Zomin” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida


II. Transport vositalarining erkin harakatini ta’minlash, hududda yangi turdagi transport harakatini joriy etish, tegishli transport infratuzilmasini rivojlantirish


Download 0.92 Mb.
bet5/20
Sana13.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1091063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
254 28.04.2021

II. Transport vositalarining erkin harakatini ta’minlash, hududda yangi turdagi transport harakatini joriy etish, tegishli transport infratuzilmasini rivojlantirish
8. Turistik zona va unga olib boruvchi Respublika va mahalliy darajadagi yo‘llarini qurish va ta’mirlash.
9. Turistlarga qulay sharoit yaratish maqsadida Toshkent sh. — Dashtobod — Toshkent sh. hamda Samarqand sh. — Dashtobod — Samarqand sh. yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l orqali yo‘lovchi tashish tizimini yo‘lga qo‘yish.
10. Xususiy transport vositasi bilan tashrif buyuruvchi turistlar uchun Turistik zona hududida avtomobilni qoldirish va jamoat transporti tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida hududga kirishda, shuningdek tashkil etiladigan dor yo‘lining boshlanish nuqtasida ko‘p qavatli maxsus avtoturargohlarni tashkil etish.
11. Barcha yo‘nalishlarni qamrab oluvchi jamoat transportining ichki tarmog‘ini rivojlantirish va Turistik zona hududiga olib boruvchi turli xildagi transport vositalarining uzluksiz harakatini tashkil etish.
12. Jamoat transporti uchun alohida yo‘laklarni tashkil yetish, barcha ijtimoiy guruhlar talablariga javob beradigan zamonaviy transport infratuzilmasini shakllantirish.
13. Piyoda sayrlarni amalga oshirish uchun sharoitlar, Turistik zona bo‘ylab alohida trotuarlar, shuningdek, jamoat va turizm infratuzilmasi obyektlari uchun velosiped yo‘laklari va veloturargohlari yaratish, velosiped ijarasi tarmog‘ini yaratish.
14. Tabaqalashtirilgan tariflar bo‘yicha (shaxsiy transport vositalari uchun yuqori stavkalar, jamoat transporti va elektromobil vositalari uchun bepul) pullik avtoturargohlarni yaratish.
15. Elektromobillar, elektrobuslar va transport vositalarining gibrid turlaridan foydalangan holda alohida transport tarmog‘ini shakllantirish, bunday transport vositalariga xizmat ko‘rsatish uchun tegishli infratuzilma obyektlarini tashkil etish.
III. Turizm xizmatlarini tashkil etishda turistlarning hayoti va salomatligi xavfsizligini ta’minlash
16. Ko‘rsatiladigan turizm xizmatlari sifati va xavfsizligini ta’minlash maqsadida tegishli standartlar ishlab chiqish.
17. Turistlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash.
18. Yakka va uyushgan turistlarning ommaviy jamlanadigan va murakkab tabiiy to‘siqlarga ega joylarda profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, og‘ir ahvolda qolgan shaxslarga zarur yordam ko‘rsatishga va turistlarning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan turistik nazorat va qutqaruv xizmatlari tizimini yaratish.
19. Turistlar uchun favqulodda holatlarda harakatlanish tartibi, shuningdek, qutqaruv xizmatlari, huquqni muhofaza qilish, shoshilinch tibbiy yordam va “tezkor aloqa liniyasi” telefon raqamlari haqida batafsil ma’lumot beruvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, Turistik zona Call-senter xizmatini ishga tushirish.
20. Turistlarni potensial xavf-xatarlar haqida to‘liq va aniq axborot bilan ta’minlash maqsadida ogohlantirishning samarali tizimini yaratish, jumladan turizm infratuzilma obyektlarida doimiy videokuzatuv tizimini joriy etish.
21. Turistik zona hududida Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling