimoiy hayotga tejamkorlik ko‗nikmalarini 
shakllantiradi va o‗z hayotini oqilona tashkil qiladi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling