Zomin” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida


-bob. Turistik zona tashkil etish va rivojlantirishning asosiy mexanizmlari


Download 0.92 Mb.
bet4/20
Sana13.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1091063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
254 28.04.2021

2-bob. Turistik zona tashkil etish va rivojlantirishning asosiy mexanizmlari
I. Turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlarga ega zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlari, shuningdek maxsus, funksional va mavsumiy dam olish majmuasini yaratish
1. Turistik zona hududida zamonaviy mehmonxonalar, jumladan apart-mehmonxonalar, apart-uylar, butik-mehmonxonalar, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi personal uchun mo‘ljallangan xizmat uylari va boshqalarni o‘z ichiga olgan joylashtirish vositalari majmuasini yaratish.
2. Tog‘ va sport turizmini rivojlantirish, tibbiy, shuningdek, ekstremal (paraplanlar va deltaplanlar) turizm bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish uchun yetarli turizm infratuzilma obyektlarini yaratish, zamonaviy dor yo‘llarini qurish.
3. Tog‘-chang‘i kurort markazi, tog‘-chang‘i trassalari va ko‘targichlari, snoubord treklari, tog‘-chang‘i dam olish va madaniy-ko‘ngilochar markazlar (kinoteatrlar, karaoke-barlar, bouling, ko‘ngilochar markazlar va boshqalar) faoliyatini tashkil etish.
4. Turistik zona hududida zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil qilish.
5. Sayyohlar ko‘p bo‘ladigan joylarda Wi-Fi zonalarini kengaytirish va barqaror faoliyat ko‘rsatuvchi statsionar va uyali aloqa faoliyatini ta’minlash, turistik infratuzilma obyektlarida, shu jumladan, temir yo‘l stansiyalari, mehmonxonalar, motel, kempinglar va dam olish, shuningdek, umumiy ovqatlanish va boshqa joylarda plastik kartalaridan foydalanish orqali to‘lovlarni qabul qiluvchi bankomatlar, infokiosklar va to‘lov terminallar sonini oshirish.
6. Turistik zona hududida tadbirkorlik va ishbilarmonlik tadbirlarini (MICE turizm) o‘tkazishga mo‘ljallangan kongress–xoll, rekreatsiya va dam olish maskanlari, investorlarni jalb qilishga qaratilgan “Investor show room”, shuningdek turistlarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan “Visitor center”ni tashkil qilish.
7. Sport-sog‘lomlashtirish hamda boshqa turizm obyektlari, zamonaviy muhandislik infratuzilmalari, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini qurish.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling