2019-yildagi Davlat byudjeti daromadlarida soliq turlarining ulushi (foizda)
2020-yildagi Davlat byudjeti daromadlarida mahalliy soliqlarning ulushi tahlil qilinsa, 2019-yilgi koʻrsatkichlarga nisbatan oʻzgarishlar boʻlganligini koʻrish mumkin (2-rasm). Xususan, 2020-yilda mol-mulk soligʻi 2%ga, yer soligʻi 2%ga pasaygan boʻlsa, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 0,5%ga oshgan.
2-rasm. 2020-yildagi Davlat byudjeti daromadlarida soliq turlarining ulushi (foizda) [9]
So’nggi yillarda O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari tahlil qilinsa, mahalliy soliqlar bo’yicha tushumlar o’zgaruvchan tendensiyaga ega ekanligini ko’rishimiz mumkin. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlariga e’tibor qaratadigan bo’lsak, 2019-2020-yillarda mahalliy soliqlar sifatida yer solig’i, mol-mulk solig’i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar bo’yicha tushumlarda sezilarli o’zgarishlar kuzatilgan. 2020-yilda molmulk solig’i bo’yicha tushumlar (1974,3 mlrd. so’m) 2019-yildagiga (2360,2 mlrd. so’m) nisbatan kamaygan bo’lsa, yer solig’i (2386,7 mlrd. so’m) va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (478,8 mlrd. so’m) ko’rsatkichlari sezilarli oshgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-4938-sonli Qarorining 3-ilovasi ma’lumotlari ushbu jadvalda aks ettirilgan bo’lib, unda 2021-yil uchun prognozlar keltirilgan
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari ko’rsatkichlari (mlrd. so’m) [10]
Do'stlaringiz bilan baham: |