Zomin” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Download 0.92 Mb.
|
254 28.04.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zomin” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
[OKOZ: 1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.07 Rekreatsion zonalar] [TSZ: 1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Zomin” turistik-rekreatsion zonasini va xalqaro umummavsumiy kurortini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6201-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, tog‘li hududlarning turizm salohiyatidan samarali foydalanish, xalqaro umummavsumiy kurortlar, mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va boshqa turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi (keyingi o‘rinlarda — Turistik zona) chegaralarining tavsifi 1-ilovaga muvofiq; “Suffa platosi.2 400” xalqaro umummavsumiy kurorti va “O‘riklisoy” turizm majmuasi chegaralarining tavsifi 2 va 2a-ilovalarga muvofiq; “Zomin” turistik-rekreatsion zonasini rivojlantirish konsepsiyasi 3-ilovaga muvofiq; “Zomin” turistik-rekreatsion zonasini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish hamda hududda turizm sohasini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 4-ilovaga muvofiq; “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi va unga qadar bo‘lgan hududda yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Quyidagilar Turistik zonaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: Turistik zonada zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlari (mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obyektlar)ni, turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlarni ta’minlagan holda maxsus funksional va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning investitsiyalarini jalb qilish; hududning ekomuhiti imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘ziga xos turistik yo‘nalishlarni tashkil etish; transport vositalarining arzonligini ta’minlash, hududda transport harakatining yangi (avtobus, mikroavtobus, funikulyor va boshqalar), shu jumladan muqobil energiya manbalarida harakatlanuvchi turlarini joriy etish, yo‘lovchi transporti yo‘nalishlarini kengaytirish, uning to‘xtovsiz harakatini tashkil etish, tegishli transport infratuzilmasini rivojlantirish; turistlar xavfsizligining qo‘shimcha sharoitlarini, shu jumladan turistik infratuzilma obyektlarini videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash, ogohlantirish tizimlarini tashkil etish, hududga keluvchi turistlar haqida yagona ma’lumotlar bazasini, favqulodda holatlarda tez yordam berish tizimini joriy etish yo‘li bilan yaratish; Turistik zona hududida loyihalarni amalga oshirayotgan va faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda investorlar (shu jumladan, xorijiy investorlar) uchun belgilangan alohida bojxona va soliq rejimlarini ta’minlash; energiyaning muqobil va qayta tiklanuvchi manbalarini qo‘llagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni joriy qilish asosida o‘ziga xos ekologik tizimni yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish; hududda noyob tabiiy obyektlar va majmualarni, o‘simliklar va hayvonlarning genetik fondini saqlash, daraxtlarni nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, o‘rmonzorlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, shuningdek, faoliyatning atrof-muhitga salbiy ta’sirini oldini olish va minimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. 3. “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) tashkil etilsin va uning Ustavi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Turizm va sport vazirligi Direksiya faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, joylashtirish, asosiy vositalar, anjomlar, transportlar bilan ta’minlash uchun Tog‘li va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) hisobidan zarur mablag‘larni ajratsin. 5. Belgilab qo‘yilsinki: “Suffa platosi. 2 400” xalqaro umummavsumiy kurorti va “O‘riklisoy” turizm majmuasining infratuzilmasining qurilishini moliyalashtirish xarajatlari belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihani texnik-iqtisodiy asoslash asosida amalga oshiriladi; Direksiya “Suffa platosi. 2 400” xalqaro umummavsumiy kurorti va “O‘riklisoy” turizm majmuasi hududida yo‘l, muhandislik-kommunikatsiya va turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish va qurish loyihalarini amalga oshirishda buyurtmachi bo‘lishi; Oldingi tahrirga qarang. (5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son) 6. Quyidagilarga: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-avgustdagi “Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6053-son Farmonining 3-bandiga asosan Jamg‘armaga ajratilishi belgilangan mablag‘lar hisobidan Turistik zona infratuzilmasini, shu jumladan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash bilan bog‘liq xarajatlarni; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5326-son Farmonining 11-bandiga muvofiq ajratilishi belgilangan 200 mln dollar miqdoridagi kredit liniyasi hisobidan Turistik zona hududida zamonaviy turistik infratuzilma obyektlarini qurish bo‘yicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga ruxsat berilsin. 7. Direksiya Jizzax viloyati, Zomin tumani, Mustaqilliq ko‘chasi, 2-uy manziliga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin. 8. Quyidagilar: a) xalqaro konsultantlar tomonidan Turistik zonaning master-rejasi ishlab chiqilganligi va ushbu master-rejada 250 million AQSh dollarigacha bo‘lgan investitsiyalarni, shu jumladan turizm (joylashtirish vositalari, dor yo‘llari, restoranlar, savdo shoxobchalari va boshqa turizm infratuzilmasi obyektlari), yo‘l-transport va kommunal infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirilgan mablag‘larini jalb qilish nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin; b) Turizm va sport vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Turistik zona hududida: 2022-yil yakuniga qadar “O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda uzunligi 2 640 metr bo‘lgan zamonaviy dor yo‘lini qurish; Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrga qadar Turistik zona hududiga kirish nuqtasida xizmat ko‘rsatish punkti va zamonaviy avtoturargoh tashkil etish choralarini ko‘rsin. 9. “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki va “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan 2022-yil yakuniga qadar tadbirkorlik va ishbilarmonlik tadbirlarini (MICE turizm) o‘tkazishga mo‘ljallangan kongress-xollni o‘z ichiga olgan ikkita xalqaro darajadagi 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar barpo etilishi ta’minlasin. 10. Belgilansinki: Turistik zona hududiga kirish nuqtasidagi xizmat ko‘rsatish punkti va zamonaviy avtoturargohni tashkil etish loyihalari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; xizmat ko‘rsatish punkti va avtoturargoh faoliyatidan kelib tushadigan mablag‘larning 100 foizi Direksiya maxsus hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi va birinchi navbatda loyihalarni amalga oshirish uchun Jamg‘arma tomonidan ajratilgan mablag‘lar qoplab beriladi. 11. Turizm va sport vazirligi ikki oy muddatda Turistik zonada amalga oshirish va joylashtirish uchun loyihalarni tanlash mezonlari bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling