176.Dengiz mollyuskalarining ko‘payishi va rivojlanishi.
Ko'payishi. Baqachanoq ayrim jinsli. Har ikki jinsda ham
jinsiy organ bir bosh uzum shingiliga o'xshash bo'lib, oyoqlarining
ustida joylashgan. Jinsiy organlarining yo'li oyoqlarining asosida mantiya
bo'shlig'iga ochiladi va shu joyda urug'lanish sodir bo'ladi. Urg'ochilari
urug'langan tuxumini jabra plastinkalari oralig'idagi bo'shliqda saqlaydi.
Bu yerda nafas olish yengil bo'lib, yosh molluskalar himoyalangan
bo'ladi. Kelgusi yil tuxumlaridan bir necha yuzlab yosh baqachanoqlar
chiqadi. Ulaming tanasi birmuncha oddiy tuzilgan bo'lib, ostki tomonida
uzun va ingichka iplari bo'ladi. Ulaming kichkinagina chig'anoqchalari
ostki tom onidan o 'tk ir ilm oqchalar bilan qurollangan. Yosh
baqachanoqlar ona tanasidan chiqib, yopishqoq iplari yordamida
baliqlaming terisiga, suzgich qanotlariga yoki jabralariga yopishib olib,
ular tanasining suyuqligi bilan oziqlanadi. Baliqlar tanasida ikki oygacha
parazitlik qilib, so'ngra suv tubiga tushadi va kichkina baqachanoqlarga
aylanadi. Shunday qilib baqachanoqlar boshlang'ich davrini parazitlik
qilib o'tkazadi
177.Chuchuk suv mollyuskalarining ko‘payishi va rivojlanishi.
Ko'payishi. Suv shilliqlari germafrodit bo'lsa —da, ular o'zaro
urug’lanadi. Ular bahor va yozda shilimshiq modda bilan o'ralgan
tizimchaga 4 — 25 tadan bir necha marta tuxum qo'yadi. Bunday
tuxumlar suv o'simliklari barglari ostiga yoki boshqa shilliqqurtlaming
chig'anog'iga yopishgan bo'ladi. Tuxumlardan 10 — 20 kunda yupqa
chig'anoqli yosh shilliqqurtlar chiqib, 6 — 7 oyda voyaga yetadi.
178.Bosh skeletsizlar tuzilishiga tavsif bering va ularning nazariy ahamiyatini ko‘rsating.
Bosh skeletsizlar, boshqutisizlar (Acrania) — xordalilar kenja tipi, ayrim maʼlumotlarga koʻra, bosh xordalilar sinfi. Boshi ixtisoslashmagan, bosh qutisi boʻlmaydi (nomi ham shundan olingan). Tanasi va ayrim ichki organlari, jumladan ayirish sistemasi va jinsiy bezlari hamda muskullari segmentlashgan (boʻgʻimlarga boʻlingan). Sezgi organlari sodda tuzilgan, faqat terisida va nerv nayi boʻylab sezgir hujayralar joylashgan, yuragi boʻlmaydi, qisqarib turuvchi aortasi yurak funksiyasini bajaradi. 2 urugʻi (lansetniklar, asimmetron) maʼlum. Atlantika va Tinch okeani dengizlarida keng tarqalgan. Qora dengizda ham uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |