123. Xelitseralilar (Chelicerata) kenja tipi sistematikasi.
Xelitseralilar (Chelicerata) -boʻgʻimoyoqlilar tipiga mansub umurtqasiz hayvonlar kenja tipi. Uz. 0,05 mm dan (ayrim kanalar) 1,8 m gacha (kazilma evriptidlar). X.ning boshi va 6 ta, koʻkrak boʻgʻimi qoʻshilib, boshkoʻkrakni hosil qiladi. Qorin qismi 12 boʻgʻimdan, sodda X.da oldingi qorin (7 boʻgʻim) va keyingi qorin (5 boʻgʻim)dan iborat (chayonlar). Boshkoʻkraqda 6 juft oʻsimta bor, ulardan oldingi 2 juft ogʻiz teshigi oldida (xelitseralar) va orqasida (pediapalpalar), keyingi 4 jufti yurish oyoqlari hisoblanadi. Qorin oyoqlari qoldigʻi oʻzgarib jabralar, oʻpka, taroqsimon oʻsimtalar, oʻrgimchak soʻgallarini hosil qiladi. 2 sinf: merostomalar va oʻrgimchaksimonlarga boʻlinadi. Merostomalar, asosan, dengizlarda yashaydi; koʻpchiligi qirilib ketgan. X. ning 54000 ga yaqin turi mavjud.
114. Qishloq xo‘jaligi ekinlari v a o ziq -o v q at m a h su lo tla ri zararkunandalari.
Zararkunandalar kеltiradigan zararning oldini olish va lozim bo‘lganda kurash choralari o‘tkazish uchun tabiatdagi foydali va zararli turlarni bir-biridan farq qilish lozim. Ayniqsa, hasharotlar orasida zararkunanda turlar juda ko‘p, ularning ko‘rinishi, tuzilishi, hayot kеchirishi va hatto, uchrash joylari ham bir-biridan farq qiladi.
Paxta yеtishtirish hududlarida uchraydigan hasharot turlari minglab hisoblanadi. Ularning ko‘plari qishloq va o‘rmon xo‘jaliklariga, chorvachilikka va insonlar sihat-salomatligiga zarar kеltirsa, ba’zi turlari foyda kеltirishi bilan ma’lum ahamiyatga egadir.
O‘zbеkistonda g‘o‘zaga zarar yеtkazuvchi hasharot turlari 100 dan ortadi, bеdazorlarda bo‘lsa bundan ham ko‘p tur uchraydi.
Shuni ham eslatib o‘tish kеrakki, g‘o‘za-bеda almashlab ekiladigan maydonlar, boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladigan yoki o‘zlashtirilmagan yеrlar bilan tutash bo‘ladi. Shunday ekan, tеvarak-atrofda tarqalgan hasharot turlari paxta maydonlarida ham uchraydi dеyishga hamma asoslar bor. Shu sababli qishloq xo‘jalik entomologiyasini paxtachilik zonasi miqyosida, paxtachilik entomologiyasi dеb ifodalansa yanglish bo‘lmaydi. G‘o‘za zararkunandalariga qarshi kurash, boshqa ekinlar zararkunandalariga qarshi kurash dеmakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |