Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari


Bo‘g‘imoyoqlilar harakat organlarining tuzilishi


Download 464.85 Kb.
bet74/87
Sana19.06.2023
Hajmi464.85 Kb.
#1608881
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   87
Bog'liq
Zoologiya fanidan savollar

169.Bo‘g‘imoyoqlilar harakat organlarining tuzilishi.
Bo‘g‘imoyoqlilarning tanasi va oyoqlari boʻgʻimlarga boʻlingan (B. nomi ham ana shundan olingan), ikki tomonlama simmetriyali. Tanasi qattiq xitin kutikula bilan qoplangan. Xitin qoplogʻich tashqi skelet funksiyasini ham bajaradi, unga ichki tomondan muskullar birikadi. Tana boʻgʻimlari geteronom, yaʼni ularning shakli va kattaligi har xil boʻladi. B. tanasi, odatda, bosh, koʻkrak va qorin boʻlimlaridan iborat. Lekin baʼzan tananing turli boʻlimlari oʻzaro har xil tarzda birikib ketishi mumkin. B.ning bosh boʻlimi bosh boʻlagi — akrondan va 4 tana boʻgʻimlarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Koʻkrak va qorin boʻlimlaridagi boʻgʻimlar har xil sistematik guruhlarda bir xil boʻlmaydi. B. tanasidagi har bir boʻgʻim dastlab bir juftdan nayga oʻxshash oʻsimtaga ega boʻlgan, keyinchalik bu oʻsimtalar jagʻlar, yurish oyoqlari, suzgich organlar, soʻrgʻichlar, oʻrgimchak bezlari va boshqa organlarga aylangan yoki yoʻqolib ketgan.
170.Bir, ikki va ko‘p xo‘jayin almashtirish orqali rivojlanish.
Oraliq xoʻjayin (biologiyada) — 1) voyaga yetmagan parazitlar yashaydigan hayvon organizmi. Oraliq xoʻjayindan soʻng parazitning rivojlanishi asosiy xoʻjayinda davom etadi, mas, bezgak paraziti uchun odam Oraliq xoʻjayin, bezgak chivini asosiy xoʻjayin boʻladi. Odam organizmi (eritrositlar)da parazit koʻp marta boʻlinish orqali koʻpayadi. Jigar qurti uchun suv shilligʻi Oraliq xoʻjayin, sut emizuvchi hayvonlar va odam asosiy xoʻjayin hisoblanadi. Chunki jigar qurtining lichinkasi suv shilligʻi tanasida maʼlum vaqt rivojlanadi, lekin faqat sut emizuvchilar jigari oʻt yoʻllariga oʻtgandan keyin voyaga yetadi va tuxum qoʻyib koʻpaya boshlaydi. Parazitning rivojlanish siklida bir necha Oraliq xoʻjayin boʻlishi ham mumkin. Masalan, lansetsimon soʻrgʻichlining 1-Oraliq xoʻjayini quruqlikda yashovchi shilliklar, 2-Oraliq xoʻjayini chumolilar hisoblanadi. Ayrim parazitlar (jigar qurti, exinokokk) lichinkalik davrida Oraliq xoʻjayin organizmida koʻpayishi mumkin. 2) zang zamburugʻlarining maʼlum rivojlanish davri oʻtadiga oʻsimlik. Bu zamburugʻlarning koʻpchiligi Oraliq xoʻjayinda sporalar hosil qilib, oʻsimlikning rivojlanishiga zarar keltiradi.[1]

Download 464.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling