Zokirjon Xolmuhammad o`g`li Furqat hayoti va ijodi •Reja
Download 126.26 Kb.
|
Zokirjon Xolmuhammad o
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Zokirjon Xolmuhammad o`g`li Furqat hayoti va ijodi •Reja: • 1.Furqat hayoti haqida ma’lumot. • 2.Furqat ijodi haqida ma’lumot. • 3.Furqat –ma’rifatparvar shoir 1.Furqat hayoti haqida ma’lumot. XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi oʻzbek xalqchil adabiyotining yirik namoyandasi, maʼrifatparvari, lirik shoiri, otashin publitsisti Zokirjon Furqat Qoʻqon shahrida, Mullo Xolmuhammad oilasida dunyoga kelgan. Boʻlajak shoirning otasi zamonasining ilgʻor fikrli vakillaridan biri sifatida turli bilimlardan yaxshigina xabardor boʻlgan. Mullo Xolmuhammad xususan badiiy adabiyot muxlisi boʻlib, oʻzi ham sheʼriy iqtidor sohibi edi. Zokirjon mahallasidagi maktabda tahsil koʻradi, ayni zamonda otasi yordamida mustaqil mutolaa orqali oʻzbek va fors adabiyotining buyuk namoyandalari merosini, ayniqsa, Alisher Navoiy ijodini chuqur oʻrganadi, forsiy tilni mukammal oʻzlashtiradi. Yosh Zokirjon Navoiy asarlarini shu darajada berilib mutolaa qiladiki, oʻzining guvohligiga koʻra, buyuk shoir hatto uning tushiga ham kiradi va suhbat asnosida sheʼriyatdan imtihon qilib, ijodiy ish uchun “oq fotiha” beradi. Shu yoʻsin u Navoiy duosidan ruhlanib bolalik yillardayoq qoʻliga qalam oladi va umrining oxirigacha ijod bilan shugʻullanadi. Zokirjon oʻzi yozgan tarjimai holida qayd etganidek, toʻqqiz yoshidayoq qogoz sahifasiga quyidagi misralarni bitib, muallimining olqishlariga sazovor boʻlgan: Mening maktab aro buldur murodim, Xatimdek chiqsa imloyu savodim. Xushnavis kotiblar va mudarrislardan xattotlik sanʼati va arab tilidan saboqlar olgan Zokirjon 1873 yilda madrasaga kiradi. 1875–76 yillarda Qoʻqon xonligida yuz bergan qonli, siyosiy voqealar munosabati bilan madrasa yopilgach, yana mustaqil mutolaa va ijodiy ish bilan shugʻullanadi. Yangi Margʻilonda savdo ishlarini yoʻlga qoʻygan togʻasining qistoviga koʻra, u yerga borib yordamlashadi, keyinchalik oʻzi ham “choy va digar ashyolar savdosigʻa doʻkon” ochadi, samovarchilik, mirzolik qiladi. Bunday ijtimoiy faoliyat oddiy xalq vakillari hayoti va orzu-intilishlari bilan bevosita tanishish, mustamlaka tuzumi illatlarini chuqurroq xis etish imkoniyatini beradi. Zokirjon Yangi Margʻilonda ijodkor sifatida toʻla shakllandi, oʻz gʻazallariga “Furqat” – “ayriliq” taxallusini qoʻyib, shuhrat qozona boshladi. Mustamlakachi chor maʼmuriyati joylashgan xuddi shu yerda u ilk bor ovroʻpocha hayot tarzi, zamonaviy fan-texnika yangiliklari bilan tanishadi. Saksoninchi yillar boshlarida Qoʻqonga qaytib, oila quradi va asosan ijodiy ish bilan shugʻullanadi. Muqimiy va Muhyi yetakchi boʻlgan Zavqiy, Nodim, Nisbat, Muhayyir kabi ijodkorlar bilan bevosita muloqotga kirishadi, ular muntazam ravishda uyushtiradigan adabiy majlislarning, sheʼriyat kechalarining faol ishtirokchilaridan biriga aylanadi. Bu yirik qalam sohiblari ijodida keyinchalik kamol topgan gʻoyaviy va adabiy birlik, ular dunyoqarashidagi umumiylik xuddi shu adabiy anjumanlarda shakllana borgan. Furqatning Qoʻqondagi ijodi tur va mavzu, mazmun va shakl rang-barangligi jihatidan ham, sermahsulligi jihatidan ham diqqatga sazovor. U mumtoz sheʼriyatimiz anʼanalari ruhida koʻplab ishqiy gʻazallar, muxammaslar, Navoiy asarlariga goʻzal nazira va taqlidlar yaratdi, chuqur xalqchillik va zamonaviylik uning sheʼrlarida tobora keng oʻrin egallay boshladi. Uning “Boʻldi” radifli muxammasida mavjud mustamlaka tuzumining illatlari, tobora keng quloch otayotgan kapitalistik munosabatlarning salbiy oqibatlari badiiy ifodasini topgan. Qoʻqon xonligining uzil-kesil tugatilib, batamom mustamlakaga aylantirilishi volqeasi bilan bogʻliq “Dermish xon bir kuni-kim, davru davronlar qayon qoldi?” misrasi bilan boshlanuvchi muxammasi ham Furqatning shu davr ijodining mahsulidir. Toju taxtdan, shaʼnu shavkat va aʼyonlaridan mahrum boʻlgan Xudoyorxon nomidan bitilgan bu asar ham shoir ijodida zamonaviy ijtimoiy mavzuning keng oʻrnini isbotlovchi dalillardandir. Oʻzining guvohlik berishicha, Furqat xuddi shu yillarda “Hammomi xayol” risolasini yaratadi, “Chor darvesh” hikoyatini forschadan tarjima qiladi. “Nuh manzar” nomli sheʼriy kitob yaratadi. “Bulardin boʻlak har xil gʻazaliyotim Fargʻona muzofotigʻa (yaʼni, yon-atrof qishloqshaharlariga) va digar mamlakatlarga muntashir(mashhur) boʻldi”, deb yozadi shoirning oʻzi tabiiy gʻurur bilan. Xuddi shu yillarda shoir ilk bor sheʼrlarini toʻplab majmua holiga ham keltirgan. Afsuski, shoirning oʻzi qayd etgan risola, manzuma va tarjimalari kabi bu majmua ham shu kunga qadar topilgan emas. Furqat taxminan 1886–87 yillarda Margʻilonga borib, asosan sheʼriyat bilan band boʻldi, shaharning ziyolilari Xoʻjajon Rojiy, Muhammad Umar Umidiy – Havoiy, Mulla Toshboltu Royiq kabi ijodkorlar bilan tanishib, adabiy suhbatlar qurdi. Shu yerda u ilk bor gazeta bilan tanishib, uning “Toshkent shahrida bosma boʻlgʻon”ligini biladi. Furqat 1889 yili avvalida oʻlkaning bosh shahri Toshkent safariga chiqib, Qoʻqon orqali Xoʻjandga keladi. Bu qadimiy madaniy shaharda Toshxoʻja Asiriy boshliq mahalliy ijodkorlar, adabiyot muxlislari bilan qator uchrashuvlar, mushoirlar uyushtirgan Furqat, ayni zamonda shahar aholisining yashash sharoiti, kundalik hayoti, rasm – rusumlari bilan yaqindan tanishadi. 1889 yilning iyuni oʻrtalarida (hijriy 1306 yil shavvol oyi) Furqat Toshkentga kelib, Koʻkaldosh madrasasi hujralaridan biriga joylashadi. Odatiga koʻra, bu yerda ham mahalliy ziyolilar bilan tez muloqotga kirishadi, adabiy hayotda koʻrinarli mavqeʼga koʻtarila boradi. Furqat gʻazal va muxammaslarida ijtimoiy ohanglar ham koʻrinarli oʻrin tutadi. Mustamlaka tuzumining illatlarini qoralash, joriy adolatsizlik va zoʻravonlikdan, huquqsizlik va nochor hayotdan, nodonlarning zamonada eʼtibor topib, donolarning, halol kishilarning xor-zor etilishidan norozilik badiiy buyoqlarda qatiy jaranglaydi: Charxi kajraftorning bir shevasidin dogʻmen, Ayshni nodon surub, qulfatni dono tortadur. Sarigʻ oltun kasrati koʻngulni aylaydur qaro, Chunki safro boʻlsa gʻolib, oʻzga savdo tortadur. Mashhur “Sayding qoʻyaver, sayyod” musaddasida esa Furqat chor bosqinchilari mustamlakasiga aylangan oʻlkadagi hukmron zoʻravonlikka qarshi Inson sharafi va gʻururini ulugʻlaydi. Butun musaddas misralari zaminida insonparvar va erksevar shoirning zulm oʻtkazuvchilarga qarshi qatiy norozilik ovozi jaranglab turadi. Furqat hayotining Toshkent davri uning dunyoqarashi takomilida katta ahamiyat kasb etdi. Chor mustamlakachilik maʼmuriyatining markaziga aylantirilgan Toshkentda shoir kundan-kunga kirib kelayotgan ovroʻpocha hayot tarzi bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega boʻldi. Yangi tarixiy sharoitda moddiy-madaniy hayot va ijtimoiy ongda yuz bergan sezilarli oʻzgarishlarni mushohada etish, yaqin feodal oʻtmish bilan taqqoslash natijasida Furqat dunyoqarashida jiddiy sifat oʻzgarishi yuz berdi. Eng muhimi shundaki, bu hol uning ijodida oʻz badiiy ifodasini topdi – maʼrifatparvarlik, ovroʻpocha ilm-madaniyat, fan-texnikaga xayrixohlik shoir asarlarining gʻoyaviy mohiyatiga aylana bordi. Bu esa Furqatning koʻp asrlik adabiyotimizga yangi mavzular, yangi gʻoyaviy ohanglar olib kirishiga, chin maʼnoda novator ijodkor sifatida qalam tebratishiga zamin boʻldi. Endilikda Furqat zamonaviy maorif va madaniyatning yangicha qarash, fikrlash va yangicha hayot kechirishning jonkuyar targʻibotchisiga aylandi. Shu tariqa ijodiy, ilmiy va ijtimoiy faoliyatining eng qizgʻin, jangovar va eng mazmundor bosqichi boshlandi. Shoir nihoyat faollashdi, ilgʻor gʻoyalarning targʻibotida gazetadan unumli foydalanish mumkinligini yaxshi tushundi va tez orada “Turkiston viloyatining gazeti” hayʼatiga rasman ishga joylashdi. 1890 yilning may, iyul va sentyabr oylarvda “Ilm xosiyati”, “Akt majlisi xususida”, “Toshkent shahrida boʻlgʻon nagʻma bazmi xususida”, shuningdek, uch qismdan iborat “Vistavka xususida” kabi davr adabiyotvdagi maʼrifatparvarlik yoʻnalishining yetuk namunalari darajasida boʻlgan asarlari shu gazeta sahifalarida dunyo yuzini koʻrdi. Bu turkum asarlarida Furqat yangilik va taraqqiyotning, ilm-fan va ovroʻpocha maorif-madaniyatning otashin jarchisi sifatida namoyon boʻladi, oʻz vatandoshlarini zamonaviy bilimlarni puxta egallashga va ilgʻor xalqlar qatoridan oʻrin olishga daʼvat etadi. Shoir bitgan misralar nihoyatda joʻshqin va taʼsirchan, ulardagi xitob va hayqiriq har bir oʻquvchi diliga koʻchib, uni befarq qoldirmaydi: Jahon bastu kushodi – ilm birla! Nadur dilni murodi – ilm birla! Koʻngullarni sururi – ilmdandur! Koʻrar koʻzlarni nuri – ilmdandur! Kerak har ilmdan boʻlmak xabardor! Boʻlur har qaysi oʻz vaqtida darkor! Furqat xuddi shu yillarda yaratilgan “Shoir ahvoli va sheʼr mubolagʻasi xususida” deb nomlangan asarida ijodkor va badiiy adabiyot muammolarini qalamga oladi. Zokirjon Furqat haqli ravishda oʻzbek publitsistikasining asoschilaridan biri hisoblanadi. Uning otashin publitsist sifatidagi faoliyati 1890 yildan boshlanadi. “Turkiston viloyatining gazeti” xodimi sifatida u bir yildan koʻproq vaqt davomida Sattorxon kabi ilgʻor maʼrifatparvarlar bilan hamkorliqda gazetani tayyorlashda bevosita qatnashib, gazeta sahifalarida oʻz maqollarini eʼlon qiladi. Jumladan, 1891 yilning yanvar-iyun sonlarida “Hoʻqandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti. Oʻzi yozgʻoni” nomli kattagina nasriy asari nashr etila boshladi. Shoir dunyoqarashi va ijtimoiy-ijodiy faoliyatini belgilashda favqulotda ahamiyatga ega boʻlgan bu asar, ayni zamonda, endigina shakllanayotgan oʻzbek publitsistikasining yorqin namunasi sifatida ham katta qimmatga egadir. Furqatning Toshkentdagi faoliyati uzoqqa choʻzilmadi. U 1891 yil mayida Samarqandga joʻnaydi, shahar fozillaridan Mirzo Buxoriy hovlisida yashab, qadimiy obidalar bilan tanishadi, gazetaga xabarlar yoʻllaydi. Soʻngra Buxoroga oʻtadi. Iyul oyi oxirlarida esa chet el sayohatiga chiqib, Marv-Ashxobod-Boku-Botumi orqali noyabr oyida Istanbulga boradi. Shu tariqa shoir hayoti, dunyoqarashi va ijodida chuqur iz qoldirgan vatanjudolik boshlanadi. Istanbuldan Toshkentga yoʻllagan mashhur “Sabogʻa xitob” sheʼriy maktubi Vatan ishtiyoqi, sogʻinchi, ayriliq azoblari va yolgʻizlik ohanglari shoir ijodida endiliqda old oʻringa koʻtarilganini koʻrsatadi. Furqat Istanbuldan Bulgʻoriya va Yunonistonga qisqa muddatli sayohat uyushtirib, Bolqon yarim orolining qator shaharlarida boʻladi. Shu kezlarda yaratilgan “Rumolik qiz hikoyati” (“Yunon mulkida bir afsona”)da vatanni qoʻmsash, unga talpinish mavzui romantik-sarguzasht boʻyoqlarda juda taʼsirchan ifodalangan. Furqat 1892 yil martida Istambuddan Oʻrta yer dengizi oraqali Arabistonga oʻtib, Makkada haj ziyoratini bajo aylab, Jadsa, Madina shaharlarida boʻldi. Xuddi shu ziyorat munosabati bilan uning “Hajnoma” asari maydonga keladi. Makka ziyoratini tugatgach, Furqat Bombeyga kelib, Hindistonning qator qishloq-shaharlariga sayohatlar uyushtiradi. Shoirning bu davrda yaratgan barcha asarlarida nasriy va nazmiy makublarida ona yurt sogʻinchi va vatanparvarlik gʻoyalari yetakchilik kildi. Bu jihatdan, ayniqsa, “Adashganman” radifli lirik sheʼrlar turkumi alohida ajralib turadi. Hatto, shu yillarda bitilgan “Kashmirda”, “Bulbul” deb yuritiluvchi “sof” lirik gʻazallarida ham Vatanni qoʻmsash mavzui koʻzga aniq-ravshan tashlanadi. Furqat 1893 yili martida Kashmir-Tibet orqali uygʻur oʻlkasiga keladi. Yorkentda turgʻun boʻlib qoladi. Furqat doimo Vatanga qaytish umidi bilan yashadiki, bu intilish uning kator badiiy asarlarida, xat-xabarlarida ham u yoki bu darajada oʻz ifodasini topgan. “Vatanning ishtiyoqini tortaram gʻurbat gʻami birlan”, deb yozgan shoir umrining soʻnggi kunlariga qadar oʻz yurtiga qaytish ilinjida yashadi, shu bois uning fuqaroligidan chiqmadi. Furqat Yorkentda dorivor oʻsimliklar bilan savdo kiluvchi kichik doʻkon ochadi. Asosan esa ijodiy ish va xattotlik bilan shugʻullanadi. Shoirning oʻz maʼlumotlariga koʻra, chet el sayohatiga chiqqani hamonoq yozishga kirishgan “Sayohatnoma” asari ustida koʻpishlagan. Ammo hajman kattagina deb taxmin etiluvchi bu asar hanuzgacha topilmagan. Furqat Yorkentda koʻplab lirik gʻazal va muxammaslar qatorida ijtimoiy-siyosiy mavzularda ham qator masnaviylar yaratdi. “Masarratnoma”, “Qasida” asarlari, shuningdek, rus-yapon urushi munosabati bilan yozgan masnaviysi xuddi shu turkum jumlasiga kiradi. Shoir ona yurti bilan, Fargʻona va Toshkentdagi yoru doʻstlari bilan muntazam aloqani kanda qilmadi. Zavqiy, Toshboltu kabi ijodkor doʻstlariga sheʼriy maktublar, “Turkiston viloyatining gazeti”ga xat va maqola-xabarlar yuborib turdi. U xuddi shu yillarda milliy adabiyotimizda pamflet va felyeton kabi jangovar turlarning ilk namunalarini yaratib, gazeta sahifalarida eʼlon etdi. Furqatning adabiyotimiz tarixida ikki tillik ijodkor sifatida ham oʻz oʻrni bor. Uning forsiy tilda bitilgan ishqiy va ijtimoiy mazmundagi koʻplab gʻazallari oʻzining yuksak badiiyligi bilan oʻquvchilar dilidan mustahkam oʻrin olgan. Mazmunan hayotiy va badiiy barkamol lirikasi, maʼrifatparvarlik yoʻnalishidagi yetuk asarlari bilan, jozibali nasri va jangovar publitsistikasi bilan XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi milliy adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qoʻshgan Zokirjon Furqat 1909 yilda ogʻir kasalliqdan soʻng vafot etdi. Uning jasadi Yorkentning Dongdor mahallasidagi qabristonga qoʻyilgan. Furqatning ijodiy merosida an’anaviy she’riy turlar, o‘zbek mumtoz adabiyotidagi asosiy mavzular yetakchi o’rin egallaydi. Uning g‘azal va muxammaslari, bog‘lagan taxmislari uzining hayotiyligi, musiqiyligi, nihoyatda samimiyligi bilan o‘quvchini maftun etadi. Furqat she’rlarida ona-yurt tabiati va bahor go‘zalligi, jo‘shqin sevgi-muhabbat va chin insoniy fazilatlar, hayot shodliklaridan quvonish va turmush tashvishlaridan shikoyat qilish, umuman, odam va olam, kishilarning ma’naviy dunyosi, mehri va qahri yaqqol tasvirlangan. Masalan, «Bahor ayyomida gulgasht etarga bir chaman bo‘lsa», «Umr xush o‘tmas bahor ayyomi sahro bo‘lmasa», «Surmadin ko‘zlar qaro, qo‘llar xinodin lolarang», «Jannatning gullaridan gulzoringiz chiroylik», «Ko‘ngul dardig‘a topmay boraman hargiz davo istab», «Fasli navbahor o‘ldi ketubon zimistonlar» kabi misralar bilan boshlanuvchi g‘azallari, «Yetti falak», «Biri», «Istar ko‘ngul», «Do‘st», «Kokulung» radifli muxammaslari, Navoiy g‘azallariga taxmislari davr she’riyatining ham g‘oyaviy, ham badiiy jihatdan yetuk namunalari hisoblanadi. Furqat she’riyatida mustamlaka tuzumining illatlarini qoralash, joriy adolatsizlik va zo‘ravonlikdan, huquqsizlik va nochor hayotdan, nodonlarning zamonada e’tibor topib, donolarning xorzor etilishidan norozilik esda qolarli badiiy bo‘yoqlarda tasvirlangan. «Charxi kajraftorning bir shevasidan dog‘men: Ayshni nodon surub, kulfatni dono tortadur» kabi barkamol misralar shoir ijodidagi ijtimoiy yo‘nalishni aks ettiradi. «Bormasmiz» radifli she’rida esa o‘zbek milliy ruhiyati badiiy ifodalangan. Mashhur «Sayding qo‘yaber, sayyod...» musaddasida esa shoir shaxsning erkin yashash huquqini himoya qiladi, zulm va istibdodni qat’iy qoralaydi. Furqat xuddi shu yillarda «Xammomi xayol» risolasini yozadi. «Chor darvesh» hikoyatini forschadan tarjima qiladi. «Nuh manzar» nomli she’riy kitob yaratadi. «Bulardin bo‘lak har xil g‘azaliyotim Farg‘ona muzofotig‘a (ya’ni, yonatrof qishloqshaharlariga) va digar mamlakatlarga muntashir (mashhur) bo‘ldi», deb yozadi shoir. Xuddi shu yillarda Furqat ilk bor she’rlarini to‘plab, majmua holiga ham keltirgan. Afsuski, shoirning o‘zi qayd etgan risola, manzuma va tarjimalari kabi bu majmua ham shu kunga qadar topilgan emas. Furqat taxminan 1886—87 yillarda Marg‘ilonga borib, u yerdagi Masjidi jome hujrasida istiqomat qilgan, yoru birodarlari ko‘magida kichik do‘kon ochgan bo‘lsada, asosan, she’riyat bilan shug‘ullangan, shaharning ziyolilari, jumladan, Xo‘jajon Rojiy, Muhammad Umar Umidiy-Havoiy, Mulla Toshboltu Royiq kabi ijodkorlar bilan tanishib, adabiy suhbatlar qurgan. Furqat ilk bor gazeta bilan tanishib, uning «Toshkent shahrida bosma bo‘lg‘on»ligini shu yerda biladi. Yangilikka chanqoq, taraqqiyparvar shoirda ijtimoiy hayotda yuz bergan o‘zgarishlarga, sekinasta yoyila borayotgan fan va texnika namunalariga qiziqish uyg‘onadi, yangiliklar bilan bevosita tanishish, o‘z ko‘zi bilan ko‘rish ishtiyoqi zo‘rayadi. 1889 yil boshlarida Toshkent safariga chiqadi, Xo‘jandda to‘xtab, Toshxo‘ja Asiriy boshliq shoirlar, adabiyot muxlislari bilan uchrashadi, adabiy kechalarda ishtirok etadi. Nihoyat, 1889 yilning iyunida Toshkentga keladi. Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasasi hujralaridan birida yashaydi. Ko‘zga ko‘ringan olim, fozillar bilan tanishadi. Sharifxo‘ja eshon tavsiyasi bilan ma’lum muddat «Farhat» (shodlik, xursandlik) taxallusida she’rlar yozadi, lekin ko‘p o‘tmay, eski taxallusiga qaytadi. Furqat Toshkentda rus ziyolilari, yevropacha hayot tarzi bilan tanishdi. Chor ma’murlari shoirning teatr, gimnaziyaga, turli kontsertlarga kiritishni uyushtirdilar, ko‘rgazmalarga olib bordilar. Yangi tarixiy sharoit tufayli yuz bergan o‘zgarishlarni mushohada etish natijasida Furqat dunyoqarashida jiddiy o‘zgarish bo‘ladi va bu hol uning ijodida o‘z badiiy ifodasini topadi — ma’rifatparvarlik, yevropacha ilm-madaniyat, fan-texnikaga xayrixohlik shoir she’rlarining yetakchi g‘oyasiga aylana boradi. Bu esa Furqatnint ko‘p asrli o‘zbek adabiyotiga yangi mavzular, yangi g‘oyalar olib kirishiga zamin bo‘ldi. Toshkentda ochilgan erlar gimnaziyasi, maorif muassasalari, madaniyat va san’at o‘choqlarini, tobora ko‘proq kirib kelayotgan fantexnika yangiliklarini kuzatish oqibatida uning «Ilm xosiyati», «Gimnaziya», «Vistavka xususida», «Akt majlisi xususida», «Toshkent shaxrida bo‘lg‘on nag‘ma bazmi xususida», «Suvorov» va boshqa asarlari maydonga keldi va ularning barchasi 1890 yillarda «Turkiston viloyatining gazeti»da chop qilindi. Bu turkum asarlarida Furqat yangilik va taraqqiyotning, ilm-fan va yevropacha maorif-madaniyatning targ‘ibotchisi sifatida namoyon bo‘ladi; o‘z vatandoshlarini zamonaviy bilimlarni puxta egallashga va ilg‘or xalqlar qatoridan o‘rin olishga da’vat etadi. Birok Furqat ayrim zamondoshlari singari rus istilochilik siyosatining asl mohiyatini birdaniga anglay olmadi. Rus, Yevropa madaniyatparvarligi orqasida mahalliy ruslashtirish siyosati pinhon ekanligini so‘ngroq tushunib yetdi. Xuddi shu yillarda yaratilgan «Shoir ahvoli va she’r mubolag‘asi xususida» asarida Furqat ijodkor va badiiy adabiyot xususida ran ochib, she’riyatda realistik tasvir masalasini ko‘tardi. Furqat hakli ravishda o‘zbek publitsistikasining asoschilaridan biri hisoblanadi. Furqatning publitsist sifatidagi faoliyati 1890 yildan boshlandi. «Turkiston viloyatining gazeti»ga rasman ishga kirdi, gazetani tayyorlashda bevosita katnashdi. Bir yildan ko‘proq vaqt mobaynida Sattorxon kabi ilg‘or ma’rifatparvarlar bilan hamkorlikda ishlab, gazeta sahifalarida o‘z maqolalarini e’lon qildi. Masalan, 1891 yil 1-yarmida «Xo‘qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti. O‘zi yozgoni» publitsistik asarini yozib, shu gazetada e’lon qildi. 1891 yil mayda Samarqandga bordi, osori-atiqalar bilan tanishdi, gazetaga xabarlar yo‘lladi, keyin Buxoroda bo‘ldi. Iyulda esa chet el sayohatiga chiqdi. Uning chet elga sayohati haqida turli taxminlar bor. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, u atayin keytib kelmaydigan qilib o‘z yurtidan chiqarib yuborilgan. Xullas, 1891 yilning iyulida Marv —Ashxobod—Boku—Batumi orqali Istanbulga bordi. Do‘stlariga yozgan maktublarida, voqealarni oldindan bilgandek, vatanidan bir umr ajralib qoladigan odamning kayfiyatini aks ettirdi. Masalan, Istanbuldan yozgan «Sabog‘a xitob» she’riy maktubida Vatan ishtiyoqi, do‘stlar sog‘inchi, g‘urbat azoblari va yolg‘izlik motivlari birinchi o‘ringa chiqqan. Furqat Istanbuldan Bulg‘oriya va Yunonistonga o‘gdi. Bolqon yarim orolining qator shaharlarida bo‘ldi. 1892 yilning martida Istanbuldan O‘rta dengiz orqali Arabistonga — Makka, Jidda, Madina shaharlariga bordi. Makkadagi haj ziyorati munosabati bilan «Hajnoma» asarini yaratdi. So‘ng Bombayga keldi, Hindistonning qator viloyatlariga sayohat qildi. Uning bu davrda yozgan nasriy va nazmiy maktublarida tushkunlik, onayurt sog‘inchi va iztiroblari aks etgan. «Adashganman» radifli hamda «Kashmirda», «Bulbul» deb nomlanuvchi lirik she’rlar turkumi shu jihatdan o‘ziga xos hijronnomadir. 1893 yil martida Furqat Kashmir va Tibet orqali Sharqiy Turkistonga borib, Yorkendda turg‘un yashab qoldi. Oila qurdi. Tabiblikdan xabardor bo‘lgan shoir dorivor o‘simliklar bilan savdo qiluvchi do‘kon ochdi, ijodiy ish va xattotlik bilan shug‘ullandi. Furqat doimo Vataniga qaytish umidi bilan yashadi. Avval boshlagan «Sayohatnoma» asari ustidagi ishni Yorkendda davom ettirdi. Lekin bu asar hanuz topilgani yo‘q. U yerdan Toshkentga publitsistik asarlar, turli mavzudagi xat-maqolalar, Farg‘ona va Toshkentdagi yordo‘stlariga maktublar yo‘llab turgan. Furqat o‘zbek matbuoti tarixida feleton janrini boshlab berdi («Hind nayrangbozi Yorkendda», 1905). Barkamol lirikasi, jozibali nasri va gublitsistikasi bilan 19-asr oxiri va 20-asr boshlaridagi milliy adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qushgan Furqat onavatanidan uzoqda vafot etdi. Uning jasadi Yorkendning Dongdor qabristoniga ko‘milgan. 1990 yil shoir qabri ustiga maqbara qurilgan. Furqatning she’rlari kitob holida dastlab 1913 yilda Muqimiy she’rlari bilan birga bayoz holida toshbosmada bosilgan edi, 50—80-yillarda ko‘p bor nashr etildi. Shoir hayoti va ijodi haqida qator ilmiy asarlar yozildi, dissertatsiyalar yoqlandi, opera librettosi, kinostsenariy va boshqa yaratildi. O‘zbekistondagi bir qator qishloq, tuman, maktab, ko‘cha va xiyobonlar, bog‘lar uning nomi bilan ataladi. Tavsifiy uslubdagi ushbu baytlarda mahbuba jamoli kuylangan. Shoir bu go`zallikning badiiy kashfiyotini istiora, tajnis, istixroj, nido san`atlari orqali yaratadiki, bu esa she`rga oroyish va mazmun baxsh etadi. Shoir tavsif etgan mahbubaning go`zal raftoridan gullargina “sharm”da emas, uni ko`rgan to`lin oy ham “parishon”likdan yo`llaridan adashgusi. Shuning uchun lirik qahramon mahbubaga bir muruvvat qil, kechasi husningni ko`rsatib, o`rim sochlaringni yoyma, toki oyning xayoli parishon bo`lib, yo`ldan adashmasun, deb najot so`raydi: Yo`l adoshib ko`kda oy holi parishon o`lmasun, Bir muruvvat ko`rgazu, tarqatma gisu kechalar. Shoir mahbubani tashqi ko`rinishini “To`kkali jallod erur ishq ahlidin qon ko`zlaring”, “dilbaro, qildi meni ko`b zoru sargardon qoshing”, “dilbaro, boshing uza chun toji sulton kokuling” deya qayta-qayta ta`rif-tavsif etadi. Shoir tasviridagi bu go`zal xusnda qanchalik dilbar bo`lsa, nozu karashmada ham shunchalik ustamon: Ko`z uchidin qil nigoh, ey sho`xi tannoz, ozgina, Husn shohisen, gadoni et sarafroz ozgina. Yorining visolin qo`msab fig`onlar chekkan oshiqning berahm ma`shuqa sitamlaridan sabri to`ldi, so`zlari-da, so`roqlari-da qat`iylashdi: Ko`ngli jafog`a moyilu ko`b bag`ri toshsen, Berahmlik qilursan tag`i, ey jon, qachongacha? Oshiq qanchalar yor ishqida jafolar chekmasun, sevgida sadoqatli, sobit va sodiq: Ko`r bo`lsun ko`zlarimkim, o`zgaga solsam nazar,
E`tibor bering, muhabbatni nozik fahm etish va ishq tabiatini belgilashda g`oyat ohorli satrlar. Bunday kutilmagan lavha - “ishqiy ahdnoma” yoxud “sevgi qasamyodi” boshqa hech bir shoirda Furqatchilik ifodalanmagan edi. Furqat ijodida mavzular ko`lami keng. Shoir ijodida muhabbat mavzui bilan bir qatorda ijtimoiy muhitdan norozilik kayfiyatida tug`ilgan ruhiy holat-kechinmalar aks etuvchi bir qancha hasratnamo she`rlari, shuningdek, Vatan ishqida yozilgan g`urbat motividagi talaygina asarlari mavjud. Charxi kajraftorning bir shevasidin dog`men, Ayshni nodon surub, kulfatni dono tortadar kabi baytlarida jamiyat tartiblaridan hasrat, nolish va shikoyat kayfiyati hukm sursa, Vatanning ishtiyoqin tortaram g`urbat g`ami birlan, Turub erdim qutulmay g`ussau ranju inolardin baytida esa shoirning Vatanga bo`lgan muhabbati va g`urbat alamlari sezilib turadi. Furqat lirikasi doirasidagi hajm va mazmun jihatdan katta asarlardan biri «Sayding qo`yaber, sayyod» musaddasidir. Asarda muallifning chinakam insoniy tuyg`ulari namoyon bo`ladi. Musaddas erkin hayot haqida jo`shqin qo`shiq, haqiqiy erkinlik madhiyasidir. Yuqorida e`tirof etganimizdek, shoirning “Turkiston viloyati gazeti” da chop etilib borgan “Xo`qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti – o`zi yozg`oni” deb nomlangan memuari Furqatning butun hayoti va ijodiy faoliyati haqida aniq va ishonchli ma`lumot beruvchi muhim manba bo`lib xizmat qiladi. Asar har jihatdan – ilmiy, tarixiy, badiiy qimmatga ega. Negaki, asarda faqat shoirning tarjimai holi haqida ma`lumotlargina emas, balki Turkistonning XIX asr ikkinchi yarmidagi siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayoti bilan bog`liq voqealarning tafsiloti ham real lavhalarda berilgan. Furqatning “Qavoidi Chin va umuroti siyosiy” asari esa tarbiyaviy jihatdan katta ahamiyatga ega. Asarda oila va uning mustahkamligini ta`minlashda eru xotinning huquq va burchlari, aka-ukalar munosabati, do`stlik va qo`ni-qo`shnichilik odoblari haqida ibratli mulohazalar bayon qilingan. Mutaxassislarning aniqlashicha, bizgacha Furqatning uchta elshunoslik yo`nalishidagi (“To`y xususida”, “Aza xususida”, “Gap xususida”) va bitta adabiyotshunoslik yo`nalishidagi (“Ilmi she`rning qoidai avzonini bayoni”) ilmiy asari yetib kelgan. Bu to`rt ilmiy asar Furqatning ilmiy faoliyati haqida muayyan tasavvur bera oladi Furqat – ilk o`zbek jurnalisti. Uning dastlabki jurnalistlik faoliyati “Turkiston viloyati gazeti”da boshlandi. Ilk maqolasi Toshkentdagi rus gimnaziyasidan olgan taassurotlari asosida yozilgan. Keyinchalik esa Xorijdan – Istanbul, Hindiston, Qashqardan yo`llagan xabar va maqolalarida bu mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayoti haqidagi muhim masalalarni ko`tarib chiqadi. Shuningdek, shoirning “Yoqubbek marhumning qo`liga tushgan Qashqar viloyatining ahvoloti xususida”, “Qashqar viloyatidagi sartiya xalqlarining zindagonlik ahvolotlari xususida”, “Xo`qandlik Zokirjon Furqatning “Peysai axbor” nom Hindiston gazetidin naql qilib yozgan xabari” kabi maqolalari uning jurnalist sifatidagi yuksak salohiyatini his etish imkonini beradi. Bulardan tashqari, «Sarguzashtnoma»da aytilishicha, shoir bir necha asarni turkiy tilga tarjima qilgan. «Hammomi xayol» asarini she`riy yo`lda, «Chor darvesh»ni forschadan nasriy shaklda, «Nuh manzar» nomli asarni erkin tarjima qilgan. Ko`rinadiki, Furqat serqirra ijod sohibi. Uning she`riyati, nasri, publitsistikasi va tarjimalari o`zbek adabiyoti, madaniyatining xazinasidan munosib joy olgan. Adabiyotlar: 1. «Ayyomiy». Saylanma. T, 1984 yil. 2. N.Qobulov, V.Mo`minova, I.Haqqulov «Avaz va uning adabiy muhiti». T, 1987 yil. 3. B.Qosimov «Izlay-izlay topganim…». T, 1983 yil. 4.S.Siyoyev «Avaz». Roman. T, 1987 yil. 5. www.ziyonet.uz Download 126.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling