12-bob. Direksiyani tugatish va qayta tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
41. Direksiya qonunchilik hujjatlarida
nazarda tutilgan tartibda, sud yoki Ta’sischining qaroriga muvofiq tugatishi va qayta tashkil etilishi mumkin.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
42. Direksiya uning huquqi va majburiyatlarini boshqa shaxslarga meros qilib o‘tkazmasdan faoliyatini tugatadi. Qayta tashkil yetilayotganda uning huquq majburiyatlari huquqiy vorisga o‘tadi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/254/0391, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)