Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari


O‘rgimchaksim0nlar (Arachnida) sinfining xarakteristikasi


Download 464.85 Kb.
bet64/87
Sana19.06.2023
Hajmi464.85 Kb.
#1608881
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   87
Bog'liq
Zoologiya fanidan savollar

118. O‘rgimchaksim0nlar (Arachnida) sinfining xarakteristikasi.
Oʻrgimchaksimonlar — xelitseralilar kenja tipiga mansub boʻgʻimoyoqlilar sinfi. Uz. 0,1 mm dan 17 sm gacha. Ogʻiz organi soʻruvchi. Koʻzlari oddiy. Boshkoʻkragi ingichka poyacha orqali qorin bilan tutashgan yoki unga qoʻshilib ketgan. Qorinoyoqlari reduksiyaga uchragan yoki shaklan oʻzgarib taroqsimon oʻsimta, varaqsimon oʻpka yoki toʻr bezlarini hosil qiladi. Oʻpka yoki traxeyalar orqali nafas oladi. Ayirish organlari — malpigi naychalari va koksal bezlar. Koʻpchilik Oʻ.da zahar bezlari bor. Ayrim jinsli, tuxum qoʻyadi, ayrim turlari (chayonlar) tirik tugʻadi. 60000 ga yaqin turi bor; kanalar, chayonlar, telifonlar, frinlar, tartaridlar, palpigradlar, fitsinuleylar, soxta chayonlar, solpugalar, pichanoʻrarlar, oʻrgimchaklar turkumlariga boʻlinadi. Oʻ. keng tarqalgan, koʻpchiligi quruqlikda yashaydi; kanalar va oʻrgimchaklar orasida ikkilamchi marta suvda yashashga oʻtgan turlari bor. Koʻpchiligi yirtqich, har xil umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Bir qancha turlari parazit (kanalar) va oʻsimlikxoʻr (oʻrgimchakkana. Oʻzbekiston hududida kanalar, chayonlar, solpugalar va oʻrgimchaklarning bir necha yuz turi tarqalgan.
119. G‘ovaktanlilar (Spongia, ya’ni Porifera) tipining ko‘payishi va rivojlanishi.
Chuchuk suv g‘ovaktanlisi bodyaga ichki kurtaklanish orqali ko‘payadi. Yozda bodyaga tashqi kurtaklanish va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Lekin kuzda mezogleyasidagi amyobotsit hujayralar to‘planib, gemmula deb ataladigan sharsimon ichki kurtakni hosil qiladi. Gemmula ikki qavat muguz qobiq bilan o‘ralgan hujayralar massasidan iborat. Qishda ona bodyaga halok bo‘lib, gemmula qishlab qoladi. Bahorda gemmula ichidagi hujayralar tashqariga chiqib, suv tubiga o‘ldirib oladi va yangi bodyagani hosil qiladi.
Ko‘pchilik g‘ovaktanlilar, jumladan hamma ohak skeletlilar germa- frodit. Jinsiy hujayralar mezogleyadagi harakatchan amyobotsit hujayralarning bir xili bo‘lgan arxeotsitlardan hosil bo‘ladi. Arxeotsitlar xivchinli kameralar endodermasi ostida joylashgan. Urug‘ hujayralari naylar bo‘shlig‘iga o‘tadi va oskulum orqali suvga chiqib ketadi. Spermatozoidlar etilgan tuxum hujayralariga ega bo‘lgan hayvon tanasiga o‘tib, ularni urug‘lantiradi. Urug‘langan tuxum hujayralar dastlab ona organizmida rivojlanadi. Ohak skeletli g‘ovaktanlilarning tuxumi dastlab to‘liq bir tekis bo‘lina boshlaydi. 8 blastomerlik davrida hujayralar bir tekislikda joylashadi.

Download 464.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling