tahdid solmagan. 5-10 minutlik jimlik ham hali hyech kim o’limga olib
kelmagan. Tinchlaning, 10 minut birovni eshitib, muammoni hal etish, uni har 5
minutda bo’lib, oxir oqibat hyech narsaga ega bo’lmaslikdan afzaldir. Siz
tomoningizdan ko’rsatilgan sukut bilan eshitish – opponentingizga yo’naltirilgan
“Sening so’zlaring men uchun muhimdir” degan axborotni o’zida jamlaydi. Agar
siz uning so’zlarini savollar, jumlalar, kesatiqlar, qochirimlar bilan buzaversangiz
– demak, siz o’z opponentingizda “Sen ham, sening so’zlaring ham men uchun
muhim emas, men o’zim hamma narsani bilaman, aslida sening so’zlaring
yolg’on” degan qarashda ekanligingizni namoyon etadi. “Sening so’zlaring
yolg’on” degan so’zlarni ishlamasangiz ham bunday harakatlar ana shunday qabul
qilinadi. Ammo xissiyotlar, qarashlar, fikrlar, xulosalar odamlar bir tomonga
qarasa ham, ya’ni bir narsani muhokama qilsa ham, turlicha bo’lishi mumkinligi,
har bir odamning o’z xulosalari bo’lishi mumkinligini biz bilamiz. Demak,
opponentingiz sizdan o’zgacha qaror va xulosalarga kelgan bo’lsa, bu – uning
19
yolg’oni emas, bu uning shaxsiy xulosasidir. Sizning vazifangiz ana shu
xulosalarni bilib olib, o’z xulosalaringiz bilan solishtirish, ular orasidagi
umumiylikka tayanishdan iborat bo’lishi lozim. Sizning ham so’zlash navbatingiz
keladi. Avval eshiting, keyin so’zlang. Hamsuhbatingizni so’zlarini bo’lganda u
o’z fikrlarini jamlay olmaydi, ularda uzilish sodir bo’ladi, buning oqibatida siz
uning asl fikr va qarashlarini betartib qilasiz, xuddi shunday axborotlar sizga
betartib keladi, ba’zi muhim bo’lgan fikrlar hayajon orasida yo’qolib ham ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |