Zilzila va boshqa favqulodda vaziyatlarda aholining harakati


Tog‘li hududlarga chiqilganda ehtiyot choralari


Download 28.5 Kb.
bet8/9
Sana23.02.2023
Hajmi28.5 Kb.
#1224163
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-Ma\'ruza

7. Tog‘li hududlarga chiqilganda ehtiyot choralari.
Hech qachon tog‘li hududlarga bir o‘zingiz chiqmang – bu xavfli bo‘lishi mumkin. Agar siz bilan birga joyni va tog‘da o‘zini qanday tutishni yaxshi biladigan malakali sayohatchi bo‘lmasa, unda tajribali yo‘l boshchini yollang.
Agarda siz tog‘ga bir kunga chiqmoqchi bo‘lsangiz ham, o‘zingiz bilan quruq kiyimlarni olish maqsadga muvofiq. Tog‘li hududlarda havo hamisha o‘zgaruvchan, ayniqsa 1600 metrdan balandlikda.
Agar pastlik joylarda quyosh chaqnab issiq bo‘lsa-da, tog‘ning cho‘qqisida yomg‘ir va tuman bo‘lishi mumkin. Agarda bularga shamol ham qo‘shilsa, xavf ikki barobar oshadi.
Shuni unutmaslik lozim-ki, balandlik har 100 metrga oshgan sari, harorat 1 gradusga pasayib boradi. Mumkin qadar oyoq kiyim qalin poshnali va nam o‘tkazmaydigan bo‘lishi kerak. Shippak va krossovkalar kiyish tavsiya etilmaydi. 1 kunlik sayr uchun ozgina ovqat, suv uchun plastik idish, nam o‘tkazmaydigan kurtka va bosh kiyim bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Agarda siz bir necha kunga tog‘ga chiqishni istasangiz, sizning yoningizda albatta zahira – shim, ko‘ylak, nam o‘tkazmaydigan kurtka, bosh va oyoq kiyim, palatka, qop ko‘rpa, qozoncha, karta, kompas va bir necha kunga yetadigan oziq-ovqat zahirasi bo‘lishiga ahamiyat bering.
Shu bilan birga, boradigan yo‘l va joyni hisobga olgan holda kiyim-kechak va ovqatning og‘irligini hisobga olish lozim, chunki 2 km ga teng sayohatdan so‘ng tayyorgarligi yo‘q odam ushbu yukni ko‘tarib yura olmaydi.
Shuni e’tiborda tutish lozimki tumanda harakatlanish qiyinligini va ko‘rish masofasi 10 metrni tashkil etishini inobatga olsak, bunday vaziyatda yo‘qolib qolish juda onson. Shuning uchun doimo bir-biringizni e’tiborli bo‘lib, yonma-yon yuring.
Toqqa sayrga chiqishda boradigan yo‘lingiz va manzilingizni yaqinlarigizga xabar berishni doimo yodda saqlang!
Yo‘lingiz va manzilingizni joylardagi FVV idoralari bilan maslahatlashib olish tavsiya etiladi, chunki siz tanlagan yo‘l xavfli bo‘lishi mumkin.
Shuni unutmang-ki Respublikamizning tog‘li hududlarida yirtqich hayvonlar mavjud bo‘lib, ular sirasiga ayiqlar, bo‘rilar va hokazolar kiradi.
Notanish joylarda o‘zini qanday tutish kerak?
Agar siz notanish joyda birinchi marotaba bo‘lsangiz, avvaldan ko‘zlagan rejaga asosan harakatlaning. Agar sizlar bir necha kishi bo‘lsangiz, doimo birgalikda harakat qiling. Tog‘da har qanday hodisa bo‘lishi mumkinligini unutmang, hattoki adashib qolish ham. Tog‘da kutilmagan joylarda jarliklar bo‘lishi mumkin.
Uyali aloqa vositalarini imkon qadar yoningizda olib yurish tavsiya etiladi. Qish faslida qor ko‘chkisi holatlari ko‘p uchraydi. Agar siz birinchi marotaba toqqa chiqqan bo‘lsangiz, uzoq joylarga sayr qilmang.
Unutmang hamisha sizni tog‘da xavfsiz sayr qilishingiz uchun yo‘lboshlovchi xizmati ham bor.



Download 28.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling