Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari
Laylaksimonlar va flamingolar turkumlariga tavsif bering
Download 464.85 Kb.
|
Zoologiya fanidan savollar
195. Laylaksimonlar va flamingolar turkumlariga tavsif bering.
Laylaksimonlar (Ciconiiformes) — qushlar turkumi. 10 oilaga mansub turlari maʼlum. Oʻzbekistonda qarqaralar, laylaklar, ibislar oilasiga mansub 13 turi uchraydi. L.ning tumshugi, boʻyni va oyoklari uzun. Ogʻirligi 100 g dan 6 kg gacha. Arktika va Antarktikadan tashqari yer yuzining hamma qismida tarqalgan, lekin koʻpchiligi tropik va subtropik iqlimda yashaydi. Uyasini daraxtlar shoxiga, qamishzorlar orasiga, qoyalar ustiga, binolar tomiga va yerga quradi. 2—8 ta tuxum qoʻyadi. Kichikroq turlari 2,5 haftagacha, yirik turlari 5 haftagacha tuxum bosadi. Suvda va quruklikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, sut emizuvchilar, hasharotlar va boshqa bilan oziklanadi. Monogam. Baʼzilari qishloq xoʻjaligi zararkunandalarini qirib, foyda keltiradi. L.ning 9 turi Xalqaro Qizil kitobga, bir necha turlari har xil davlatlar Qizil kitoblariga kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga 4 tur, jumladan, oq laylak va qora laylak kiritilgan.[1] Qizil gʻozlar, flamingolar — qushlar turkumi. Baʼzan laylaksimonlar turkumi tarkibiga kenja turkum maqomida ham kiritiladi. 6 turi maʼlum. Janubiy Gʻarbiy Yevropa, Afrika, Janubiy Gʻarbiy Osiyo, Janubiy va Markaziy Amerika hamda Shimoliy Amerikaning jan. qismida tarqalgan. Tanasi 91 — 120 sm, qanoti 43—49 sm, ogʻirligi 3–4 kg. Tumshugʻi katta, pastga qayrilgan. Jagʻining chetlarida shoxsimon plastinkachalar joylashgan boʻlib, suv yoki suyuqroq balchiqdan oziq moddalarni suzib olishiga yordam beradi. Oyoq va boʻyni uzun, barmoqlari orasida suzgich parda bor. Pushti, oq, yirik patlari qora. Dengiz va shoʻr koʻl qirgʻoqlariga koloniya boʻlib (baʼzan bir necha mingtasi birga) uya quradi. Oddiy qizil gʻoz Kaspiy dengizining shim.sharqiy qismi va Qozogʻistonning shoʻr koʻllari atrofi (odam borishi qiyin joylar) da yashaydi. Konussimon, balandligi 10—60 sm li uyasini balchiq yoki qumdan yasaydi. 1—3 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini nari va modasi navbat bilan 30—32 kun bosadi. Qizil gʻozlar urugʻ, suvoʻtlar, qisqichbaqasimonlar, mollyuska va suv hasharotlari bilan oziqlanadi.[1][2] Download 464.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling