Ziyorat turizmi marshutlarini ishlab chiqish Reja


Download 0.65 Mb.
bet5/6
Sana24.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1053891
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ziyorat turizmi marshutlarini ishlab chiqish

8. Jarqo’rg`on minorasi 

Surxon vohasidagi qadimiy minoralardan biri bu — Jarqo’rg`on minorasidir. Jarqo’rg`ondagi Minor qishlog`ida joylashgan bu minora peshtoqida saqlanib qolgan yozuvlar inshootning 1108—1109 yillar oralig`ida qurilganligidan dalolat beradi. San’atshunos-me’morlarning ta’kidlashicha, uning umumiy balandligi 50 metrga yaqin bo’lib, hozir minoraning omon qolgan qismi 21,6 metrni tashkil etadi. Jarqo’rg`on minorasi qurilishida oddiy g`isht, ravoqlar va epigrafik hoshiyalar juda ustalik bilan qo’llanilgan, minoraning asosi baland 8 qirrali kursiga o’rnatilgan. Har bir qirraning markazida ravoqli taxmonchalar ishlangan, ana shunday taxmonchalardan birida joylashgan eshik orqali minora ichki qismidagi aylanma zinaga chiqilgan. Barcha minoralar kabi Jarqo’rg`on minorasi ham gumbazsimon muazzinxona bilan yakunlangan. Jarqo’rg`on minorasi memoriy-badiiy yechimiga ko’ra, Shimoliy Hindiston va Xuroson minoralariga yaqin turadi.
9. Sangardak sharsharasi 

Sariosiyo tumanida Sangardak deb ataluvchi qishloq bor. Bu yerdagi eng diqqatga sazovor obida, shubhasiz, qoyalardagi buloqdan hosil bo’lgan Sangardak sharsharasidir. Dengiz sathidan 3 ming metr balandlikdan otilib chiquvchi sharshara tabiatning noyob mo’’jizasi. Sharshara suvi 150 metrdan ortiq balandlikdan, atrofdagi qoyalarga urilib oqadi. Atrof hududlarda anjir, na’matak, uzum kabi bir qancha daraxt va butalar o’sadi. Bu hududda tabiat yovvoyi holda saqlangan bo’lib, inson tomonidan zarar yetkazilmagan. Ma’lumotlarga qaraganda, Sangardak sharsharasini hosil qiluvchi buloqning manbai qoyalar ichidagi ko’lda joylashgan. Bu sharshara "Sharsharamozor” nomi bilan ham mashhur bo’lib, har yili mavsum boshlandi deguncha ziyoratchilar bilan gavjum bo’ladi. Uning atrofida kishini hayratga soladigan darajada serjilo kamalak hosil etadi. Sharsharaning o’ng tomonida, undan 200 metr balandlikda bir yilda bir marta, faqat javzo oyida tog` bag`ridan suv oqa boshlaydi. Bu oy tugashi bilan tog` bag`ridan oqayotgan suv ham to’xtaydi. Doim barchani hayratga soluvchi bu jumboqli holat haligacha o’rganilmagan. Buloqni mahalliy aholi "Javzo suvi” deb ham nomlashgan. Bundan tashqari, Sangardak tog`larida yana ko’plab buloqlar mavjud bo’lib, ular sangardak bulog`i, qora buloq, sirsoy buloq, shirin buloq kabi nomlar bilan atalib kelinadi. Buloq suvi tog` yon-bag`irlaridagi turli giyoh ildizlarini yuvib chiqadi va u inson organizmi uchun foydali xususiyatga ham egadir.





Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling