Zomin” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida


-bob. Zaxira va boshqa jamg‘armalarni shakllantirish tartibi


Download 0.92 Mb.
bet19/20
Sana13.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1091063
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
254 28.04.2021

8-bob. Zaxira va boshqa jamg‘armalarni shakllantirish tartibi
32. Direksiya o‘z tasarrufida qolgan sof foyda hisobiga zaxira jamg‘armasini, shuningdek Ta’sischi tomonidan tasdiqlangan shaklda va tartibda boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin.
9-bob. Daromadlarni (foyda) taqsimlash va zararni qoplash tartibi
33. Direksiyaning sof foydasi Direksiya ixtiyorida qoladi hamda Ta’sischining qaroriga asosan foydalaniladi.
34. Ta’sischi o‘zining qaroriga asosan jismoniy va yuridik shaxslarga beriladigan xayriya mablag‘lari summasini belgilaydi va ularni tasarruf etish huquqini direktorga topshiradi.
35. Direksiya faoliyati natijasida vujudga kelgan zararni jamg‘armaning zaxira mablag‘lari hisobidan qoplashi mumkin.
10-bob. Hisobotlarni taqdim etish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
36. Hisobot davri so‘ngida Direksiya vakolatli organlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy va boshqa hisobotlarni taqdim etadi, shuningdek, hujjatlarning saqlanishiga va belgilangan tartibda saqlash uchun davlat idoralariga topshirishga javobgar hisoblanadi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
37. Xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida Direksiya faoliyatini nazorat qilish Ma’muriy kengash tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
38. Direktor har chorakda Ma’muriy kengashga Direksiya faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlanish dasturlarining amalga oshirilishi bo‘yicha hisobotlarni taqdim etadi.
11-bob. Direksiya javobgarligi
39. Direksiya o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mol-mulk bilan javob beradi. Mol-mulk yetarli darajada bo‘lmagan taqdirda Ta’sischi Direksiya majburiyatlari bo‘yicha yordamchi javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
40. Direksiya Ta’sischining majburiyatlari uchun javobgar emas.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling