Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari
Panja qanotlilar tuzilishi va hayot kechirishi uchun xos xususiyatlar nimadan iborat?
Download 464.85 Kb.
|
Zoologiya fanidan savollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 186. Baliqlar migratsiya sabablarini ko‘rsating.
185. Panja qanotlilar tuzilishi va hayot kechirishi uchun xos xususiyatlar nimadan iborat?
Panja qanotli baliqlar (Crossopterygii yoki Crossopterygiomorpha) — balikdar infra sinfi (baʼzan kenja sinfi yoki katta turkumi). Ilk devondan maʼlum, boʻr davri oxi-riga kelib deyarli qirilib ketgan. Oʻrta devonda Panja qanotli baliqlar b.dan dastlabki quruqlikda yashovchi umurtqalilar kelib chiqqan. Uz. 7 sm dan 5 m gacha. Bosh qutisi toʻliq suyaklangan, yuqori jagʻi bosh qutisi bilan bogʻlangan. Tishlari koʻp, konussimon. Chanoq kamari 2 ta plastinkaga oʻxshash. Juft suzgichlari yoʻgʻon, muskulli, bir necha panjasimon tarmoqdangan boʻgʻimlardan iborat; tayanch funksiyasini ba-jaradi. 5 ta (jumladan, 4 ta qazilma) turkumi mavjud. Chuchuk suv ripidistlari suvda va quruqlikda yashovchshshrning bevosita ajdodi hisoblanadi. Selakantasimonlar turkumiga mansub 1 ta turi hozirgi Hind okeani (Afrikaning sharqiy sohillari yaqini)da uchraydi.[1] 186. Baliqlar migratsiya sabablarini ko‘rsating. Migratsiya deb hayvonlarning bir joydan ikkinchi joyga ko`chishiga aytiladi. Baliqlarning migratsiyasi - passiv va aktiv bo`ladi. Passiv migratsiyada baliqlar suv oqimidan foydalanadi. Bu usul bilan kam harakatchan pelagik baliqlar hamda ko`pchilik baliqlar lichinkalari (seld, ilon baliq, losos) migratsiya qiladi. Aktiv migratsiyada esa baliqlar tanlab olgan yo`nalishiga qarab harakat qiladi. Ba`zan kuchli oqim va hatto sharsharalarga qarshi suzadi (losos). Ko`pchilik baliqlar dengiz va okeanlardan daryoga o`tadi. Ular tuxum qo`ygach yana orqaga, ya`ni doimiy yashaydigan joyiga - dengiz va okeanlarga qaytib keladi (osyotrlar, lososlar, nalim, seldlar, treskalar). Yevropa va Shimoliy Afrika daryolarida yashaydigan ilonbaliqlar esa tuxum qo`yish uchun daryolardan dengizlarga o`tadi. Ular Afrika daryolaridan Atlantika okeaniga o`tadi. Ilonbaliqlar shu maqsadda 7000-8000 km yo`lni suzib o`tib, Shimoliy Amerika yaqinidagi Sargasso dengiziga kelib 1000 m chuqurlikka uvildiriqlarini tashlaydi va o`zlari halok bo`ladi. Otalangan tuxumlardan chiqqan chavoqlari okean va dengizlar osha 2 yil suzib, ota-onasi yashagan daryolarga qaytadi va 20 yilga yaqin o`sib, jinsiy voyaga yetadi. Aktiv migritsiya 3 xil bo`ladi, ya`ni urchish, ovqatlanish va qishlash migratsiyalari. 1. Urchish migratsiyasi. Urchish yoki nerest migratsiyasi, ayniqsa, o`tkinchi baliqlarda xilma-xil va murakkab bo`ladi. Urchish migratsiyasi dengizdan daryoga kirish - anadrom migratsiyasi va aksincha, daryodan dengizga kirish - kattadrom migratsiyasiga bo`linadi. Masalan: keta va o`rkach baliqlar Tinch okeandan Uzoq Sharq daryolariga kirib, necha ming kilometr yuqoriga ko`tariladi. Ular daryoga kirgandan so`ng oziqlanmaydi, gavdasidagi oqsil va yog’ hisobiga yashaydi. Jinsiy mahsulotlarini tashlab bo`lgandan keyin kuchsizlanib, holdan toyadi va muskullari bo`shashib halok bo`ladi. Lososlar umrida faqat bir marta urchiydi. Osyotrlarni Kaspiy dengizidan Volga, Kama daryolariga borishi ham urchish migratsiyasiga misol bo`ladi. 2. Oziqlanish migratsiyasi. Ko`pgina baliqlar, masalan: sardina, shprot, kefal, seldlar oziq qidirib gala-gala bo`lib, uzoq masofalarga suzib boradi, ya`ni Shimoliy Muz okeani dengizlarida sayr qilishadi. Treskalar ovqat qidirib Barents dengizlariga kirib boradi. Treskalar ikra tashlab bo`lgandan keyin ozib ketadi va Norvegiyaning g’arbiy qirg’oqlaridan Murman qirg’oqlari bo`ylab sharqqa tomon harakat qiladi, so`ngra yana urchish joyiga qaytadi. Kaspiy va Orol dengizlarida yashovchi osyotrlar, zog’ora baliqlar daryolarga borib tuxum qo`yib, yana dengizga – oziqlanish joylariga qaytishi ham oziqlanish migratsiyasiga kiradi. 3. Qishlash migratsiyasi. Ko`pgina chala (yarim) o`tkinchi baliqlar odatda daryolar quyiladigan chuchuk suvli joylardan uzoqqa ketmaydi, ya`ni daryo suvi bilan yuqoriga ko`tarilmaydi, balki daryolarning quyiladigan joylariga kelib qishlaydi. Bunday baliqlarga zog’ora baliq, oqcha baliq, vobla, sla (sudak), ship, laqqa va Kaspiy dengizdagi ayrim o`tkinchi baliqlar (Volga, Ural, Kura va boshqa katta daryolar deltalariga kirib, kech kuzda suv tagidagi chuqur joylarda to`planib qishlaydi) kiradi. Download 464.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling