Ўзбнкистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги сиртқи бўлим мустакил Иш


Download 439.5 Kb.
bet1/6
Sana16.02.2023
Hajmi439.5 Kb.
#1203309
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Referat mavzu davlat byudjeti bajardi Mamadaliyeva D. Tekshird


 ЎЗБНКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ

СИРТҚИ БЎЛИМ
Мустакил Иш
МАВЗУ: Давлат бюджети
Бажарди: СБИ-53 гурухи талабаси
Умаралиев Ойбек Одил угли

Тошкент – 2023


DAVLAT BYUDJETI.


Reja:

Kirish

1. Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati

2. Davlat byudjetining daromadlari va harajatlari


3. Mahalliy soliqlarning davlat byudjetidagi ahamiyati
Xulosa
Adabiyotlar ro’yxati


Kirish

Hammamizga ma’lumki, jahon iqtisodiyotiga, birinchi navbatda, rivojlangan yirik mamlakatlar iqtisodiyotiga 2008-yilda boshlangan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz haliberi salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. O’tgan davr mobaynida ahvolni yaxshilash maqsadida ko’rilayotgan barcha chora-tadbirlarga qaramasdan, aksariyat davlatlarda o’sish sur’atlari va ishlab chiqarishning amalda pasayishi kuzatilmoqda. Ko’pgina taraqqiy topgan mamlakatlarda vaziyat qanday tus olishini oldindan aytib bo’lmaydigan va turli xavf-xatarlar saqlanib qolayotgan bir sharoitda davlat qarzlari va davlat byudjeti taqchilligi tobora ortib bormoqda. Shu bilan birga, jahon zaxira valyutalarining beqarorligi, moliya-bank tizimi kredit qobiliyatining keskin pasayishi va investitsiyaviy faollikning susayishi bilan bog’liq murakkab muammolar ko’plab davlatlar iqtisodiyotining tiklanish va o’sish sur’atlariga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.


Davlat moliyasini isloh qilish yuzasidan olib borilayotgano’zgarishlarning markazida davlat byudjetining shakllanishi va uning harajatlaridan yanada samarali foydalanish, byudjet taqchilligi o’sishiga ta’sir etuvchi omillarning oldini olish, ish haqi va nafaqalarni o’z vaqtida to’lashni ta’minlash, shu bilan birga byudjet mablag’laridan foydalanish jarayonida byudjet intizomlariga rioya etilishini va bunda byudjet nazoratini kuchaytirish, qolaversa, davlat byudjetining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi samarali ahamiyatini oshirish masalalari turadi.
Byudjet tashkilotlarini moliyaviy mablag’ bilan ta’minlashda byudjet mablag’laridan samarali va oqilona foydalanish muammosi hamisha dolzarb masala bo’lib kelgan va hozirgi sharoitda ham dolzarbligicha qolmoqda. Bu esa mazkur sohada ilmiy tadqiqotlar olib borishning naqadar muhimligini yanada aniqroq ko’rsatib beradi. Shuning uchun ham biz mazkur bitiruv malakaviy ishimizda ushbu masalani tadqiq etishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik.


Download 439.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling