Zohid oxirgisi so'ngi


Go’sht,  pay,  yog’  va  suyak


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/73
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#253518
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73
Bog'liq
qoramol goshtini yetilishidagi biokimyoviy jarayonlar

Go’sht,  pay,  yog’  va  suyak.  Tanadagi  bu  to’qimalarning  miqdori 

hayvonlarning turiga, zotiga, jinsiga, yoshiga va samizligiga bog’liq. 



Muskul  to’qimasi.  Umumiy  tananing  og’irligiga  nisbatan  muskul 

to’qimasi  o’rtacha  50-60  %  ni  tashkil  qiladi.  Muskul  to’qimasining  rangi  qizil, 

lekin  har  xil  so’yiladigan  mollarda  turlicha  ranglarda  bo’lishi  mumkin.  Otning 

go’shti  qoramtir  qizg’ish,  qo’yniki  qizil  g’isht,  qoramolniki  to’qi  qizil, 

cho’chqaniki ochiq qizg’ish yoki oqimtir qizg’ish rangda bo’ladi. 

Ko’ndalang targ’il muskullarda go’shtning globulini (mixrom) bo’lganligi 

sababli rangi qizil. Go’sht to’qimasining rangini turlicha bo’lishi  hayvonlarning 

turiga bog’liq bo’libgina qolmasdan, boshqa ko’pgina sabablarga ham bog’liqdir 

(yoshi,  jinsi,  ozuqlanishi,  ish  faoliyati,  go’shtining  termik  holati,  qonsizlanish 

darajasi, tozaligi). Kam ishlaydigan va bo’rdoqiga boqilgan mollarning go’shtini 

rangi  oqishroq  bo’ladi,  bunga  sabab  go’sht  to’qimasining  tarkibida  go’sht 

oqsilini  (mioglobulin)  kamligi  va  oksidlanish  reaksiyasi  kuchining  pastligi. 

Bundan  tashqari  go’sht  to’qimalarining  rangini  oqish  bo’lishiga  sabab 

hayvonlarning  kasallik  holati  bilan  ham  bog’langan  bo’lishi  yoki  burdoqiga 

boqish texnologiyasi ta’sir qilishi mumkin. 

Misol  uchun:  «Oq  go’sht»  hayvonlarning  «Oq  muskul»  kasalligiga  oid 

bo’lib,  go’shti  oq  rangda  bo’ladi,  bundan  tashqari  cho’chqalarni  burdoqiga 

boqishda  harakasiz  holatda  bo’lsa  ham  go’shtning  rangi  oq  bo’ladi.  Bu  ikkala 

holatda  ham  olingan  oq  rangli  go’shtning  toifasi  past  go’shtlar  qatoriga  kirib, 

sifati  yomon  bo’ladi.  Go’shtning  qattiq-yumshoqligi  hayvonning  so’yilgan 

vaqtiga  bog’liq  bo’ladi,  ya’ni  yangi  so’yilgan  hayvonlarniki  qattiq, 

sovutilgandan  keyin  esa  tarang  bo’ladi.  Bunday  go’shtning  yuzasiga  barmoq 

bilan  bosganimizda,  chuqurlik  hosil  bo’lib,  bu  chuqurlik  tezda  ko’tarilib, 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

 

46 



 

to’g’rilanadi.  Muzlatib  yeritilgan  va  qattiq-yumshoqligi  pasaygan  go’shtning 

yuzasiga  barmoq  bilan  bosganimizda  chuqurlik  hosil  bo’lib,  lekin  bu  chuqurlik 

tezda ko’tarilib to’g’rilanmaydi. 




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling