Zoologiya darsligi asosida mavzulashtirilgan testlar to’plami
Zoologiya(15-variant). Qo’shimcha test
Download 212.99 Kb.
|
Zoologiya-2017
Zoologiya(15-variant). Qo’shimcha test.
1.Mayin junli qo'ylarning juni nimadan iborat? a. har xil uzunlikdagi tivitdan b. bir xil uzunlikdagi tivitdan c. dag’al qil va momiq tivitdan d. bir xil uzunlikdagi tivit va dag’al qil 2.Nima sababdan sudralib yuruvchilarda o'pkaning gaz almashinadigan yuzasi kengaygan? a. o’pka devoir ko’plab kameralarga bo’lingan b. tanasi qalin teri bilan qoplangan, terisi orqali nafas olmagan c. o'pka devori katakchalarga bo'lingan d. quruqlikda yashagan 3. Nima sababdan sudralib yuruvchilarning qorni yerda sudraladi? a. dumi yaxshi rivojlanganligi uchun b. oyoqlarida suzgichi yo’qligi c. oyoqlari tanasining ikki yonida joylashgani uchun d. dumi yaxshi rivojlanmaganligi 4. Kaltakesakning qulog’I qanday qismlardan tashkil topgan? a. ichki b. ichki, o’rta c. ichki, o’rta, tashqi d. ichki, nog’ora parda 5.Toshkent viloyati va mirzacho’l, xorazm cho’llarida tarqalgan ilonni belgilang: a. charx ilon b. qalqontumshuq c. suvilon d. kapcha 6. Qadimgi suvda hamda quruqlikda yashovchilardan qaysi hayvonlar kelib chiqqan? a. hozirgi suvda hamda quruqlikda yashovchilar b. hozirgi sudralib yuruvchilar c. qadimgi suvda hamda quruqlikda yashovchilar d. qadimgi baliqlar, sudralib yuruvchilar 7. Qo’riqchi … larning boshi yirik, jag’lari kuchli rivojlangan, oilani qo’riqlash vazifasini bajaradi? a. chumoli b. asalari c. termit d. ninachi 8.Dastlabki suvda hamda quruqlikda yashovchilar … dan kelib chiqqan. a. dengizda yashovchi panjaqanotli baliqlar b. chuchuk suvda yashovchi panjaqanotli baliqlar c. dengizdan chuchuk suvga yashashga o’tgan panjaqanotli baliqlar d. lansetnikka o’xshash xordalilardan 9.O'zbekistonda iqlimlashtirilgan baliqlarning turkumlari to'g'ri ko'rsatilgan javobni belgilang: a. losossimonlar turkumi – laqqa, gulmoyi b. karpsimonlar turkumi - oq amur, xumbosh c. karpsimonlar turkumi – oq amur, xumbosh, ilonbosh d. suyak tog’ayli baliqlar turkumi - ilonbosh 10.Qaysi hayvonlarning bosh miyasi bo’lmalarga bo’linmagan: 1)sterlyad; 2)beluga; 3)asalari; 4)chumoli; 5)falanga; 6)biy; a. 1,2,5,6 b. 3,4,5,6 c. 3,4 d.3,5,6 11.Asosiy ovlanadigan baliqlarni belgilang: 1)oq amur; 2)zog’ora; 3)oqcha; 4)xumbosh; 5)oq sla; 6)qilquyruq; 7)ilonbosh; a.1,3,6,7 b.2,4,5,6 c.1,3,5,6,7 d.1,2,3,4,5,7 12. Baqaning quruqlik muhitiga moslashganlik belgilari? a. yapaloq gavdasi, 2 juft oyoqlari, qovoqlarining rivojlanganligi b. oyoqlari va ulardagi barmoq rivojlanganligi, o’rta quloq paydo bo’lishi c. yapaloq gavdasi, 2 juft oyoqlari, terisi bilan nafas olishi d. o’pka va terisi orqali nafas olishi 13. Erkak baqalar boshining ikki yonida tovushni kuchaytiradigan kulrang pufaklar - … bo’ladi. a. nog’ora parda b. rezonator c. maxsus teshiklar d. burun xaltasi 14. Quruqlikda baqa … oyoqlariga tayanib sakraydi, suvda esa … oyoqlarini dam badam bukub va yozib suzadi. a. oldingi/orqa b. orqa/oldingi c. oldingi/oldingi d.orqa/orqa 15.Qadimgi panjaqanotlilar nima orqali nafas olgan? a. terisi b. o’pkasi c. jabrasi d. teri va o’pka 16.Qaysi umurtqalilarda birinchi bo'lib o'rta quloq paydo bo'lgan? a.suvda hamda quruqlikda yashovchilarda b. baliqlar c. qushlar d. sudraluvchilar 17.Qaysi h-nda xordasi hayoti davomida saqlanib qoladi?a. beluga b. barcha xordalilar c. lansetnik d. losos 18. Barcha tuban xordalilar singari uning xordasi ham umr bo’yi saqlanib qoladi, nerv nayi xorda ustida joylashgan – bu qaysi hayvon? a. baqra b. lansetnik c. losos d. bukribaliq 19.Qaysi hayvonnning umurtqalari chala harakatchan birikkan 39 – 42 ta umurtqalarda iborat? a.Baliq b. baqa c. qush d. sutemizuvchilar 20. Baliqlarning qaysi organi jabralaridan orqaroqda joylashgan: a. buyragi b. yuragi c. ichagi d. suzgichlari 21. O’tkinch baliqlarni belgilang. a. keta, gorbusha, losos b. keta, gorbusha, ugor c. ugor, xumbosh, ilonbosh d. bukri baliq, qilquyruq, baqra 22.Ikki bo'lmali oshqozonga ega bo'lgan h-nlarni ko'rsating. a.krevetka, krab, ninachi b.qisqichbaqa,ko’rgalak c.turna, laylak, zubr d.arxar, merinos 23.Baqaning ko’rish analizatori uchun xos bo’lmagan xususiyatni belgilang: a.tinch holatdagi va harakatlanayotgan o’ljani payqaydi b.ko’zlari yuqori va pastdan qovoqlar bilan himoyalanagan c.qovoqlar ko’zlarni ta’sirlardan himoya qiladi d.qovoqlar ko’zlarini namlab turadi 24.Qaysi bo’g’imoyoqlilarda qon aylanish sistemasi juda soddalashgan: 1)trixogramma; 2)iskabtopar; 3)qandala; 4)ninachi; 5)biy; 6)chayon; 7)burga; 8)krevetka; 9)zahkash; 10)kana; a. 7,9,10 b. 1,2,3,4,7 c. 5,6,8,9,10 d. 2,4,7,10 25.Qaysi hayvonlarning yuragi muskulli naychadan iborat: 1.tillaqo’ng’iz 2.dafniya 3.bitiniya 4.tridakna 5.kana 6.chayon 7.xonqizi 8.burga 9.bit 10.chumoli a. 1,3,5,6 b. 1,3,4,6 c. 1,7,8,9,10 d. 1,2,8,10 26.Tarixiy rivojlanish davomida dastlabki xordalilardan juft suzgich qanotli hayvonlar paydo bo’lgan, ular yirtqich hayot kechirgan, o’lja axtarib faol hayot kechirish natijasida ularning nerv sistemasi va sezgi organlari rivojlangan. Bu qaysi hayvonalarning kelib chiqishi haqida edi? a. baliqlar b. yirtqich sutemizuvchilar b. suvda ham quruqlikda yashovchilar d. sudralib yuruvchilar 27.Uning ayirish organlari halqali chuvalchanglarnikiga o’xshash tuzilgan naychalardan iborat, naychalar halqum bo’ylab joylashgan bo’lib, jabra oldi bo’shlig’iga ochiladi – bu qaysi hayvonda? a. baqra b. lansetnik c. losos d. bukribaliq 28.Tropik va mo’tadil iqlimli dengizlar, shu jumladan Qora dengizda tarqalgan hayvonni belgilang. a. pingvin b. dengiz o’rdagi – gaaga c. beluga d. lansetnik 29.Qaysi hayvonlar kamar suyaklari umurtqa pog’onasi bilan tutashmaganligi b-n boshqa umurtqalilardan farq qiladi? a. baliq b. baqa c. kaltakesak d. qush 30. Sutemizuvchilarning embrioni xaltaga o’xshash maxsus organ - … ichida rivojlanadi. a.bachadon b.homila c. yo’ldosh d.kindik orqali bog’langan bo’shliq 31.Hidni yaxshi sezmaydigan, biroq o’ljasining hidini tez payqaydigan sutemizuvchilar turkumini aniqlang: a.mushuksimonlar b.kitsimonlar c.yirtqichlar d.qo’lqanotlilar 32.Qaysi hayvonda tashqi qulog’I va quloq suprasi rivojlangan hamda harakatchan. a.sutemizuvchilar b.itlar c.grelandiya tyuleni d. itlar, grelandiya tyuleni 33. Jayra qaysi turkumga mansub va u qayerda yashaydi? a. kemiruvchi, tog etaklari va cho'llarda b. kemiruvchi, to’qay va cho’llarda c. yirtqich, to’g etaklari va cho’llarda d. suvsarsimonlar, tog’ etaklari 34. Qaysi h-n hidni yaxshi sezmaydi, lekin juda yaxshi eshitadi a)gepard; b)silovsin; c)korsak;d)ilvirs;e)arslon; k)bo’ri a. a,b,d,e b. a,b,c,e c. c,k d. b,e,k 35. Qaysi javobda echki uchun xos bo’lmagan xususiyatlar ko’rsatilgan? 1)oshqozoni to’rt bo’lmali; 2)yurakdan chiqqan aorta tomiri o’ng tomonga yo’naladi; 3)ko’richak o’simtasi uzun bo’ladi; 4)ko’zi ochiq bola tug’adi; 5)ikkita so’rg’ichi bor; 6)to’rttagacha bola tug’adi;
Download 212.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling