Ózdjtsu tibbiyot fakulteti 58-21 guruh talabasi
Download 260.86 Kb. Pdf ko'rish
|
falsafa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
ÓZDJTSU TIBBIYOT FAKULTETI 58-21 GURUH TALABASI RAHIMOVA MALOHAT VA RAHMATOVA ÓGILOY NING MUSTAQIL ISHI. Mavzu : Diniy fanatizm va dindorlik. ■ Fanatizm tushunchasi ko‘rib chiqilgan, uning chegaralari va baholash mezonlari belgilangandi. Biroq bu hodisa muayyan kishining ongida qanday rivojlanishi eng katta qiziqish uyg‘otadi. Boshqacha qilib aytganda, qanday qilib odamning fanatikka aylanishi. Nima sabaddan ayrim odamlar bunday bo‘ladi, boshqalar esa – yo‘q. ■ Diniy fanatizm (lot. Fanaticus “g‘azablangan”) — diniy g‘oyalarga ko‘r-ko‘rona sodiqlik va amaliy hayotda ularga rioya qilish istagining juda katta ahamiyatga ega ekanligi. Diniy fanatizm asosan diniy mazhablarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu diniy faoliyatga, undagi turli marosimlar va ibodatga mutaassiblik bilan kirishish va o‘z xayrixoh guruhlari ichda birlashib ketish [1]. Diniy fanatizim odatda diniy tamoyillar nomi bilan qurbonlikni muqaddasligiga asoslanadi. Uning psixologik asosi — e’tiqoddir [2]. Diniy mutaassib shaxsning emotsional kechinmalari uning ratsional fikirlash qobiliyatidan ustunligi bilan tasniflanadi. ■ Diniy aqidaparastlikning asosiy turlari orasida passiv-fikirlovchi va aktiv-ekstremistik turlari ajralib turadi. Aqidaparastlik tushunchasini ilk bor Fransuz voizi va ilohiyotchisi Jak-Benin Bossyue (1627–1704) tomonidan qo‘llanilgan bo‘lib, u o‘z davrida katolik dinini monarxiya hokimiyati ustuvorlik qiluvchi Fransiya uchun rasmiy qarashlar tizimi sifatida ko‘rgan fransuz absolyutizmining asosiy mafkurachilaridan biri edi. Bossyue aqidaparast tushunchasini o‘sha davr o‘z diniy e’tiqodlarini cherkov munosabatlari va qoidalariga emas, balki faqat hudogagina bog‘liqligiga ishongan protestantlarga nisbatan qo‘llagan. Bossyue dinning asosini axloq va intizomda deb bilgan. Xristianlik u uchun axloq normalarining na’munasi edi, lekin u har qanday ilohiy his tuyg‘ular va mistik hodisalarni “ruhiy vabo” (la peste spirituelle) sifatida qabul qilgan. Shu ko‘rinishdagi diniy e’tiqod vakillarini uning nazdida diniy aqidaparast va bid’atchi deya hisoblagan. ■ Rus diniy va siyosiy faylasufi Nikolay Aleksandrovich Berdyaev (1874–1948) o‘zining 1937 yili “Russkie zapiski” jurnalida chop qilingan “Aqidaparastlik, ortodoksiya va haqiqat haqida” nomli maqolasida diniy aqidaparastlikka tanqidiy fikrlarini bildirib o‘tadi. U “aqidaparastilik” so‘ziga sinonim sifatida “murosasizlik” nisbiy ma’noda rashkchi ma’nosini keltiradi. Uning fikricha aqidaparast shaxs xuddi rashkchi bir insondek barcha yerda xiyonat va sotqinlikni ko‘radi. Bunday shaxslar o‘ta shubha va gumonlarga beriluvchan bo‘lib, go‘yokiy hamma yerda uning e’tiqodiga nisbatan fitna uyushtirilayotgandek tuyuladi. ■ Berdyaev diniy aqidaparastlikning ziddiyatli xususiyatlariga ishora qilib quyidagi fikrlarni keltirib o‘tadi: “Aqidaparast shaxs doimo o‘zining qandaydir taqib ostida deb xis qiladi, atrofda uni shaytonning turli xila-yu nayranglari qamrab olganday xis qiladi. O‘zini doimo turli dushmanlarining taqib osti deb xis qiluvchi inson — o‘ta xavfli mavjudotdir, xavfda yashovchi inson o‘zi ham aslida taqib qiluvchiga aylanadi” [5]. Berdyaevning fikricha aqidaparast insonlar shaytonga ilohning mavjudligidan ko‘ra ko‘proq e’tiqod qiladilar. ■ Aqidaparast insonlar o‘z ichki qo‘rquvini yengish uchun zo‘ravonlik qiladi, bu ularning ojizliklarining yaqqol na’munasi. Uning e’tiqodi salbiy tusga ega-chunki aqidaparastlikning asli xam e’tiqodning ojizligining yaqqol dalilidir. ■ Hulosa sifatida shuni aytish mumkinki aqidaparastlikni keltirib chiqaruvchi birlamchi omil ilmsizlikdir ya’ni, shaxs ma’nan kuchli e’tiqodga ega bo‘lishi mumkin lekin uning e’tiqodi zaruriy bilim va ko‘nikmalar bilan boyitilmagan bo‘lsa, unda dinning asl mohiyatini tushunish, uni ijtimoiy hayotga tadbiq etishda ko‘r-ko‘ronalik va fundamentalizim kabi yondashuvlarga berilish ustunlik qilishi mumkin ■ Aqidaparast insonlar o‘z ichki qo‘rquvini yengish uchun zo‘ravonlik qiladi, bu ularning ojizliklarining yaqqol na’munasi. Uning e’tiqodi salbiy tusga ega-chunki aqidaparastlikning asli xam e’tiqodning ojizligining yaqqol dalilidir. ■ Hulosa sifatida shuni aytish mumkinki aqidaparastlikni keltirib chiqaruvchi birlamchi omil ilmsizlikdir ya’ni, shaxs ma’nan kuchli e’tiqodga ega bo‘lishi mumkin lekin uning e’tiqodi zaruriy bilim va ko‘nikmalar bilan boyitilmagan bo‘lsa, unda dinning asl mohiyatini tushunish, uni ijtimoiy hayotga tadbiq etishda ko‘r-ko‘ronalik va fundamentalizim kabi yondashuvlarga berilish ustunlik qilishi mumkin E’tiboringiz uchun rahmat Document Outline
Download 260.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling