Ўзг.
Вароқ
Вароқ
Хужжат
Имзо
Сана
kesuvchi qirralarning kо‘p miqdorda mavjudligi esa jadal maydalanishni yuzaga
keltiradi va yanchilgan bо‘lakchalarni drobilkaning ishchi zonasidan chiqishga yordam
beradi.
G‘alvir teshiklari о‘lchamining kattalashishi bilan mahsulotning maydalanish
darajasi kamayadi, drobilka unumdorligi oshadi. Drobilka unumdorligi va maydalashga
ketadigan elektrquvvati sarfi maydalangan mahsulotning drobilkaning ishchi zonasidan
chiqarish tezligiga bog‘liq. Bunda mahsulot qancha tez chiqarilsa shuncha samarali
ishlaydi.
Xom-ashyoni tо‘qmoqli drobilkada maydalash. Tо‘qmoqli drobilkada
maydalash ishchi organ-tо‘qmoq va dekaning kо‘p marotabali zarbi ta’siri natijasida
mahsulotning mahsulotga, deka hamda g‘alvir yuzasiga tegib ishqalanishi natijasida
keladi.
Tо‘qmoqli drobilkada mahsulotning maydalanishi jarayoni quyidagicha boradi:
maydalanadigan mahsulot (komponent) qabul qilish qurilmasiga tushadi va u yerdan
yetaklov qо‘zg‘almas deka tomon uchadi va unga urilib, maydalanish jarayoni
takrorlanadi (maydalashning ikkinchi bosqichi). Dekadan qaytgan bо‘lakchalar yana
aylanadigan tо‘qmoq ta’siriga tushadi. G‘alvir teshiklari о‘lchamidan kichik bо‘lgan
maydalangan bо‘lakchalar g‘alvirdan о‘tib, drobilkadan chiqariladi. Maydalangan
mahsulotni tashuvchi transport turiga bog‘liq holda bо‘lakchalar havo yordamida
siklonga tortiladi yoki mexanik transport bilan tashiladi.
Quyida tо‘qmoqli maydalagich uskunasi tuzilishi kо‘rsatilgan
1-silindrik g‘alvirli qin
2-tо‘qmoqlar
3-rotor
4-qabul qilish qurilmasi
5-taminlovchi
6-qiya yuza
47
Ўзг.
Do'stlaringiz bilan baham: |