Zoologiya fanidan o’rta osiyo umurtqalilar faunasining biologik xilma-xilgi va zoogeografiyasi
Download 1.07 Mb.
|
RAHIMQULOVA MOHLAROIM bio 203 Zoologiya kurs ishi. 19,06 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining amaliy ahamiyati.
- Kurs ishining ob’ekti va predmeti
- 2.1. Umurtqali hayvonlar umumiy tavsif. Umurqali hayvonlar klassifikatsiyasi.
- Umurqali hayvonlar klassifikatsiyasi.
Kurs ishining maqsadi: Oʻrta Osiyo va Oʻzbekistonda tarqalgan umurtqalilar faunasining xilma-xilligi va biogeografiyasini o’rganish va ularni tahlil qilish .
Kurs ishining vazifalari: Mavzuga oid adabiyotlar manbai bilan ishlash ; Oʻrta Osiyo va O’zbekiston mamlakatida tarqalgan umurtqalilar faunasini va ularning foydali va zararli xususiyatlari haqida ma’lumot to’plash ; Kurs ishining amaliy ahamiyati. Oʻrta Osiyo va Respublikamizda tarqalgan umurtqalilar faunasini hayoti, yashash tarzi ularning boshqa turlardan ajralib turuvchi o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash, ma’lumotlar to’plash, o’rganish, tahlil qilishdan iborat. Oʻrta Osiyo va boshqa dunyo mamlakatlarda uchraydigan umurtqalilar hayvonlar bir-biridan farqli jihatlari, ularning ahamiyati doirasida yanada ko’proq bilimlarni qo’lga kiritish va qo’llay olish lozim. Natijada manashu mavzu diorasida o’ziga xos bo’lgan ishlarni amalga oshirib , foydali umurtqalilar hayvonlarning muhofaza qilish usullarini joriy qilish, kelajakda bu borada yanada yangi g’oyalar tashabbuslar bilan chiqib ilmiy tekshirish metodlarini qo’llab zoologiya faniga yana bilim yangiliklar,izlanishlarni olib kirish. Kurs ishining ob’ekti va predmeti . Umurtqali hayvonlar sinflari va ularga kiruvchi turlar kurs ishining ob’ekti hisoblanadi. Umurtqali hayvonlarninh sinflariga kiruvchi turlarning tuzilishi, ko’payishi, biologik xususiyatlari, tarqalishi, sistematikasi va ahamiyati to’g’risida mutaxassis olimlarimiz tomonidan chop etilgan ilmiy va o’quv uslubiy qo’llanmalar, adabiyotlar ushbu kurs ishining predmeti hisoblanadi. 2.1. Umurtqali hayvonlar umumiy tavsif. Umurqali hayvonlar klassifikatsiyasi. Umurtqalilar, boshskeletlilar (Vertebrata yoki Craniata) — xordalilar tipiga mansub hayvonlar kenja tipi. Turlari soni umurtqasizlarga nisbatan kam; shunga qaramay ular hozirgizamon biosferasida muhim oʻrin tutadi. Umurtqalilar yuksak tuzilgan; oʻzgaruvchan yashash xususiyatiga ega. Ular okean suvining turli qatlamlarida, baland togʻlarda, choʻllarda va boshqa joylarda yashaydi. Barcha Umurtqalilar evolyutsiyasida ular tuzilishining bitta umumiy reja asosida rivojlanishi kuzatiladi. Bunday rivojlanish morfologik, biokimyoviy va fiziologik xususiyatlari, xattixarakatlari hamda psixik faoliyati jihatidan takomillashgan formalar vujudga kelishiga olib kelgan. Umurtqalilarning qad. ajdodlari (bosh skeletsizlar, pardalilar) dengizda yashagan. Umurtqalilar dastlab chuchuk suvda paydo boʻlib, evolyutsiyaning dastlabki bosqichini oʻtgan. Ular evolyutsiyasi davomida birlamchi oʻq skelet — xorda oʻrniga dastlab togʻayli, keyinroq suyakli umurtqa pogʻonasi paydo boʻlgan. Natijada suv oqimiga qarshi xarakatlana oladigan kuchli muskulatura uchun pishiq va elastik tayanch skelet vujudga kelgan. Umurtqalilar ning suvdan quruqlikda yashashga oʻtishi bilan ular organizmida muhim oʻzgarishlar yuz bergan. Harakat organlarining faol ishlashi uchun ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish, ayirish, sezgi organlari va markaziy nerv sistemasi yaxshi rivojlangan. Ovqat hazm qilish sistemasi (ogʻiz boʻshligʻi, qiziloʻngach, oshqozon, ichaklar)ning turli qismlaridan fermentlar ajralib, ovqatni uzluksiz parchalash imkoniyati tugʻilgan; jigar organizmda muhim kimyoviy "laboratoriya" vazifasini bajargan. Umurtqalilar yuragi boʻlmacha va qorinchadan iborat. Qon aylanish sistemasi yopiq. Jabra yoki oʻpka orqali nafas oladi. Qadimgi Umurtqalilar ning chuchuk suvda yashashga oʻtishi bilan suvtuz almashinuvi birlamchi buyrak — mezonefros oʻrniga amniotalarda ikkilamchi buyrak — metanefros paydo boʻlgan. Metabolizmning gormonal boshqarilishi murakkablashgan. U.ning nerv sistemasi va sezgi organlari ishi rivojlangan. Baʼzilarida elektr va magnit sezuvchi organlar ham bor. U., odatda, ayrim jinsli, birok, germafroditizm ham uchrab turadi. Tuban Umurtqalilar tuxum qoʻyib, koʻpchiligi tirik bola tugʻib koʻpayadi. Yuksak Umurtqalilar nasliga gʻamxoʻrlik qiladi. Eng qadimgi Umurtqalilar qoldiklari ordovik davri chuchuk suv xavzalari yotqiziqlaridan topilgan. Sudralib yuruvchilar mezozoyda juda keng tarqalgan. Ulardan sut emizuvchilar va kushlar paydo boʻlgan. Hozir Umurtqalilarning 40—45 ming turi mavjud boʻladi. Umurtqali hayvonlar tipiga: Chala xordalilar, lichinka xordalilar, bosh suyaksizlar (lansetniklar), to‘garak og‘izlilar (Minoga va miksinalar), baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar kiradi. Umurtqali hayvonlar dengizda ma’lum darajada o‘troq hayot kechiruvchi qobiqlilar ham kirishini A. O. Kovalevskiy o‘z tekshirishlarida aniqlagan. Ayrim belgilari bilan xordalilarga o‘xshash bo‘lgan ichak bilan nafas oluvchilar (Enteriopneutsa) ham ba’zan xordalilar tipiga kiritiladi. Umurtqali (xordalilar) hayvonlar nihoyatda xilma-xil bo‘lishiga qaramay, qator o‘xshash belgilarga ega. Ularning asosiylari quyidagilar: 1. Hamma xordalilarda dastlab yelka tori, ya’ni xorda sifatida paydo bo‘lgan o‘q skeleti bor. Xorda embrional rivojlanish davrida boshlang‘ich ichak sistemasining yuqori tamonidan ajralib chiquvchi tor sifatida paydo bo‘ladi. Shunday qilib xorda entodermadan hosil bo‘lgan. Xordaning keyingi taqdiri har xil. U faqat tuban xordalilarda (assidiyalar va salplardan tashqari) bir umr saqlanadi. Lekin shunda ham umurtqa pog‘onasining rivojlanshi tufayli aksariyat hayvonlarda xorda bir muncha reduksiyalashadi. Yuksak darajada rivojlangan umurtqalilarda xorda embironal organ hisoblanadi va voyaga yetgan hayvonlarda uni umurtqa pog‘onasi siqib chiqaradi, natijada bo‘g‘inlarga bo‘linmagan yaxlit o‘q skeleti sigmentli bo‘lib qoladi. Boshqa skelet hosilalari singari (xordadan tashqari) umurtqa pog‘onasi ham mezodermadan hosil bo‘lgan. 2. O‘q skeleti ustida ichi kovak nay shaklidagi markaziy nerv sistemasi joylashgan. Nerv nayining ichi (bo‘shligi) nevrosel deb ataladi. Markaziy nerv sistemasining naysimon tuzilishi (qobiqlilardan tashqari) barcha xordalilar uchun xosdir. Deyarli barcha xordalilarda nerv nayining oldingi qismi kengayib, bosh miyani hosil qiladi. Bu xolatda ichki bo‘shliq bosh miya qorinchalari shaklida saqlanadi. Embrional rivojlanish davrida nerv nayi murtakning orqa qismidan hosil bo‘lib, ektodermal kelib chiqqan. 3. Ovqat hazm qilish nayining oldingi (tomoq) qismi jabra yoriqlari deb ataluvchi teshiklar yordamida tashqi muxit bilan bog‘lanadi. Suvda yashaydigan tuban xordalilarda jabra yoriqlari bir umr saqlanadi. Boshqalarida ular embrional rivojlanishining ayrim davrlarida ma’lum funksiyani bajaradigan yoki bajarmaydigan shaklda paydo bo‘ladi. Xordalilarning yuqorida aytilgan uchta harakterli belgilaridan tashqari ayrim holatda boshqa guruh vakillarida ham uchraydigan quyidagi belgilarni ko‘rsatish zarur. Umurqali hayvonlar klassifikatsiyasi. 1-kenja tip. Chala xordalilar (Nemichorda). I sinf. Graptolitsimonlar (Cgaptolitholdea) yoki pterobranxiyalar (Pterobranchia) . II sinf. Ichak bilan nafas oluvchilar (Enteropneusta). 2-kenja tip. Lichinka xordalilar yoki pardalilar (Urochorda yoki Tunicata). I sinf. Appendikulyariyalar (Appendiculariae). II sinf. Assidiyalar (Ascidie). III sinf. Salplar (Salpae). 3-kenja tip. Bosh skeletsizlar (Acrania). Xorda boshlilar sinfi (Cephalochorda). Bosh skeletlilar (Craniata) yokiUmurtqalilar (Vertebrata) kenja tipi I sinf. To‘garak og‘izlilar (Vertebrata yoki Craniota). II sinf.Baliqlar (Pisces). III sinf. Suvda va quruqda yashovchilar yoki amfibiyalar (Amphibla). IV sinf. Sudralib yuruvchilar yoki reptiliyalar (Reptilla). V sinf. Qushlar yoki parrandalar (Aves). VI sinf. Sut emizuvchilar yoki darrandalar (Mammalia). Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling