120. Exiuridlar (Echiurida) Sinfi sistematikasi
121. K o‘p hujayralilarning tuzilishi va hayot kechirish xususiyatlari.
122. Kinorinxlar (Kinorhyncha) sinfi xususiyatlari.
Kinorinxlar (Kinorhyncha) -birlamchi tana boʻshliqli chuvalchanglar sinfi. Oʻz. 0,1 — 1mm. Tanasi yassi, kalin kutikula bilan qoplangan. 13 ta segment (bosh, boʻyin va 11 ta boʻgʻim)ga boʻlingan. Tanasida pixlar va ilmoqlar boʻladi. Tanasining old qismi buralib chiqadigan hartumni hosil qiladi. Koʻndalang-targʻil muskullari dasta boʻlib joylashgan, ichagi naysimon. Nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv stvolidan iborat. Sezgi organlari hartumidagi qillar va 1—2 juft pigment koʻzchalardan tashkil topgan. Ayirish sistemasi — 1 juft protonefridiydir. Ayrim jinsli. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Bir hujayrali suv oʻtlari va mikroorganizmlar bilan oziqlanadi. Hartumini oldinga otib, soʻngra tanasini tortib olib harakatlanadi. 2 turkumi, 100 ga yaqin turi maʼlum, koʻpchilik dengizlar tubida uchraydi.[1]
123. O‘rgimchaksim0nlar (Arachnida) sinfining morfologiyasi va anatomiyasi.
Oʻrgimchaksimonlar — xelitseralilar kenja tipiga mansub boʻgʻimoyoqlilar sinfi. Uz. 0,1 mm dan 17 sm gacha. Ogʻiz organi soʻruvchi. Koʻzlari oddiy. Boshkoʻkragi ingichka poyacha orqali qorin bilan tutashgan yoki unga qoʻshilib ketgan. Qorinoyoqlari reduksiyaga uchragan yoki shaklan oʻzgarib taroqsimon oʻsimta, varaqsimon oʻpka yoki toʻr bezlarini hosil qiladi. Oʻpka yoki traxeyalar orqali nafas oladi. Ayirish organlari — malpigi naychalari va koksal bezlar. Koʻpchilik Oʻ.da zahar bezlari bor. Ayrim jinsli, tuxum qoʻyadi, ayrim turlari (chayonlar) tirik tugʻadi. 60000 ga yaqin turi bor; kanalar, chayonlar, telifonlar, frinlar, tartaridlar, palpigradlar, fitsinuleylar, soxta chayonlar, solpugalar, pichanoʻrarlar, oʻrgimchaklar turkumlariga boʻlinadi. Oʻ. keng tarqalgan, koʻpchiligi quruqlikda yashaydi; kanalar va oʻrgimchaklar orasida ikkilamchi marta suvda yashashga oʻtgan turlari bor. Koʻpchiligi yirtqich, har xil umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Bir qancha turlari parazit (kanalar) va oʻsimlikxoʻr (oʻrgimchakkana. Oʻzbekiston hududida kanalar, chayonlar, solpugalar va oʻrgimchaklarning bir necha yuz turi tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |