Zomin” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida


-bob. Direksiya faoliyatini boshqarish


Download 0.92 Mb.
bet17/20
Sana13.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1091063
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
254 28.04.2021

3-bob. Direksiya faoliyatini boshqarish
12. Direksiya Ta’sischiga va Ma’muriy kengashga hisobdor hisoblanadi.
13. Ta’sischining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Direksiya faoliyatini boshqarish, muvofiqlashtirish va monitoringni olib borish;
TRZni rivojlantirish bo‘yicha Direksiya faoliyati yo‘nalish va strategik vazifalarini belgilash va TRZning uzoq va o‘rta muddatli rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish;
TRZning samarali faoliyatini ta’minlash uchun tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni tasdiqlash, shuningdek ularning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish;
Direksiya faoliyatini to‘g‘risida hisobotlarni har chorakda bir marotaba eshitish;
Direksiya direktorini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha masalalarni ko‘rib chiqish;
Direksiya ishchilari va direktorining malakasini oshirishni tashkil etish;
Direksiyaning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tasdiqlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’sischi qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(13-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14. Ta’sischining huquqlari:
Direksiya faoliyatining maqsad va yo‘nalishlarini belgilash;
Direksiya Nizomiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha qaror qabul qilish;
Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoki maqsadga muvofiq foydalanilmayotgan mol-mulkini olib qo‘yish va tasarruf etish;
Direksiya tomonidan berilgan mol-mulkni ishlatishdan olingan sof foydadan ulush olish;
Direksiyaning mol-mulki bilan tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilish;
Direksiyaga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risida sudga ariza bilan murojaat qilish;
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
Mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda Direksiya direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’sischi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin.
(14-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
15. Ma’muriy kengashning vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Ta’sischiga Direksiya direktorligiga nomzodlarni taqdim etish;
Direksiya direktori bilan mehnat shartnomasini Ta’sischi nomidan tuzish va bekor qilish;
Direksiya xarajatlari smetasi va shtatlar jadvalini kelishish;
Direksiya ish rejasini tasdiqlash orqali uning faoliyatini tashkil etish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ma’muriy kengash qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(15-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
16. Ma’muriy kengash o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun Direksiya faoliyati bilan bog‘liq hujjatlarni talab qilib olishi mumkin. Olingan hujjatlar Ma’muriy kengashi tomonidan faqatgina xizmat maqsadlarida ishlatiladi.
17. Direksiya faoliyatiga rahbarlik qilish Ma’muriy kengash tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor tomonidan amalga oshiriladi.
18. Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi.
19. Direktor:
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga asosan Direksiya xodimlar mehnatini muhofaza qilish va mehnat sharoitlarini yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi normalar va tartiblarga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
TRZni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarning amalga oshirilishini tashkil etadi;
Direksiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish, boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishga oid tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
Direksiya nomidan ishonchnomasiz ishlaydi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan chet el mamlakatlarida uning manfaatlarini himoya qiladi;
mehnat shartnomasiga asosan xodimlarni ishga qabul qiladi, tegishli o‘zgartishlar kiritadi va ularning faoliyatini bekor qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnoma taqdim etadi;
(19-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
xodimlar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar va ko‘rsatmalar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(19-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
20. Direktor o‘rnatilgan tartibda Direksiya faoliyati bo‘yicha Ta’sischiga hamda Ma’muriy kengashga hisobdordir.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Direktor o‘zining huquq va majburiyatlarini bajarishda Direksiya manfaatlari doirasida amalga oshiradi va o‘rnatilgan tartibda davlat budjetiga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lanadigan barcha to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishi, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning amalga oshirilishi, mehnat huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan barcha da’volarni qondirish uchun qonunchilik hujjatlariga belgilangan tartibda javobgardir.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
22. Direktor Ma’muriy kengash va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda TRZning o‘z mablag‘larini boshqaradi va amalga oshirilgan hisobotlarni Moliya vazirligiga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Direktor o‘ziga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi, shuningdek, Direksiyaga topshirilgan davlat mulkining saqlanishi va maqsadli ishlatilishi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardir.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling