Turizm sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishn� tashkil etish
27.
|
Turizm va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat olib boruvchi yuqori malakali kadrlarni muntazam tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni darajasini mustaqil baholab borish tizimini yaratish.
|
Taklif tayyorlash va amalga oshirish
|
2021-yil davomida
|
Ijrochilar mablag‘lari
|
Turizm va sport vazirligi (Azamov),
Direksiya,
Jizzax viloyati hokimligi (Saliyev)
|
28.
|
Turistik zona hududida faoliyat ko‘rsatuvchi personalning “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti, tegishli xorijiy o‘quv maskanlari va ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tashini tashkil etish.
|
Tashkiliy
chora-tadbirlar
|
2021-yildan doimiy
|
Ijrochilar va tashabbuskorlar mablag‘lari
|
Turizm va sport vazirligi (Azamov),
Direksiya
|
29.
|
Turizm va xizmat ko‘rsatish sohasida samarali ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish.
|
O‘quv dasturi ishlab chiqish va joriy etish
|
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab
|
Ijrochilar va tashabbuskorlar mablag‘lari
|
Turizm va sport vazirligi (Azamov),
Direksiya
|
30.
|
Turizm sohasi subyektlari xodimlariga majburiy malaka talablarini belgilovchi standartlarni ishlab chiqish (gidlar, yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi, umumiy ovqatlanish xizmatlari, transport va boshqalar).
|
Standartlar ishlab chiqish
|
2021-yil davomida
|
Ijrochilar mablag‘lari
|
Turizm va sport vazirligi (Azamov),
“O‘zstandart” agentligi (Sattarov)
|
31.
|
Zomin turizm va servis kolleji faoliyatini rivojlantirish, ta’lim yo‘nalishlari va o‘quv dasturlarini Turistik zona va hududda ko‘rsatiladigan turizm xizmatlariga muvofiqlashtirish.
|
Tashkiliy
chora-tadbirlar
|
2021-yil davomida
|
Ijrochilar mablag‘lari
|
Turizm va sport vazirligi (Azamov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov),
Jizzax viloyati hokimligi (Saliyev)
|
|