Zebiniso bir kuni onasiga :" Ona bu safargi keladigan sovchilarga mani oyog'imdagi nuqsonimni aytmang " deydi


Download 14.19 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi14.19 Kb.
#265721
Bog'liq
Hujjat (3)


Senariyni maqsadi: Ota-onalarimizni qadriga yetaylik, ularga shunday farzand bo’laylik-ki ularga doimo rahmat eshittiraylik!

Ota-ona


20 asrda bir o’rtacha darajadagi o’qtuvchi oilasi bor ekan. U oilada 3 kishi istiqomat qilarkan . Ular Rahim aka(oriqqina qorachadan kegan ,mehribon, yoshi 42 dagi o’qtuvchi kishi), uni ayoli(ancha muncha to’lishgan mehnatkash ayol , uy bekasi ) va qizi Zebiniso (yoshi 20da , 5 yoshida kalsiy yetishmasligidan bir oyogi biroz kalta bo’lib rivojlangan lekin u Buni boshqalarga sezdirmaslik uchun oyog’iga yog’och bog’lab olar edi, u doimo hijobda yurar edi , boshiga esa ro’mol o’rab yuradigan soliha qiz edi) ekan . Zebiniso voyaga yetdi chiroyda unga teng keladigan qiz yog’ edi. U 20 yoshga to'ldii. Unga sovchilar kela boshladi. Sovchilar kelardi lekin qaytib ketishardi. Bunga sabab uni bir oyog’ini kaltaligini bilishgani edi.

Zebiniso bir kuni onasiga :” Ona bu safargi keladigan sovchilarga mani oyog'imdagi nuqsonimni aytmang “ deydi.

Onasi ham rozi bo’ladi. Oradan ma’lum bir muddat o’tgach sovchilar kelishdi. Sovchilarga onasi qizini aytganini qilib ularga qizini oyog’i haqida gapirmadi. Va shu bilan hursandchilik bilan to’y ham o’tdi. Kelin bilan Kuyov o’z xonalariga kirganda Zebiniso oyog’i kaltaligini va hayotda bitta orzusi borligini aytdi:

”Men sizga turmushga chiqqanimga kechiring meni , meni bir oyog’im ikkinchisidan biroz kalta . Sizdan iltimos , men sizni bir marta bomdod namoziga turg’azsam keyin meni javobimni berib uyimga qaytarib yuborsangiz ham roziman” deydi.

Komil (Kuyov): ” Men dinimizga shunchali darajada muhabbat qo’ygan insonni haydab yuboramanmi

deydi


Komil (Kuyov) bilan Zebiniso shunchali baxtli juftlik bo’lishadiki, ularni ko’rganlar ularga xavas qilishadi . Ular o’zlari orzu qilishgandek bir qiz(Nurinisa) va bir o’g’illi (Muhammad) bolishdi. Nurinisa Muhammaddan 2 yosh katta edi. Ular katta bo’lishgani sari ularni Muhammadni sho’xliklari ko’payib borar edi. Muhammad doimo onasidan dakki eshitardi lekin parvo qilmasdi, chunki onasi uni katta Imom bo’gur yoki prezidentga yolboshchi bo'gur va shunga o’xshash so’zlar bilan koyirdi. Qizi esa katta farzand bo’lgani uchun aqlli , onasiga doimo yordam beradigan qizalog' edi . Ular kotta bo’lishdi qizi bir soliha ona bo’ldi. O’g’li esa shahar bosh imomi bo’ldi. Va taqdirni qarangki MDH davlatlari yig'ilishi O’zbekistonda bo’lib o’tganda, o'sha yig’ilishga bosh Imomni ham taklif qilishdi. Yig’ilish tugagandan keyin O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan boshqa davlatlari Prezidentlari O’zbekistonni aylanishmoqchi bo’lishdi va birinchi bo’lib ular Toshkent dagi Minor masjidiga borishdi. Shunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bosh imomga hurmat tariqasida :”Yo’l boshlang Imom “, deya ularni oldinga chiqardilar. Shunda bosh Imom yo’lboshchilik qilib ketarkan ko’zlari yoshga to’ldi va yig’lay boshladi. Imomdan:” Nega yig’layapsiz ?“,deya shogirdlari so’rashardi. Shunda u yoshligida Onasini Nima Deb koyishini aytib berdi. Shunda u shogirdlariga :”Ota-onamizni borligi bizni eng katta yutug’imiz ! “dedi

Xulosa: Biz doimo ota-onamizni ranjitmasligimiz kerak . Shunday ekan Ota-onalarimizni doimo shirin so’z bo’laylik. Bu hikoyam bilan Nima demoqchiman odamlarni bir-biridan faqat tashqi ko’rinish farqlab turmaydi, balki imoni va muhabbati ( shuni yodda tutish kerak-ki muhabbat faqat Allahga bo’ladi, yaxshi ko’rish u hamma narsaga bo’lishi mumkin) uni boshqa insonlarda farqlab turadi.
Download 14.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling