Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari


Partenogcnez, pedagenez va metagenez ko‘payish


Download 464.85 Kb.
bet75/87
Sana19.06.2023
Hajmi464.85 Kb.
#1608881
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   87
Bog'liq
Zoologiya fanidan savollar

171.Partenogcnez, pedagenez va metagenez ko‘payish.
Partenogenez (yun. parthenos — bokiralik, qizlik va ...genez), bokira koʻpayish — jinsiy koʻpayish shakllaridan biri, tuxum xujayraning urugʻlanmasdan rivojlanishi. Ginogenezning ahamiyati har xil jinslarning oʻzaro uchrashuvi qiyin boʻlgan sharoitda jinsiy koʻpayishni amalga oshirilishidan va kulay sharoitda tur nayeli individlari sonini tez orttirishdan iborat.
Pedogenez (yun. paidos — bola va ...ge-nez) — partenogenez shakllaridan biri, bir qancha umurtqasiz hayvonlar lichin-kasida urugʻlanmagan tuxum hujayradan yangi naslning rivojlanishi. P.ni rus zoologi N. P. Vagner (1862) yongʻoqyasarlar oilasiga mansub 2 qanotli hasharotlarda kashf etgan. Yongʻoqyasarlarning tuxumidan chikdan lichinka tanasi ichida pedogenetik lichinka rivojlanadi. Lichinka dastlab ona lichinka toʻqimalari bilan endoparazit oziklanadi; keyinroq uning kutikulasini yorib chiqib, erkin yashashga oʻtadi. Bu hodisa bir necha marta takrorlanib, pedogenetik lichin-kaning bir necha nayeli rivojlanadi. Shundan soʻng metamorfozni tugatib, voyaga yetgan erkak va urgʻochiga aylanadigan lichinka paydo boʻladi. Urugʻlangan tuxumdan yana pedogenetik lichinkaning 1-nayel i vujudga keladi. P. — passiv tarqaladigan, voyaga yetgan davrida kam pushtli boʻlgan organizmlar uchun individlar sonini keskin oshirishga moslanishdan iborat. Ayrim qoʻngʻizlarda tirik tugʻadigan va tuxum qoʻyadigan pedogenetik lichinkalar boʻladi.[1]
Metagenez (meta... va ... genez) — avlodlarning ikkilamchi nayel gallanishi shakllaridan biri. M.da jinsiy koʻpayadigan individlar nasli jinssiz koʻpayadigan individlar nasli bilan almashinib turadi.[1]
172.Parenximatoz va selomik chuvalchanglar klassiflkatsiyasi.
Selom (yun. koiloma — chuqurlik, boʻshliq) — ikkilamchi tana boʻshligʻi, koʻp hujayrali hayvonlar (halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, ignaterililar, pogonoforalar, xordalilar va boshqalar)da tana devori bilan ichki organlar oraligʻidagi boʻshliq. S. mezodermadan hosil boʻlgan epiteliy devor bilan chegaralangan; selomik suyuqlik bilan toʻlib turadi, tashqi muhitga maxsus naychalar — selomoduktlar orqali ochiladi. S. tana devori, muskullari uchun tayanch (gidrostatik skelet); organizm ichki muhitining biokimyoviy turgʻunligini taʼminlaydi. Bundan tashqari, bir qancha ikkinchi darajali: oziqlantirish, ayirish, nafas olish, jinsiy va boshqa funksiyalarni bajaradi. S.ga ega boʻlgan hayvonlar ikkilamchi tana boʻshliqli, yaʼni selomik hayvonlar deyiladi.

Download 464.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling