Zomin” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
-bob. Direksiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va maqsadlari
Download 0.92 Mb.
|
254 28.04.2021
2-bob. Direksiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va maqsadlari
9. Direksiyaning asosiy maqsadi turistik-rekreatsion zona (keyingi o‘rinlarda — TRZ) faoliyatini boshqarish hisoblanib, TRZ davlat dasturining to‘liq va o‘z vaqtda bajarilishi, TRZ hududida huquqiy me’yorlarga rioya qilinishini ta’minlash, shuningdek, TRZ hududidagi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga (keyingi o‘rinlarda — TRZ ishtirokchilari) xizmat ko‘rsatishga va ushbu Nizomga nazarda tutilgan boshqa ishlarning bajarilishini ta’minlaydi. 10. Direksiyaning asosiy vazifalari quyidagilar: TRZ hududida investitsiya loyihalarni amalga oshirish istagini bildirgan tashabbuskor va investorlarni izlash va jalb qilish; TRZ bosh rejasi va “Zomin” turistik-rekreatsion zonasining ma’muriy kengashi (keyingi o‘rinlarda — Ma’muriy kengash) qarorlariga muvofiq tasdiqlangan investitsiya loyihalarini joylashtirish; o‘rnatilgan tartibda investorlar tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini nazorat qilish hamda ularni bajarilishi yuzasidan Ma’muriy kengashga hisobotlar taqdim etib borish; o‘z vakolati doirasida TRZ hududida joylashgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini boshqarish; TRZ ishtirokchilariga o‘zlarining investitsiya loyihalarini amalga oshirishlari uchun zarur infratuzilma (elektr energiya, gaz, suv ta’minoti, kanalizatsiya va boshqalar) bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni yechishga ko‘maklashish; TRZ ishtirokchilariga shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini himoya qilish orqali ularga xizmat ko‘rsatish; TRZ hududida joylashgan davlat mulki obyektlari bo‘lgan inshootlar va binolar hamda yer uchastkalarni ijaraga berish bo‘yicha shartnomalar (bitimlar) tuzish; Ma’muriy kengash vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha uning yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilishi uchun zarur ma’lumotlarni tayyorlash; Ma’muriy kengash qarorlariga asosan TRZ ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish, ularni reyestrga kiritish va tegishli sertifikatlar berish; TRZ ishtirokchilari bo‘lmagan TRZ hududidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritish; o‘rnatilgan tartibda investorlar bilan tuzilgan shartnomalar xulosasiga asosan TRZ hududida sarmoya kiritish to‘g‘risida bitimlar, TRZ ishtirokchisi bo‘lmagan tashkilotlar va davlat mulkidagi mol-mulkni sotish bo‘yicha Ma’muriy kengash qarorlariga ko‘ra bitimlar tuzish; TRZ faoliyatini boshqarish bo‘yicha boshqa masalalarni amalga oshirish. Oldingi tahrirga qarang. 11. Direksiya qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini ham amalga oshirish mumkin. (11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling