Zilzilaning yuzaga kelish sabablari
Epizootiya -hayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud bo‘lishi; Epifitotiya
Download 62.53 Kb.
|
HFX Usmonova Yulduz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atmosfera (havomuhiti) tarkibi va xossalari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlar
- Gidrosfera holatining o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Epizootiya -hayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud bo‘lishi;
Epifitotiya -o‘simliklarning ommaviy nobud bo‘lishi. Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar: Quruqlik (tuproq, erosti)ning holati o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar: Halokatli ko‘chkilar -foydali qazilmalarni qazish chog‘ida yer ostiga ishlov berilishi va insonning boshqa faoliyati natijasida paydo bo‘luvchi yer yuzasining o‘pirilishi, siljishi; Tuproq va yer ostining sanoat tufayli kelib chiqqan toksikantlar bilan ifloslanishi, og‘ir metallar, neft mahsulotlari, shuningdek qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida odamlarning sog‘lig‘i uchun xavf soluvchi konsentratsiyalarda qo‘llaniladigan pestitsidlar va boshqa zaharli ximikatlar mavjudligi. Atmosfera (havomuhiti) tarkibi va xossalari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlar: Havo muhitining quyidagi ingridientlar bilan ekstremal yuqori ifloslanishi: Oltingugurt dioksid, dioksid va azotli oksid, uglerodli oksid, dioksin, qurum, chang va odamlar sog‘lig‘iga xavf soluvchi konsentratsiyalarda antropogen tusdagi boshqa zararli moddalar; Katta ko‘lamda kislotali zonalar hosil bo‘lishi va ko‘p miqdorda kislota chiqindilari yog‘ilishi; Radiatsiyaning yuqori darajasi. Gidrosfera holatining o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar: Yer yuzasi va yer osti suvlarining sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi oqovalari: Neft mahsulotlari, odamlarning zaharlanishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan tarkibida og‘ir metallar, har xil zaharli ximikatlar bor bo‘lgan chiqindilar va boshqa zararli moddalar bilan ekstremal yuqori darajada ifloslanishi; Binolar, muhandislik kommunikatsiyalari va uy-joylarning yemirilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan sizot suvlar darajasining oshishi suv manbalari va suv olish joylarining zararli moddalar bilan ifloslanishi oqibatida ichimlik suvning keskin yetishmasligi. Favqulodda vaziyatlarda aholining harakatlari. Zilzilagacha ko‘riladigan chora-tadbirlar: Zilzila, uning oqibatlari, yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararni kamaytirish yo‘llari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish. Xavfli sharoitda mohirona va qat’iyatli harakat qilishga ma’nan va ruhan o‘zini tayyorlash.Zilzilaga qanday tayyorlanish kerak? avvaldan uyda, ishda, kinoda, teatrda, transportda va ko‘chada bo‘lgan vaqtingizda zilzila yuz bergudek bo‘lsa, harakat qilish rejasini tuzib qo‘ying. Xavfli va xavfsiz joylarni aniqlang. Oila a’zolaringizga zilzila vaqtida qanday harakat qilishlari lozimligini tushuntiring va ularni birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga o‘rgating. Hujjatlar, pullar, cho‘ntak fonari va batareykalarni qulay joyda saqlang. Uyda bir necha kunga etarli ichimlik suvi va oziq-ovqat zaxirasi bo‘lishi kerak. Krovatlarni deraza va tashqi devordan nariroqda joylashtiring. Shkaf, tokcha va javonlarni devorlarga mahkamlang, yuqorida joylashgan tokchalar va antresollardagi og‘ir buyumlarni pastga oling. Xavfli moddalar (kimyoviy, yengil alangalanuvchi suyuqliklar)ni ishonchli, yaxshi berkitiladigan joylarda saqlang. Zaruriyat tug‘ilganida o‘chirish uchun elektr, gaz va suv ta’minotini o‘chirish jo‘mraklari qayerda joylashganini barcha bilishi zarur. Zilzila vaqtida qanday harakatlanish kerak?Bino tebranishini xis qilgan, qandillarning tebranayotganini, buyumlar ag‘darilayotganligini ko‘rgan, shisha idishlarning sinish ovozini eshitgan zahotingiz, pastki qavatlarda yashasangiz, vahimaga berilmay (tebranishni sezgan vaqtingizdan to bino uchun xavfli tebranishlar boshlangunicha ixtiyoringizda 15-20 soniya mavjud), zudlik bilan hujjatlaringizni, pul va eng zarur buyumlaringizni olib, binodan tashqariga chiqing. Ko‘chaga chiqqandan so‘ng, bino yaqinida turmang, ochiq maydonga o‘ting. Xotirjamlikni qo‘ldan bermang va boshqalarni ham tinchlantirishga harakat qiling! Yuqori kavatlarda yashasangizu, bino ichida qolishingizga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, u holda xavfsiz joyni: ichki devor oldi, burchak, ichki devor oralig‘i yoki tayanch ustun ostini tanlang. iloji bo‘lsa, stol ostiga berkining -u sizni pastga tushayotgan buyumlar va bo‘laklardan muhofaza qiladi. deraza va og‘ir mebellardan uzoqroqda turing. yoningizda bolalaringiz bo‘lsa, ularni o‘z tanangiz bilan berkiting. Sham, gugurt, yondirgichlardan foydalanmang. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR www.minzdrav.uz – Sog‘liqni saqlash vazirligi sayti. “Hayotiy faoliyat xavfsizligi”. Ma‘ruza kursi. /A.Q. Qudratov, A. G‘aniev, G‘.YO. Yormatov va boshq. –T.: “Aloqachi”, 2005. M.S. Sapaev ,F.M. Qodirov, Hayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya // AI№176, 11.06.11 28.02.2019. 60x841/16 Download 62.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling