Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari


Sporalilar tipi: tuzilishi, hayot kechirishi, asosiy sistematik guruhlari


Download 464.85 Kb.
bet68/87
Sana19.06.2023
Hajmi464.85 Kb.
#1608881
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   87
Bog'liq
Zoologiya fanidan savollar

157.Sporalilar tipi: tuzilishi, hayot kechirishi, asosiy sistematik guruhlari.
Sporalilar (Sporozoa) — bir hujayralilar kenja dunyosiga mansub hayvonlar tipi. Xivchinlilardan kelib chiqqan. S. turli hayvonlar va odamning hujayra, toʻqima va organlarida parazitlik qilib, ogʻir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Parazit hayot kechirish taʼsirida tana tuzilishi birmuncha soddalashgan. Harakatlanish organoidlari, qisqaruvchi va ovqat xazm qiluvchi vakuollari rivojlanmagan. Hayot sikli spora xosil qilish bilan tugallanadi; spora qobigʻi parazitni noqulay muhit taʼsiridan himoya qiladi. S. hayot siklida jinssiz, jinsiy va sporogoniya jarayonlari almashinib turadi. Jinssiz koʻpayish hujayraning koʻp marta boʻlinishi (shizogoniya), jinsiy koʻpayish esa koʻpchilik sporalilarda ikki xil tipdagi gametalar (anizogametalar)ning kopulsiyasidan iborat. Faqat fegarinalar bir xil tipdagi gametalar (izogametalar) hosil qiladi. Zigotasi, odatda, qalin po'st bilan o'ralgan boʻlib, oosista deyiladi. Oosista ichida sporogoniya natijasida sporozoitlar hosil boʻlishi bilan parazitning rivojlanish sikli tugallanadi. S. tipiga 400 dan ortiq tur kiradi. S. tipi fegarinalar va koksidiyasimonlar sinflariga ajratiladi. Ayrim S.ning rivojlanishi bitta xo'jayinda oʻtadi (koʻpchilik koksidiyalar) va oosistlari yordamida tarqaladi. Boshqa S.ning rivojlanishi ikkita xoʻjayinda, yaʼni jinssiz koʻpayishi bir xoʻjayinda, gametogenez va sporogoniya davrlari boshqa xoʻjayinda oʻtadi. Bunday S. hayvonlar va odamga alimentar yoʻl bilan (zararlanmagan hayvon zararlangan hayvonni yeyishi) yoki qon soʻruvchi hasharotlar orqali (bezgak parazitining chivin orqali yuqishi) oʻtadi.
158.Infuzoriyalar tipi: tuzilishining asosiy belgilari.
nfuzoriyalar (Infuzoria, Ciliophora) — yuksak rivojlangan bir hujayrali hayvonlar tipi. Tanasining uzunligi 12 mkmdan 3 mm gacha. Tashqi koʻrinishi har xil; erkin va oʻtroq, yakka va koloniya boʻlib yashovchi turlari bor. Harakatlanish organoidlari tanasini qoplab turuvchi kipriklardan iborat. Tanasi yupqa va pishiq pellikula qobiq bilan qoplangan. Yadrosi 2 xil: bitta katta yadro (makronukleus) va bitta yoki bir necha kichik yadro (mikronukleus)dan iborat. Katta yadro loviyasimon, zanjirsimon, taqasimon yoki boshqa shaklda, kichik yadro dumaloq boʻladi. Infuzoriyalar hazm qilish va ayirish organoidlarining ancha murakkab tuzilganligi bilan boshqa bir hujayralilardan farq qiladi. Erkin yashovchi infuzoriyalarda ogʻizoldi chuqurchasi, ogʻiz, halqum, hazm qilish vakuollari va chiqarish teshigi boʻladi. Qisqaruvchan vakuollari 2 ta, murakkab tuzilgan boʻlib, sitoplazmadan suyuklik yigʻuvchi uzun naychalar, suyuklik saqlovchi rezervuar va chiqarish naychasidan iborat. Infuzoriyalar ning ektoplazmasida himoya vazifasini bajaruvchi ipsimon otiluvchi tanachalar (trixosistalar) joylashgan. Parazit infuzoriyalar ning ogʻiz teshigi va qisqaruvchan vakuollari bulmaydi. Bakteriyalar va suv utlari bilan, ogʻizsiz parazit turlari fagotsitoz usulda oziqlanadi. Infuzoriyalar ikkiga boʻlinish, ketma-ket boʻlinish, koʻp marta boʻlinish, kurtaklanish orqali koʻpayadi. Infuzoriyalar da jinsiy jarayon ikkita infuzoriya oʻrtasida irsiy belgilarning almashinuvi (konyugatsiya) orqali sodir boʻladi. 8000 ga yaqin turi maʼlum. Dengiz, chuchuk suv va tuproqda uchraydi. 2 sinf (kiprikli va soʻruvchi infuzoriyalar) ga boʻlinadi. Ayrim infuzoriyalar hayvonlar (halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, sut emizuvchilar) oshqozonida simbioz yashaydi. Kavsh qaytaruvchi sut emizuvchilar oshqozonida ofrioskoleks infuzoriyasi yashaydi. Bir qancha infuzoriyalar parazitlik qiladi. Baliqlarda ixtioftirius, uy hayvonlari va odamlarda balantidiy parazitlik qilib, katta ziyon keltiradi. Ayrim infuzoriyalar (masalan, tufelka) laboratoriya hayvonlari hisoblanadi[1].

Download 464.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling