Zilzila haqida dastlabki tushunchalar va ularning zararli oqibatlaridan saqlanish
Zilzilaning zararli oqibatlaridan qutilish yo‘llari
Download 31.97 Kb.
|
Zilzila oqibatlari
Zilzilaning zararli oqibatlaridan qutilish yo‘llari
Zilzilaning zararli oqibatlaridan qutilish yo‘llari Rossiyalik tatqiqotchi M.A.Klyachkoning 1850 yildan 1990 yilgacha va boshqa tadqiqotchilarning 2010 yilgachabo‘lgan ma’lumotlariga asosan yer shari bo‘yicha zilziladan halok bo‘lgan insonlarning soni taxminan 2 448500 kishini tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha har yili o‘rta hisobda yer shari bo‘yicha taxminan 15500 kishi qurbon bo‘lar ekan.Albatta, bu ko‘rsatkich o‘ta taxminiy. Chunki ayrim yillarda zilziladan halok bo‘lganlar umuman bo‘lmasligi, ayrim yillarda esa halok bo‘lganlar soni birnecha yuz ming kishini tashkil qilishi mumkin. Shuning uchun seysmik faol xududlarda yashovchi insonlar har doim zilzila havfini esdan chiqarmasliklari kerak. Shunday ekan zilzila xavfini kamaytirish yo‘llari nimalardan iborat. Eng birinchi va asosiy chora seysmik faol xududlarda barcha qurilish ishlari kutilayotgan zilzilaning kuchini hisobga olgan holda qurilishi shart. Qaerda qanday kuch bilan zilzila sodir bo‘lishi mumkinligini Respublikaning umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasidan olinadi. Respublikakmizda barcha qurilish ishlari me’yoriy xujjat- Qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ) asosida olib boriladi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti tomonidan tuzilgan umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasi QMQ ning asosi bo‘lib xizmat qiladi. QMQ da barcha shaharlar va yirik aholi yashaydigin joylarning seysmikligi keltiriladi. Respublikamizda QMQ ga tayangan holda qurilgan uylarga sodir bo‘ladigan zilzilalar xavf tug‘dirmaydi. Chunki Umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasida Respublikaning qaysi joyida qanday kuch bilan zilzila sodir bo‘lishi aniq ko‘rsatilgan. Bunga bino va inshootlarning bo‘lib o‘tgan zilzilalardan keyingi holatiga qarab aniq xulosalar qilish mumkin. Masalan bo‘lib o‘tgan Toshkent, Nazarbek, Gazli, Pop, Chimion va boshqa qator kuchli zilzilalardan keyin QMQga tayangan holda qurilgan uylar deyarli zarar ko‘rmadi. Aksincha xom g‘isht, guvala, shlakoblok va shunga o‘xshash materiallardan qurilgan uylar juda ko‘p hollarda zarar ko‘rdi. Bino va inshootlarni qaysi ballga qanday qurish kerakligi QMQ (Qurilish me’yorlari va qoidalari)da aniq ko‘rsatilgan. Shuning uchun aholi o‘rtasida keng targ‘ibot ishlarini olib borish kerak. Bu narsa O‘zR VM ning 2011 yil 19 iyuldagi 208 sonli “Aholini zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) harakat qilishga tayyorlash kompleks dasturini tasdiqlash» qarorida aniq va yetarli tarzda ko‘rsatilgan. Demak, zilzilaning zararli oqibatlaridan qutilishning eng asosiy shartlaridan biri barcha qurilish ishlarini Respublikaning qaysi rayonlarida qanday kuch bilan zilzila sodir bo‘lishini ko‘rsatuvchi umumiy seysmik rayonlashtirish 10 xaritasiga tayangan holda olib borishdir. Zilzilalarning zararli oqibatlaridan qutilishning yana bir qator usullari mavjud. Ular: zilzilalarni oldindan aytish, seysmik xavf-xatarni baholash, aholi va xududlarni zilzila xavfiga oldindan tayyorlash va boshqalardan iborat. Quyida bu masalalar haqida qisqacha to‘xtab o‘tamiz. Download 31.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling