Zohid jumaniyozov
Avtomatik tarjima asoslari
Download 160.29 Kb.
|
TARJIMANING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-MA’RUZA. TARJIMA TARIXIDAN REJA
- G’arb va sharq madaniy aloqalari tarixi.
Avtomatik tarjima asoslari. a) Sohalar bo’yicha- struktural lingvistika, lingvistik matematika; algoritm; teskari va miqdoriy (chastotali) lug’atlar tuzish hamda avtomatik tarjima masalalari. Programmalashtirish. Tabiiy tildan sun’iy tilga tarjima qilishning o’ziga xos xususiyatlari;
b) tillar bo’yicha - inglizcha-o’zbekcha, nemischa-o’zbekcha va hakozo. 2-MA’RUZA. TARJIMA TARIXIDAN REJA: 1. G’arb va sharq madaniy aloqalari tarixi 2. Tarjima maktablari 3. Tarjima tarixi saboqlari 4. Badiiy tarjima va adabiy an’ana 5. O’zbek-nemis adabiy aloqalarining shakllanishi va ilk tarjima manbalari Bundan ming yillar ilgari ulug’ olimlarimiz Ibn Ruid, Ahmad Farg’oniy, Marvaziy, Al Beruniy va boshqa shu kabi ajdodlarimiz dunyoga mashhur original asarlarni yaratish bilan birga tarjima ishlari bilan ham shug’ullanganlar. Beruniy asl nusxani buzib tarjima qilganlarni tanqid qildi. Buni u o’zining "Hindiston" degan kitobida bir necha bor uqtirib o’tadi. Munis, Xaydar Xorazmiy, Ogahiy, Oybek, M.Shayxzoda, G’.G’ulom, Mirtemir va boshqa ulug’ shoirlar shoir bo’lish bilan birga mohir tarjimon ham bo’lganliklari hammamizga ma’lum. Tarjima san’ati og’ir va shu bilan birga faxrli va xayrli ishdir. Badiiy asarni tarjima qilish uchun shoir-adib bo’lish va unda bundan tashqari ikkinchi bir talant - tarjima qilish talanti bo’lishi kerak. Tarjimon o’z ona tilini yaxshi bilgandan tashqari tarjima qilinayotgan asar tilini ham juda yaxshi bilishi, ularning nozik tomonlarini tez payqab olishi eng muhim shartlardan biridir. Tarjimonning umum bilim doirasi keng, turmush tajribasi boy, ilg’or madaniyatni egallagan shaxs bo’lishi kerak. Tarjimon qaysi xalqning tilidan tarjima qilayotgan bo’lsa, o’sha xalqning hayoti va maishiy ahvolini bilmog’i lozim. G’arb va sharq madaniy aloqalari tarixi. Jamiyat, ma’naviyat taraqqiyoti, uning rivojlanish tamoyillarining qonun va qoidalari barcha mamlakatlar uchun ob’ektiv va umumiy xususiyatga ega. Bu dunyo xalqlari o’rtasida o’zaro ma’naviy, g’oyaviy, adabiy, madaniy aloqalar asnosida ro’yobga chiqadi. Adabiy ayriboshlash o’zaro uzviy bog’liqdir, ya’ni muayyan bir millat qo’lga kiritgan madaniy sivilizatsiya shu millatning o’z xududida qolib ketmasdan, balki turli vositalar, sharoitlar, munosabatlar taqozasiga ko’ra boshqa bir millat madaniy mulki yoki merosiga ham aylanishi mumkin. Bu jahon xalqlari orasidagi qadimdan bo’lgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy aloqalarga bog’liq. Madaniy-adabiy aloqalar tufayli dunyo xalqlari g’oyaviy jihatdan sezilib qolgan bo’shliqlarni to’ldiradi va milliy muhitga, milliy ehiyojga moslab qayta yaratadi. Xuddi shu jarayonda milliy madaniyatlar orasida o’xshashlik yuzaga keladi. Dunyo xalqlari orasidagi, xususan G’arb va Sharq xalqlari orasida o’xshahslik antik davrdan keyin o’rta asr boshlarida vujudga keladi. Xususan 9-12 asrlardagi G’arbu-Sharq madaniy aloqalari ta’sirida o’rta asr Evropa hurfikrligi va Renesans uyg’onish davri madaniyati shakllandi. Bunda sharq falsafasi, ilmi va madaniyati katta o’rinni egallaydi. Yaqin sharqdagi xalifalik sharoitida vujudga kelgan hurfikrlilik va falsafiy ta’limotlar roman xalqlari, xususan Italiya, Fransiya, Ispaniyada istiqomat qiladigan xalqlar orasida keng tarqalib, ularni manaviy yuksalishiga ta’sir o’tkazdi va bu holat ya’ni Sharqdan Evropaga ko’chgan hurfikrlilik G’arbda materialistik falsafaning shakllanishiga sharoit yaratib berdi. G’arb xalqlari madaniy taraqqiyotiga G’arbiy Evropada ro’y bergan madaniy, ijtimoiy yuksalishda o’zbek xalqi ham o’zining kamtarin xissasi bilan ishtirok etishga muyassar bo’lgan. Fanda isbot etilgan dalillarga ko’ra islomlashish davrida, ya’ni arab istilosi vaqtida arablar ipak yo’lining markazida joylashgan O’rta Osiyoga yurish qilganlarida bu hududda o’zidan ko’ra madaniyatliroq xalqlarga duch keldilar va bu madaniy moyillik Arab xalifaligiga ko’chirib o’tkazildi hamda O’rta Osiyoning buyuk ilm – fan sohiblari Arabistonga majburan olib ketildi. Shu tarixiy jarayonda arab tili bosib olingan xalqlar madaniyatiga majburan singdirildi va barcha xalqlar qatori o’zbek mutafakkirlari ham arab tilida ijod qilishga majbur bo’ldi. Ana shu tarixiy jarayon taqozasiga ko’ra buyuk o’zbek olimlari Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Farobiylar Eropaga dastlab arab qiyofasida kirib bordilar. Ular asarlarining arab tilida yaratilganligi Evropada ularning milliy mansubligi arab degan fikrlarning paydo bo’lishiga olib keldi. Undan keyingi G’arb – Sharq aloqalarining tarixida Evropa madaniyatiga samarali ta’sir o’tkazgan alohida bir davr bu – Mavorounnaxrda Ulug’bek hukmronlik qilgan davrdir. Uning homiyligida Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Jurjoniy, Taftazoniy kabi olimlar ilmiy merosi keyingi davr Evropa madaniyatiga kuchli ta’sir o’tkazdi. 15 – asrning 2 – yarmiga kelib Osiyo madaniyat markazi Xirotga ko’chdi. Ana shu davrda ijod etgan Jomiy va Navoiy hamda Sharq Rafaeli deb nom olgan Bexzod ijodi dunyo madaniyati tarixida o’lmas iz qoldirdi va bu Sharqu – G’arb madaniy aloqalar tarixida alohida bir bo’g’inni tashkil etdi. G’arbiy Evropada miniatura san’atining shakllanishiga Bexzod qo’shgan ulush, u ko’rsatgan kuchli ta’sir Sharq va G’arb ilmiy tarixida bugungi kunda ro’y-rost tan olingan. Turli mintaqalarda yashaydigan millatlarning o’zaro munosabatlari tufayli adabiy, siyosiy, diplomatik, iqtisodiy aloqalari sababli qadimgi davrlardan boshlab hali nashriyot kitobat ishlari yo’lga qo’yilmasdan burun, bir millat 2 chi bir millatning milliy yoki adabiy merosini qo’lyozma holda o’z mamlakatiga olib o’tkazishga muvaffaq bo’lgan. Keyinchalik jahon xalqlari milliy adabiyotlarida o’xshash yoki bir xil syujetdagi asarlar paydo bo’la boshladi. Masalan, 1500 yillardan boshlab Germaniya, Fransiya, Angliya, Ispaniya va Italiyada sharq mumtoz adabiyotining yirik vakili A.Navoiyning asarlari qo’lyozma holda tarqala boshlagan. Bugungi kunda Parij milliy kutubxonasi, Kanadadagi Toronto dorilfununi, Vena qirollik kutubxonasi, Venger Fanlar Akademiyasi, Britaniya muzeyi, Berlin, Venetsiya, Oksford, Vashington dorilfununlari kutubxonalarida Navoiz merosidan “Xamsa”ning to’liq holdagi va undagi beashta dostonning alohida holdagi, “Hazoinul maoniy”ning to’liq holdagi va undagi to’rt devonning ayrim holdagi ko’plab qo’lyozma nusxalari, turli davrlarda ko’chirib tanlangan she’rlar va kulliyot tarzida tartib berilgan to’la qo’yozma asarlari hamda “Lisonut tayr”, “Majolis un-nafois”, “Nasoim ul-muhabbat”, “Tarixi muluku ajam”, “Muhokamat ul-lug’otayn”, “Mezon ul-avzon, “Devoni Foniy” va boshqa shu kabi asarlarning qadimiy noyob qo’lyozma nusxalari saqlanadi. Uning asarlari hatto G’arb olimlari Jan Russo, Regel, Hammer, Kraft va boshqa shu kabi o’nlab sharqshunoslarining shaxsiy kutubxonasida mavjud bo’lgan. Bular „Hayratul-abror”, “Farxod va Shirin”, “Layli va Majnun” va boshqa shu kabi asarlarining qo’lyozma shakli Evropa madaniy markazlarida ro’yxatga olingan. A.Navoiy asarlari G’arbda qo’lyozma tarzida keng tarkalishi G’arb muhitida aynan A.Navoiyning asarlariga o’xshash asarlar yaratilishiga sabab bo’ldi. Download 160.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling