IV. Yangi zamonaviy energiya tejovchi tizim va texnologiyalarni joriy etish orqali noyob ekologik tizimni saqlab qolish
22. Tungi vaqtlarda yoritish tizimlarini takomillashtirish, ko‘chalarni yoritishning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimidan foydalanish, shuningdek, boshqa zamonaviy usul va texnologiyalarni keng joriy etish choralarini ko‘rish.
23. Ko‘chalar va piyoda yo‘llari orasida yashil maydonlarni yaratish, piyodalar yo‘llari bo‘ylab manzarali daraxtlar va gullar ekish.
24. Maishiy chiqindilarning hosil bo‘lishini minimallashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali ikkilamchi moddiy resurslarini va qattiq maishiy chiqindilarni alohida yig‘ish va qayta ishlash tizimini yaratish.
25. Kun davomida elektr energiyasi iste’molini uch marta kamaytiruvchi, jumladan, bino va inshootlarda energiya tejaydigan lampalardan, tungi vaqtda bino va inshootlarning haroratini saqlaydigan hamda bino va inshootlarni isitish uchun issiqlik yig‘ish uskunalaridan (issiqlik yig‘uvchi), elektr energiyasida o‘ziyurar uskunalardan foydalanish.
26. Quyosh va shamol energiyasi texnologiyalarini, xususan, quyosh batareyalari texnologiyasini joriy etish orqali muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan faol foydalanish.
V. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, hududning turizm salohiyatini targ‘ib qilish
27. Real vaqt rejimida turizm xizmatlari ko‘rsatish imkoniyatini beruvchi Turistik zonaning rasmiy veb-saytini yaratish.
28. Turistik zona haqidagi ma’lumotlarni “Vikipediya” veb saytida muntazam joylashtirib borish, turistik portallar (uzbekistan.travel va boshqa sohaviy saytlar) hamda ommabop ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalarini yaratish.
29. Turistik zonaning to‘liq geografik joylashuvini uning turizm obyektlari haqidagi ma’lumotlari bilan birga “Google Maps”ga joylashtirish.
30. QR-kodlar tizimini turizm yo‘nalishlari bo‘ylab joylashtirish, joylashtirish vositalari, jamoat transtorti hamda madaniy-ko‘ngilochar va sport tadbirlari chiptalarini onlayn band qilish va sotib olish tizimlarini joriy etish.
31. Turistik zonaning turizm salohiyati va mavjud turizm xizmatlarini xalqaro va Respublika miqyosda faol targ‘ibot qilish strategiyasini ishlab chiqish.
32. Turistik zonada mahalliy va xalqaro miqyosdagi madaniy-ko‘ngilochar, sport tadbirlari, yirik forum, konferensiya va boshqa MICE tadbirlarni o‘tkazish imkoniyatlarini targ‘ib qilish hamda muntazam tashkil etilishini ta’minlash maqsadida alohida targ‘ibot mexanizmini joriy etish.
33. Hududning turizm imkoniyatlaridan va ko‘rsatiladigan xizmatlardan kelib chiqib, Turistik zonani tegishli turistlar guruhlari o‘rtasida targ‘ib qilish bo‘yicha marketing strategiyasi (targetlashtirilgan marketing) olib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |