Zilzila haqida dastlabki tushunchalar va ularning zararli oqibatlaridan saqlanish
Download 31.97 Kb.
|
Zilzila oqibatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zilzila haqida dastlabki tushunchalar va ularning zararli oqibatlaridan saqlanish
Mavzu: Zilzila haqida tushunchalar. Kuchli zilzila oqibatida sodir bo'lgan talofatlarni aniqlash Reja:
1. Zilzila haqida dastlabki tushunchalar va ularning zararli oqibatlaridan saqlanish. 2. Zilzilaning zararli oqibatlaridan qutilish yo‘llari. 3. Zilzilani oldindan aytish usullari. Zilzila haqida dastlabki tushunchalar va ularning zararli oqibatlaridan saqlanish Ma’lumki tabiiy ofatlarning turi ko‘p. Ular zilzila, yong‘in, sel, dovul, sunami, vulqon otilishi, ko‘chkilar, turli kasalliklarning keng tarqalishi va boshqalardan iborat bo‘lib, ular insoniyat va tabiat uchun behisob zarar keltiradi. Ularning ichida eng ko‘p zarar keltiruvchi tabiiy ofat zilzila hisoblanadi. Zilzila natijasida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lishi,imorat va turli qurilmalarning avariyaga uchrashi,sunami,ko‘chkilar, yirik yong‘inlar va turli avariyalarga olib kelishi mumkin.Zilzila natijasida Yer sharining turli mintaqalarda joylashgan mamlakatlarda yiliga birnecha o‘n mingdan yuz minglargacha odamlar qurbon bo‘lishi davom etmoqda. Quyida zilzila nima, u qaerlarda sodir bo‘ladi, sababi nima, zilzilaning zararli oqibatlarini kamaytirish yo‘llari va hokazolar haqida qisqa ma’lumot berishga harakat qilamiz. Agar jurnalxonlarning ayrim masalalar haqida kengroq va chuqurroq ma’lumotlar olish istaklari bo‘lsa jurnalning keyingi sonlarida batafsil ma’lumot olishlari mumkin. Zilzila nima? Yerning to‘satdan tebranishiga zilzila deyiladi.U turli chastotada birnecha sekunddan birnecha minutgacha davom etishi mumkin.Zilzila yer turli chuqurliklarida sodir bo‘ladi. U sodir bo‘lgan joy zilzila o‘chog‘i yoki gipotsentri deyiladi. Zilzilaning yer yuzasidagi proeksiyasi uning epitsentri deyiladi. Zilzilaning davomiyligi gipotsentr joylashgan masofaga bog‘liq. Zilzila qancha yaqin joyda bo‘lsa u shuncha qisqa vaqt davom etadi.Epitsentr qancha uzoqda joylashgan bo‘lsa u shuncha uzoq vaqt davom etadi. Zilzila yerning ma’lum chuqurliklarida birnecha o‘nlab yillar davomida yig‘ilgan potensial energiya hisobiga yerdagi ayrim bloklar yoki strukturalarning daf’atan qo‘zg‘alishi natijasida sodir bo‘ladi. Natijada zilzila o‘chog‘ida uch turdagi bo‘ylama, ko‘ndalang va yuza to‘lqinlar xosil bo‘ladi va ular turli tezlikda atrofga yoyiladi.Seysmik to‘lqinlarning birin-ketin o‘tishi natijasida yer silkinishi sodir bo‘ladi va uni biz zilzila deb ataymiz.Tabiatda uch turdagi zilzilalar mavjud: tektonik, vulkanik va o‘pirilma. Yer sharidagi 95-99 foiz zilzilalar tektonik zilzilalardir. Zilzilaning kuchi (intensivligi) xozirgi vaqtda asosan ikkita shkalada beriladi. Ular 12 ballik xalqaro MSK -64 (Medvedev, Shponxoer,Karnik) shkalasi va kattaligi 1 dan 9 gacha bo‘lgan Magnituda ( M ) bilan ifodalanadigan Rixter shkalasidir. Seysmik va seysmoprognostik stansiyalar tizimi haqida Respublikamizda zilzilalar va ularning darakchilari seysmik va seysmoprognostik stansiyalar tizimi yordamida uzluksiz monitoring asosida olib boriladi. Zilzilalar dastlab 1872-1900 yillarda asosan Toshkentda epizotik kuzatishlar yordamida Chor Rossiyasining mutaxassislari tomonidan olib borilgan. 1901 yilning 13 iyulidan boshlab Toshkentda seysmoskop 7 yordamida uzluksiz kuzatuv ishlari olib borilgan. Bu o‘sha davrda dunyo miqyosida uzluksiz kuzatuvlar olib borilayotgan 4ta seysmik stansiyalardan biri edi. Bunday kuzatishlar keyinchalik 1914 yildan boshlab Samarqandda tashkil qilingan. Sovet davriga kelib 1925-1928 yillarda Farg‘ona, Andijan, Namangan shaharlarida seysmik kuzatuv ishlari tashkil etildi. Keyinchalik Toshkent viloyatida va O‘zbekistonning turli shaharlarida seysmik kuzatuv ishlari olib borildi. 1950-1960 yillarga kelib O‘zbekistonda seysmik stansiyalar soni 15-20 ta ni tashkil etdi. Kuzatuv ishlari 1960 yilgacha Moskvaning Yer fizikasi instituti tomonidan olib borilar edi. 1960-1963 yillarda seysmik stansiyalar tizimi O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Matematika instituti tarkibida ish olib bordi. 1963-1966 yillarda esa seysmik stansiyalar tizimi O‘zFA ning Geologiya va geofizika instituti tarkibida faoliyat ko‘rsatdi. Mazkur institut 1963 yilgacha Geologiya instituti deb nomlanar edi. Seysmik stansiyalar bu institut ixtiyoriga o‘tgandan keyin Geologiya institutinig nomi Geologiya va geofizika deb atala boshlandi. Nihoyat 1966 yili Toshkent zilzilasidan keyin Seysmologiya instituti tashkil etilgach Toshkent markaziy seysmik stansiyalar va respublikadagi boshqa seysmik stansiyalarning asosiy qismi O‘zFA Seysmologiya instituti tarkibiga o‘tkazildi. Seysmologiya instituti tashkil etilgunicha Respublikada faqat seysmik kuzatuv ishlari olib borilar edi. Institut tashkil etilgandan keyin seysmik kuzatuvlardan tashqari kompleks deformometrik,geofizik, gidrogeoseysmologik usullar yordamida kompleks zilzila darakchilarini kuzatish ishlari tashkil etildi. 1978 yilda O‘zbekistonda maxsus seysmokuzatuv ishlarini tashkil qilish haqida Xukumat qarori e’lon qilindi. 1978 yilda esa sobiq ittifoqda kompleks seysmoprognostik tizim yaratish haqida qaror qabul qilindi va u mablag‘ bilan ta’minlana boshlandi. Qaror asosida Institut qoshida Kampleks tajriba- metodik ekspeditsiya tashkil qilindi va bu Ekspeditsiya Respublika bo‘yicha kompleks seysmoprognostik monittoring ishlarini olib boradigan bo‘ldi. Bu Ekspeditsiya 2018 yildan boshlab Seysmologiya Instituti tarkibidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarkibiga o‘tkazildi va unga Respublika seysmoprognostik markazi nomi berildi. Markazning kuzatuv natijalari har haftada bir marta Seysmologiya instituti xodimlari bilan birgalikda har tomonlama tadqiq etiladi va Respublikada bo‘lib o‘tgan va kutilayotgan seysmik vaziyat haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, Fanlar akademiyasiga va boshqa maxsus organlarga ma’lumot berib turadi. Seysmologiya instituti Markazga ilmiy*amaliy yordam beradi. Shuningdek Institutning laboratoriyalari, unikal ob’ektlari va Markazning uzluksiz kuzatuv natijalari asosida fundamental, amaliy va boshqa ilmiy tadqiqotlar olib boradi Zilzila qaerlarda sodir bo‘ladi? Zilzila asosan yer sharining uchta seysmik kamarida ro‘y beradi. Ularning taxminan 84-85 foizi Tinch okeani seysmik kamarida, 10-15 foizi O‘rtaer dengizi-Osiyo seysmik kamarida, 1-3 foizi esa Atlantik okeanining 8 o‘rtasida joylashgan suv osti tog‘ tizmalari va 1-2 foizi yer sharining boshqa turli joylarida sodir bo‘ladi.Markaziy Osiyo davlatlari, xumladan O‘zbekiston ham O‘rtaer dengizi- Osiyo seysmik kamari ichida joylashgan. Bu kamarning kengligi 1200-1400 kilometrga teng bo‘lib, u janubda Shimoliy Xindistondan boshlanib shimolda Yevroosiyo plitasi bilan chegaralangan. Bizning regionda ro‘y beradigan eng kuchli zilzilalarning Rixter shkalasi bo‘yicha magnitudasi (M) 8.2 gacha teng bo‘lib u janubda Pomir va Tiyon Shon tog‘larining chegarasida (Gissar-Kookshal- Qoratog‘-Gazli) yer yorig‘ida joylashgan. Shimolda esa Xindiston- Yevroosiyo plitalari tutashgan joyda, Shimoliy Tiyon-Shon yer yorig‘ida joylashgan. Bu yerlarda ham magnitudasi M 8.2 gacha bo‘lgan zilzilalar sodir bo‘lishi mumkin ( masalan 1889 yilgi Chilik, 1902 yilgi Qashqar, 1911 yilgi Verniy zilzilalari). O‘zbekistonda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan eng kuchli zilzilalarning magnitudasi M 7.3-7.5 gacha bo‘lishi mumkin. Seysmiklik G‘arbdan-Sharqqa asta-sekin kuchayib boradi. 12 ballik Xalqaro MSK-64 ( Medvedev, ShponxoerKarnik) shkalasi bo‘yicha Qoraqalpog‘istonda 5-6 ballni tashkil etsa, Sharqiy O‘zbekistonda (Farg‘ona vodiysi-Gazli-Qoratog‘ seysmogen zonasi) 9 va undan ortiq ball bilan sodir bo‘lishi mumkin. Zilzilaning sababchilari nima? Zilzilaning sababchisi yerning murakkab harakati va unda doimo sodir bo‘lib turadigan turli jarayonlar hisoblanadi. Yer o‘z o‘qi atrofida sekundiga 463 metr tezlik bilan g‘arbdan sharqqa qarab doimiy harakatda. Uning o‘zi esa Quyosh sistemasidagi planetalardan biribo‘lib quyosh atrofida sekundigi 29 km tezlikda harakat qiladi. Quyosh sistemasi esa galaktika atrofida sekundiga taxminan 200 kilometr tezlikda doimiy harakat qiladi. Undan tashqari yer qobig‘i undagi yirik plitalarning o‘zaro harakati va uning chuqur qatlamlaridagi murakkab mexanik, kimyoviy va boshqa murakkab jarayonlar ta’sirida doimiy harakatda bo‘ladi. Zilzila sodir bo‘lib turadigan seysmogen zonalarda tashqi va ichki kuchlar ta’sirida asta-sekin elastik kuch yig‘ilib boradi va yig‘ilgan kuch tog‘ jinslarining qattiqlik nuqtasi chegarasidan o‘tganda zilzila o‘chog‘ida yerdagi turli kattalikdagi plitalar daf’atan biri ikkinchisiga nisbatan suriladi. Natijada zilzila o‘chog‘ida yig‘ilgan elastik energiya mexanik energiyaga aylanadi va seysmik to‘lqinlar ko‘rinishida harakatga keladi. Zilzila o‘chog‘ida yig‘ilgan energiya qanchalik ko‘p bo‘lsa zilzila shunchalik kuchli bo‘ladi. Xozirgi zamon mobilistik nazariyasiga asosan Xindiston plitasi janubdan shimolga doimiy harakatda bo‘lib u Yevroosiyo plitasi bilan to‘qnashadi va Markaziy Osiyoda sodir bo‘lib turadigan zilzilalarni keltirib chiqaradi. Bu eng sodda tushuncha, albatta. Aslida bu to‘qnashuv nihoyatda murakkab xarakterga ega. Chunki plitalar bir nuqtada emas birnecha yuz kilometr masofada to‘qnashadi. Ta’sir kuchining asosiy qismi tog‘lar hosil bo‘lishiga va shuningdek chuqurligi 200-300 kilometrga yetadigan qatlamlarga ta’sir qiladi. Xozirgi zamon geologik davrda Markaziy Osiyoning xamma joyida tog‘ hosil bo‘lish jarayoni davom etmoqda. Ko‘tarilish tezligi maydon bo‘ylab turlicha bo‘lib tog‘lik xududlarda yiliga taxminan 9 1 santimetr ko‘tarilsa, past tekisliklarda ko‘tarilish tezligi ancha past bo‘lib bir necha millimetrni tashkil qiladi. Natijada ko‘proq tog‘ yonbag‘irlarida turli surilishlar, uzilishlar va boshqa murakkab harakatlar sodir bo‘ladi. Albatta, yerning chuqur qatlamlaridagi yuqori bosim, tempuratura va boshqa murakkab jarayonlar xam o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Shunday qilib zilzilalarni yer qobig‘ida asta-sekin yig‘iluvchi o‘ta murakkab ichki va tashqi kuchlar keltirib chiqaradi. Download 31.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling