Zohid oxirgisi so'ngi
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qoramol goshtini yetilishidagi biokimyoviy jarayonlar
Retikulyar to’qima. Bu to’qima ko’proq miqdorda limfa tugunlarida,
taloqda, suyaklarning iligida, nerv tolalarining atrofida, qon va limfa tomirlarida bo’ladi.
va qayishqoq to’qimalar kiradi. Yumshoq biriktiruvchi to’qimalar, terini yaqin joylashgan to’qimalar bilan biriktiradi, shuning uchun ularni teri osti kletchatkasi deyiladi. Bundan tashqari ko’p paytlarda bu to’qima seroz qobig’i bilan birlashgan holatda bo’ladi, shuning uchun seroz osti qatlami ham deb ataladi. Ko’p olimlar uni yog’ning biriktiruvchi to’qimalar qatoriga kiritadi, ya’ni hujayralarning bo’lig’ini yog’ tomchilari to’ldiradi. Shunday qilib yumshoq biriktiruvchi to’qimasining sitoplazmasida kichkina yog’ sharikchalari to’planib bu esa oraliq yog’larini to’planadigan joyi bo’lib qoladi. Qattiq yoki fibroz biriktiruvchi to’qimalar, payni, chokni, suyakning ustki qoplamalarini tashkil qiladi. Bu to’qimalar asosan kley beradigan tolalardan tashkil topgan bo’lib, xujayralari bir-biriga tarmashgan holatda bo’ladi. Shuning uchun isiqlik ishloviga chidamli. Elastik yoki tarang qattiq biriktiruvchi to’qimalar, elastik tolalardan tashkil topgan bo’lib, unga bo’yinning ustki axilivo payi va qorinning sariq fassiyasi kiradi. Biriktiruvchi to’qimalarning tarkibida elastik tolalar bo’lib, juda qattiq va ularni qaynatganda pishmaydi. Tog’ay to’qimasi kollogen va qayishqoq tolalardan tashkil topgan bo’lib,
to’qimasida qanchaki qayishqoq tolalar ko’p bo’lsa, shuncha yegiluvchan bo’ladi. Tog’ay to’qimalariga kekirdak, bronxalar, burun bo’limlari, quloq, umurtqalarning orasidagi tog’ay, bo’g’imlarning orasidagi silliq yuzasi (meniski) kiradi. Go’shtning tarkibida biriktiruvchi to’qima qancha ko’p bo’lsa, PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
49 bunday go’sht shuncha qattiq va sifatli past bo’ladi. Bunday go’sht axta qilinmagan, qari va ko’p ishlatilgan mollarda bo’ladi.
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling