4-bob. Direksiya ustav jamg‘armasi
Oldingi tahrirga qarang.
24. Direksiyaning ustav jamg‘armasi TRZ faoliyatini tashkil etish uchun Ta’sischi tomonidan beriladigan mablag‘lar, Ta’sischi tomonidan operativ boshqaruv huquqiy asosida beriladigan mol-mulk va boshqa qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan aktivlar hisobidan shakllantiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
25. Direksiyaning ustav fondi 1,0 mlrd so‘m.
5-bob. Direksiya ustav jamg‘armasini oshirish va kamaytirish tartibi
26. Ta’sischining qaroriga asosan qonunchilikda belgilangan tartibda Direksiya ustav jamg‘armasini oshirish va kamaytirishi mumkin.
6-bob. Direksiya mol-mulkini tasarruf etish
27. Direksiya mulki asosiy vositalar va Ta’sischi tomonidan operativ boshqaruv huquqlari asosida unga berilgan muomaladagi avtivlardan iborat.
28. Direksiyaning asosiy vositalari va muomaladagi avtivlari bo‘linmaydi va hissa (ulush) tariqasida taqsimlanmaydi.
29. Ma’muriy kengash Ta’sischi nomidan Direksiyaga berilgan davlat mulklarining maqsadli foydalanishi, saqlanishi va tasarruf etilishi ustidan nazorat qiladi.
30. Direktor Ta’sischi bilan kelishgan holda quyidagi holatlarda Direksiya mulkini tasarruf etishi mumkin:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijara va garovga berish;
mol-mulkni boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondiga badal sifatida qo‘shish;
boshqa xo‘jalik subyektlarining aksiyalarini sotib olish;
direktor ta’sischi bilan kelishib, mulkni davlat korxonasi faoliyati maqsadlariga muvofiq bo‘lmagan boshqacha tarzda tasarruf etish.
7-bob. Daromadlarni shakllantirish tartibi
31. Direksiya daromadlari quyidagilardan shakllantiradi:
ko‘rsatilgan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
TRZ hududida joylashgan davlat mulki obyektlari bo‘lgan inshootlar va binolar hamda yer uchastkalarni ijaraga berish va realizatsiya qilishdan tushadigan mablag‘lar;
Ma’muriy kengash tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan.
(31-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |