Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari
Download 464.85 Kb.
|
Zoologiya fanidan savollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 162.So‘rg‘ichlilar sinfi.tuzilishining asosiy belgilari.sistcmatikasi.
161.Kiprikli chuvalchanglar:.
Kiprikli chuvalchanglar, tur bellyariyalar (Turbellaria) — yassi chuvalchanglar sinfi. Tuban tuzilgan ikki tomonlama simmetriyali hayvonlar. Tanasi kiprikli epiteliy bilan qoplangan. Ogʻzi tanasining oldingi uchida yoki qorin tomonida. Ichagi xaltasimon, baʼzan yosh shoxchalarga ega, anal teshigi boʻlmaydi. Tuban Kiprikli chuvalchanglarda oziq parenximada hazm boʻladi. Ayirish organi protonefridiylar (tuban tuzilgan Kiprikli chuvalchanglarda boʻlmaydi). Tuban Kiprikli chuvalchanglar nerv sistemasi teri ostida tarqoqjoylashgan nerv hujayralaridan, boshqalarda bosh gangliylar va koʻndalang nerv tolalari bilan oʻzaro bogʻlangan bir necha juft boʻylama nerv stvollaridan iborat. Germafrodit. Kiprikli chuvalchanglar gnatostomulidlar, temnotsefallar, udonellidlar, se-relatlar kabi 11 ta turkumga boʻlinadigan 3000 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Koʻpchiligi yirtqich, erkin yashaydi. Dengiz va chuchuk suv havzalarida, koʻpincha, suv tubida uchraydi; ayrim.turlari ignaterililar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va boshqa hayvonlarda parazitlik qiladi. Nam tropik oʻrmonlarda quruqlikda yashaydigan turlari ham bor.[1] 162.So‘rg‘ichlilar sinfi.tuzilishining asosiy belgilari.sistcmatikasi. So‘rg‘ichlilar sinfi. So‘rg‘ichlilarning bargsimon tanasi qalin kutikula bilan qoplangan. Voyaga yetgan davrida umurtqali hayvonlarda, lichinkasi umurtqasiz hayvonlarda parazitlik qiladi. Jigar qurti so‘rg‘ichlilar sinfining tipik vakili hisoblanadi. Jigar qurti qoramol, qo‘y, echki, cho‘chqa, tuya va boshqa yirik sut emizuvchilar jigarida parazitlik qiladi. Jigar qurtining uzunligi 3–4 sm, shakli bargsimon bo‘lib, tanasi ning oldingi uchida og‘iz so‘rg‘ichi, undan sal keyinroqda esa qorin so‘rg‘ichi joylashgan. Parazit so‘rg‘ichlar yordamida jigarning o‘t yo‘llari devoriga yopishib oladi. Hazm qilish sistemasi og‘iz so‘rg‘ichi o‘rtasida joylashgan og‘iz teshigidan boshlanadi. Og‘zi qisqa halqum orqali ikki shoxli ichak bilan tutashgan. Ichakning har qaysi shoxi yana ko‘p yon shoxlarga ajraladi. Jigar qurti o‘t suyuqligi va qonni so‘rib oziqlanadi. Ko‘payishi va rivojlanishi.Jigar qurtining urug‘ langan tu xumlari o‘t yo‘llaridan ichakka va undan tashqi muhitga chiqariladi. Tuxumlar suvga tushganida, ulardan juda mayda kiprikli lichinkalar chiqadi. Ular suv shillig‘ining tanasiga kirib oladi va kiprikchala rini tashlab, yangi lichinkalarni hosil qiladi. Keyinchalik lichin kalarda dum paydo bo‘lib, ular suvga chiqadi. Lichinkalar suvda dumini tashlab yumaloqlanadi va qalin qobiqqa o‘ralib, sistaga aylanadi. Suv yoki oziq bilan hayvonlar ichagiga tushgan sistadan lichinka chiqadi. Lichinka qon orqali jigarga boradi va o‘t yo‘llariga yopishib olib parazitlik qiladi. Jigar qurti voyaga yetgan davrida parazitlik qiladigan odam va sutemizuvchi hayvonlar uning asosiy xo‘jayini, lichinkasi parazitlik qiladigan suv shillig‘i oraliq xo‘jayini hisoblanadi. Download 464.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling