Zomin” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
T/r Amalga oshirilishi belgilangan chora-tadbirlar nomi
Download 0.92 Mb.
|
254 28.04.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyalashtirish manbasi Mas’ul vazirlik va idoralar 2021-yil
- Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 217 000 133 000
- Qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari 2 002 500 2 500
- II. Elektr energiyasi tarmoqlarini qurish va ta’mirlash Hammasi
- Suffa” platosigacha bo‘lgan hudud bo‘yicha
- Suffa” platosi hududi bo‘yicha
- III. Ichimlik suvi va oqova tarmoqlarini qurish, qayta qurish va modernizatsiya qilish xamda aholini uzluksiz sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash
- IV. Axborot texnologiyalarini rivojlantirish Zomin tumani bo‘yicha jami
- Zomin” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi USTAVI 1-bob. Umumiy qoidalar
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 254-son qaroriga 6-ILOVA “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi USTAVI 1-bob. Umumiy qoidalar Oldingi tahrirga qarang. 1. “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) shaklida tashkil etilib, unga biriktirilgan chegaralarda qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda mulkka egalik qilish, o‘zining maqsadlarini amalga oshirish maqsadida taqsimlash va foydalanishga berish (yoki uning nomidan — u vakolat bergan davlat organi ta’sischisining) kabi vazifalarni amalga oshiruvchi tijorat tashkilotidir. (1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 2. Direksiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, qarorlari va farmoyishlari, ushbu nizom hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar doirasida amalga oshiriladi. 3. Direksiya yuridik shaxs hisoblanib, alohida mol-mulk, mustaqil balans, bankdagi hisob raqamlariga, shu jumladan chet el valyutasiga, shuningdek, emblemasiga, shtampiga va o‘z nomi davlat tilida yozilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi tasvirlangan muhrga va boshqa rekvizitlarga egalik qiladi. 4. Direksiyaning rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq — “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi; qisqartirilgan shaklda — “Zomin” TRZ direksiyasi” DUK; b) rus tilida: to‘liq — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya turistsko-rekreatsionnoy zoni “Zomin”; qisqartirilgan shaklda — GUP “Direksiya TRZ “Zomin”; v) ingliz tilida: to‘liq — “Directorate of tourist and recreational zones “Zomin” State Unitary Company; qisqartirilgan shaklda — “Directorate of TRZ “Zomin” SUC. 5. Direksiya manzili (pochta manzili): Jizzax viloyati, Zomin tumani, Mustaqillik ko‘chasi, 2-uy. 6. Direksiya ta’sischisi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi o‘rinlarda — Ta’sischi) hisoblanadi. Oldingi tahrirga qarang. 7. Direksiya o‘zining Ta’sischi bilan kelishgan holda tijorat tashkilotlari, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning ishtirokiga ruxsat etiladigan tijorat tashkilotlarining ishtirokchisi (aksiyadori, a’zosi) bo‘lishi mumkin. (7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 8. Direksiya boshqa davlat korxonasining ta’sischisi bo‘lishi mumkin emas. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling