Ózdjtsu tibbiyot fakulteti 58-21 guruh talabasi


Download 260.86 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.03.2023
Hajmi260.86 Kb.
#1303926
Bog'liq
falsafa



ÓZDJTSU TIBBIYOT FAKULTETI 
58-21 GURUH TALABASI 
RAHIMOVA MALOHAT VA 
RAHMATOVA ÓGILOY NING 
MUSTAQIL ISHI.


Mavzu : Diniy fanatizm va dindorlik.


■ Fanatizm tushunchasi ko‘rib chiqilgan, 
uning chegaralari va baholash mezonlari 
belgilangandi. Biroq bu hodisa muayyan 
kishining ongida qanday rivojlanishi eng
katta qiziqish uyg‘otadi. Boshqacha qilib 
aytganda, qanday qilib odamning 
fanatikka aylanishi. Nima sabaddan ayrim 
odamlar bunday bo‘ladi, boshqalar esa –
yo‘q.


■ Diniy fanatizm (lot. Fanaticus “g‘azablangan”) — diniy
g‘oyalarga ko‘r-ko‘rona sodiqlik va amaliy hayotda ularga 
rioya qilish istagining juda katta ahamiyatga ega ekanligi. 
Diniy fanatizm asosan diniy mazhablarda yaqqol namoyon 
bo‘ladi. Bu diniy faoliyatga, undagi turli marosimlar va 
ibodatga mutaassiblik bilan kirishish va o‘z xayrixoh 
guruhlari ichda birlashib ketish [1]. Diniy fanatizim odatda 
diniy tamoyillar nomi bilan qurbonlikni muqaddasligiga
asoslanadi. Uning psixologik asosi — e’tiqoddir [2]. Diniy
mutaassib shaxsning emotsional kechinmalari uning 
ratsional fikirlash qobiliyatidan ustunligi bilan tasniflanadi.


■ Diniy aqidaparastlikning asosiy turlari orasida passiv-fikirlovchi va aktiv-ekstremistik
turlari ajralib turadi. Aqidaparastlik tushunchasini ilk bor Fransuz voizi va 
ilohiyotchisi Jak-Benin Bossyue (1627–1704) tomonidan qo‘llanilgan bo‘lib, u o‘z 
davrida katolik dinini monarxiya hokimiyati ustuvorlik qiluvchi Fransiya uchun rasmiy 
qarashlar tizimi sifatida ko‘rgan fransuz absolyutizmining asosiy mafkurachilaridan
biri edi. Bossyue aqidaparast tushunchasini o‘sha davr o‘z diniy e’tiqodlarini cherkov 
munosabatlari va qoidalariga emas, balki faqat hudogagina bog‘liqligiga ishongan 
protestantlarga nisbatan qo‘llagan. Bossyue dinning asosini axloq va intizomda deb 
bilgan. Xristianlik u uchun axloq normalarining na’munasi edi, lekin u har qanday 
ilohiy his tuyg‘ular va mistik hodisalarni “ruhiy vabo” (la peste spirituelle) sifatida 
qabul qilgan. Shu ko‘rinishdagi diniy e’tiqod vakillarini uning nazdida diniy
aqidaparast va bid’atchi deya hisoblagan. 



■ Rus diniy va siyosiy faylasufi Nikolay Aleksandrovich
Berdyaev (1874–1948) o‘zining 1937 yili “Russkie zapiski” 
jurnalida chop qilingan “Aqidaparastlik, ortodoksiya va 
haqiqat haqida” nomli maqolasida diniy aqidaparastlikka 
tanqidiy fikrlarini bildirib o‘tadi. U “aqidaparastilik” so‘ziga 
sinonim sifatida “murosasizlik” nisbiy ma’noda rashkchi 
ma’nosini keltiradi. Uning fikricha aqidaparast shaxs xuddi 
rashkchi bir insondek barcha yerda xiyonat va sotqinlikni 
ko‘radi. Bunday shaxslar o‘ta shubha va gumonlarga 
beriluvchan bo‘lib, go‘yokiy hamma yerda uning e’tiqodiga 
nisbatan fitna uyushtirilayotgandek tuyuladi.


■ Berdyaev diniy aqidaparastlikning ziddiyatli 
xususiyatlariga ishora qilib quyidagi fikrlarni keltirib 
o‘tadi: “Aqidaparast shaxs doimo o‘zining qandaydir 
taqib ostida deb xis qiladi, atrofda uni shaytonning turli 
xila-yu nayranglari qamrab olganday xis qiladi. O‘zini 
doimo turli dushmanlarining taqib osti deb xis qiluvchi 
inson — o‘ta xavfli mavjudotdir, xavfda yashovchi inson 
o‘zi ham aslida taqib qiluvchiga aylanadi” [5]. 
Berdyaevning fikricha aqidaparast insonlar shaytonga 
ilohning mavjudligidan ko‘ra ko‘proq e’tiqod qiladilar.



■ Aqidaparast insonlar o‘z ichki qo‘rquvini yengish uchun 
zo‘ravonlik qiladi, bu ularning ojizliklarining yaqqol 
na’munasi. Uning e’tiqodi salbiy tusga ega-chunki 
aqidaparastlikning asli xam e’tiqodning ojizligining yaqqol 
dalilidir.
■ Hulosa sifatida shuni aytish mumkinki aqidaparastlikni 
keltirib chiqaruvchi birlamchi omil ilmsizlikdir ya’ni, shaxs 
ma’nan kuchli e’tiqodga ega bo‘lishi mumkin lekin uning 
e’tiqodi zaruriy bilim va ko‘nikmalar bilan boyitilmagan 
bo‘lsa, unda dinning asl mohiyatini tushunish, uni ijtimoiy 
hayotga tadbiq etishda ko‘r-ko‘ronalik va fundamentalizim
kabi yondashuvlarga berilish ustunlik qilishi mumkin


■ Aqidaparast insonlar o‘z ichki qo‘rquvini yengish uchun 
zo‘ravonlik qiladi, bu ularning ojizliklarining yaqqol 
na’munasi. Uning e’tiqodi salbiy tusga ega-chunki 
aqidaparastlikning asli xam e’tiqodning ojizligining yaqqol 
dalilidir.
■ Hulosa sifatida shuni aytish mumkinki aqidaparastlikni 
keltirib chiqaruvchi birlamchi omil ilmsizlikdir ya’ni, shaxs 
ma’nan kuchli e’tiqodga ega bo‘lishi mumkin lekin uning 
e’tiqodi zaruriy bilim va ko‘nikmalar bilan boyitilmagan 
bo‘lsa, unda dinning asl mohiyatini tushunish, uni ijtimoiy 
hayotga tadbiq etishda ko‘r-ko‘ronalik va fundamentalizim
kabi yondashuvlarga berilish ustunlik qilishi mumkin



E’tiboringiz uchun rahmat 

Document Outline

  • Slide 1: Ózdjtsu TIBBIYOT FAKULTETI 58-21 GURUH TALABASI RAHIMOVA MALOHAT VA RAHMATOVA ÓGILOY NING MUSTAQIL ISHI.
  • Slide 2: Mavzu : Diniy fanatizm va dindorlik.
  • Slide 3
  • Slide 4
  • Slide 5
  • Slide 6
  • Slide 7
  • Slide 8
  • Slide 9
  • Slide 10
  • Slide 11
  • Slide 12
  • Slide 13: E’tiboringiz uchun rahmat 

Download 260.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling