Zichlik va uning birliklari. Beruniy va Hozinning zichlikni aniqlash usullari


Download 1.33 Mb.
Sana26.01.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1125751
  • 6-sinf fizika darsligi asosida 16-mavzu:
  • Menzurkaga ma’lum miqdorda iliq suv quyaylik. Hajmini belgilab, unga choy qoshiqda shakar solib eritaylik. Bunda suvning hajmi o‘zgarmaganligini ko‘ramiz.
  • Shakar qayoqqa ketdi? Shakarni tashkil etgan zarralar suv zarralari oralig‘iga tarqalib ketdi.
  • Demak, moddani tashkil etgan zarralar bir-biridan ma’lum masofada joylashar ekan.
  • Ayrim moddalarda zarralar yaqin joylashsa, ayrimlarida esa uzoqroqda bo‘ladi. Bundan tashqari turli moddalar zarralarining massasi turlicha bo‘ladi.
  • Moddaning bu xususiyati zichlik deb ataluvchi fizik kattalik orqali ifodalanadi.
  • Zichlik deb, moddaning birlik hajmiga to‘g‘ri kelgan massasiga aytiladi.
  • Zichlik p (ro) harfi bilan belgilanadi.
  • Demak, biror moddaning yoki jismning zichligini aniqlash uchun uning hajmi va massasini o‘lchab topilar ekan.
  • Har qanday shakldagi jismlarning massasini tarozida o‘lchash mumkin.
  • Lekin hajmini har doim ham chizg‘ich bilan aniqlab bo‘lmaydi.
  • Masalan: uzuk, zirak. Suvda erimaydigan jismlarning hajmi quyidagicha aniqlanadi (17-rasm).
  • Menzurkaga suv quyilib, uning hajmi V1 belgilab olinadi. So‘ngra unga uzukni tushirib, suvning keyingi sathi V2 yozib olinadi. Bundan uzukning hajmi V = V2 –V1. Demak, uzukning hajmi 2,8 sm3-2 sm3 = 0,8 sm3 ga teng.
  • Amaliy topshiriq
  • Yuqoridagi usul bilan tugma, choy qoshiqchasi va shunga o‘xshash narsalar zichligini aniqlang.
  • Zichlikni aniqlash yo‘li bilan tilla taqin choqlarning haqiqiyligini tekshirish mumkinligini yodingizda tuting!
  • * Suyuqliklar hajmi litrda berilsa, 1 litr = 1 dm3 = 0,001 m3 orqali hisoblanadi.
  • Vatandoshlarimiz Beruniy va Abdurahmon Hozin turli moddalarning zichliklarini juda aniq o‘lchaganlar.
  • Beruniy turli shakldagi moddalarning hajmini o‘lchash uchun maxsus asbob yasagan (18-rasm). Bunda hajmi o‘lchanishi kerak bo‘lgan jism idishdagi suvga (1) botirilgan.
  • Shunda jism hajmiga teng miqdordagi suv (2) jo‘mrak orqali (3) kosachaga oqib tushgan.
  • Beruniy suvdan yengil bo‘lgan mum, sham va yog‘och kabi jismlarning zichligini ham aniqlagan.
  • Chuchuk va sho‘r suvlarning zichliklarini aniqlab, ularni qo‘llash borasida ham fikrlar aytib o‘tgan.
  • Beruniy «Hindiston» asarida «bunday joylarning (daryolarning dengizga quyiladigan joyi) kemalar uchun xavfli bo‘lishi, undagi suvning mazasi jihatidandir, chunki mazali (chuchuk) suv, og‘ir narsalarni sho‘r suv ko‘targanday ko‘tara olmaydi» deb ta’kidlaydi.
  • Abdurahmon Hozin jismlarning zichligini yanada aniqroq o‘lchash uchun maxsus tarozi yasaydi (19-rasm).

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling