Ziyayev Sherali Abdulaziz o’g’lining
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
Masofaviy ta\'lim QDPI diplom ishi
Afvzalliklari: iqtisodiy tomonidan o’rganiladigan o’quv moduli yoki kursini
o’qitishda ketadigan harajatning tejalishi, mustaqil holda ta’lim oshirish imkoniyati. O’qish jarayonida o’zining shaxsiy o’quv traektoriyasi asosida amalga oshishi. Xorijiy oliy ta’lim muassasidagi professor o’qituvchilari bilan tanishishi, kursga yozilgan boshqa davlatdagi tengqurlari bilan tanishish imkoniyati. O’z ustida uzluksiz ishlash imkoniyati. OTM tomonidan OETR/OOOK tavsiya etilgan kurslarning havolasini (off layn rejimda graberlashatirilgan holda) OTM qoshidagi Moodle ta’lim axborot tizimida tashkil etish mumkin. Ommaviy onlayn ochiq kurslarda bilim olgan va tamomlagan talabalarning bilimini tasdiqlash jarayoni maxsus kommisiya a’zolari tomonidan akkreditasiyadan o’tkaziladi. 40 OETR/OOOK o’qish “Bleanded learning” (“Aralashgan ta’lim”) shaklida an’anaviy o’qish bilan uyg’unlashgan holda tashkil etilishi mumkin. “Bleanded learning” turidagi ta’lim shaklida nazariy, o’quv- laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni mustaqil o’zlashtirish, oraliq, joriy va yakuniy baholash sinovlariga tayyorgarlik ko’rish, mustaqil ta’limga ajratilgan soatlardan kelib chiqqan holda nazorat topshiriqlarini bajarish va topshirish jarayonlarini ayrim turlari masofadan turib ayrimlari esa auditoriyada an’anaviy o’qishni nazarda tutadi. OTM Moodle ta’lim axborot tizimi talabalarning OETR/OOOK o’zlashtirish davomida vujudga keladigan qiyinchliklarni echishda professor-o’qituvchilar tomonidan uslubiy yordam berish uchun xizmat qiladi. Moodle ta’lim axborot tizimidan foydalangan holda ommaviy onlayn ochiq kurslarda o’zlashtirgan talabaning olgan bilimini akkreditasiyalash maqsadida va talabaning OETR/OOOK o’quv faoliyatini samarali tashkillashtirish va elektron o’quv-uslubiy resurslarini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Moodle ta’lim axborot tizimi orqali ommaviy onlayn ochiq onlayn kursda reja asosida ta’lim olayotgan talabaga nazariy, o’quv- laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni, joriy, oraliq va yakuniy baholashlarni pedagogik xodimlarning ta’lim oluvchi talaba bilan bevosita muloqoti asosida konsulьtasiyalar o’tkazishni istisno qilmaydi. Ta’lim yo’nalishi o’quv rejasidagi fanlarning xususiyatlaridan va ta’lim muassasasining texnik, dasturiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, nazariy, o’quv-laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishda “Bleanded learning” (“Aralashgan ta’lim”) shaklidan foydalanish yoki pedagogik xodimning ta’lim oluvchi bilan bevosita muloqoti asosida 41 olib borish tartibi hamda ularning xajm nuqtai nazardan o’zaro nisbati oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanadi. Oliy ta’lim muassasasi talabalarini, professor-o’qituvchilarini Ochiq elektron ta’lim resurslaridan foydalanish, vaqt menejmenti bo’yicha ko’nikma va malakasini shakllantirish maqsadida talabalar uchun boshlang’ich maxsus kurslari tashkil qilinishini ta’minlaydi. Ta’lim muassasasi talabalarni ommavy onlayn ochiq kurslardan foydalanish bo’yicha yo’riqnoma va uslubiy kursatmalar bilan ta’minlaydi hamda tegishli maslahatlarni tashkil etadi. Ommaviy onlayn ochiq kurslar orqali tashkillashtirilgan mustaqil ta’lim jarayoni quyidagi hujjatlar asosida tashkil etiladi: Mustaqil ishlarni bajarish grafigi; yo’nalish bo’yicha ishchi o’quv rejasi; fanlar bo’yicha o’quv dasturlari, nazorat ishlari (ularning bajarilish muddatlari ko’rsatilgan holda); mustaqil ishlarini qayd etish jurnali; talabalarning OETR/OOOK o’qish davomida paydo bo’lgan savollari bo’yicha forumda qatnashishini qayd etish elektron jurnali; tarmoq orqali nazorat ishlarini qabul qilinishini va o’tkazilgan konsultatsiyalarni qayd etish elektron jurnali. fan (kurs) bo’yicha o’quv dasturi; mustaqil o’rganish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar; mundarija; bo’limlar bo’yicha tuzilgan asosiy mundarija; bo’limlar bo’yicha nazariy va amaliy ma’lumotlar, testlar, savollar, trening uchun javoblari bilan mashqlar; mustaqil ishlash uchun amaliy topshiriqlar; Glossari (terminlarning izohli lug’ati); qisqartma va atamalar ro’yhati; xulosa; 42 adabiyotlar ro’yxati (asosiy, qo’shimcha, fakultativ); Ommaviy onlayn ochiq kurs muallif(lar)i haqida qisqacha ma’lumot. Ommaviy onlayn ochiq kurs taqdim etayotgan universiet nomi. Ommaviy onlayn ochiq kurs joylashgan veb sahifa manzili (havolasi). Ishchi o’quv rejasi va fan dasturlarida, kalendar-tematik rejalarda talabaning faoliyatini nazoratini nazarda tutuvchi, OETR/OOOK orqali mutaqil ta’lim sifatida o’qiyotgan talabalarga baholashlarning o’tkazilish muddatlari belgilab qo’yiladi. Dastur talabaning OTM (kafedra, fakultet) tomonidan OETR/OOOK fanlarni o’rganishi lozim bo’lgan har bir fan bo’yicha bo’lim va mavzular ro’yxatini belgilaydi. Uslubiy ko’rsatmalar esa talabaga fan bo’yicha mustaqil ta’lim olishga yordam beradi. Ularda materialni qanday ketma-ketlikda o’rganish maqsadga muvofiqligi haqida ko’rsatmalar beriladi, asosiy qoidalar va eng murakkab bo’limlarga e’tibor qaratiladi, masalalar echish bo’yicha namunalar auditoriya mashg’ulotlarida yoki Moodle ta’lim axborot tizimida berib boriladi. Ommaviy onlayn ochiq kurslarda o’qityotgan( tugatgan) talabalarni ro’yxatga olish, OETR/OOOK o’qish tugagandan keyin akkreditasiyadan utkazish va ularning bajargan ishlariga taqriz yozish va saqlash tartibi haqida. Ommaviy onlayn ochiq kurslarda mustaqil ravishda o’qishni boshlamoqchi bo’lgan talabalar dekanat tomonidan joriy etilgan maxsus elektron jurnalga fan o’qituvchisi tomonidan ro’yxatga olinadi. Ommaviy onlayn ochiq kursni tugatgan talaba tomonidan tayyorlangan nazorat ishi yoki kurs loyihasi elektron variantda professor-o’qituvchiga yoki maxsus tuzilgan ishchi komissiyaga Moodle ta’lim axborot tizimida orqali yetkaziladi. Maxsus tuzilgan ishchi komissiyaga elektron guruh jurnaliga qayd qilib qo’yadi va taqrizdan o’tkazib talabaning Moodle ta’lim axborot tizimida talabaning reyting qaydnomasiga tegishli ballni qo’yib baholaydi. Hozirgi vaqtda Moodle (Modular Object-Oriented Dynamic Learning Environment) tizimi oliy ta’lim muassasalarida keng qo’llanilmoqda. Bu tizim 43 o’zining oddiyligi va qulayligi bilan boshqa shu turdagi ta’limni boshqaruvchi tizimlardan farqlanib turadi. O’quv jarayonini optimal tashkillashtirishda ta’limni boshqaruvchi tizim (LMS ) lardan foydalanish ta’lim olishning samaradorligini oshiradi. Bu esa avvalam bor talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarini tashkillashtirish va nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Birinchidan mustaqil ta’lim olishni metodik jihatdan (mustaqil o’qish uchun materiallar bilan) ta’minlab berishi zarur, ya’ni talabalarning tipologik qabul qilish va o’zlashtirish darajasi har hilligini, hamda turli boshlang’ich bilim darajasiga ekanligini hisobga oluvchi, katta miqdordagi turli variantlarda topshiriqlarni ishlab chiqishi talab qilinadi. Ikkinchidan o’z vaqtida va tizimli tarzda talabalarning mustaqil ishlarini boshqarishi, o’quv natijalarini o’z vaqtida nazorat qilib borishi zarur. LMS tizimlari hususan Moodle tizimi ham o’quv jarayonini optimallashtirishga, berilgan vaqt oralig’ida maksimal natijalarga erishishga yordam beradi. Moodle tizimi orqali talabalarning ochiq elektron ta’lim resurslaridan foydalangan holda va xorij adabiyotlari orqali mustaqil ishlarini to’laqonli baholash uchun, masofaviy usuliga o’tishni bosqichma bosqich diskret amalga oshirish zarur bo’ladi. Buni shartli uchta bosqichda amalga oshirish mumkin. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling