Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari


Xivchinlilar sinfi, tuzilishining asosiy xususiyatlari, klassifikatsiyasi


Download 464.85 Kb.
bet67/87
Sana19.06.2023
Hajmi464.85 Kb.
#1608881
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   87
Bog'liq
Zoologiya fanidan savollar

155.Xivchinlilar sinfi, tuzilishining asosiy xususiyatlari, klassifikatsiyasi.
Xivchinlilar (Mastigophora) — sarkomastigoforalar tipiga mansub bir hujayrali hayvonlar sinfi (boshqa sistemaga koʻra kenja tip). 2 kenja sinf — oʻsimliksimon xivchinlilar va hayvonsimon xivchinlilarga ajratiladi. Oʻsimliksimon xivchinlilarni botaniklar oʻsimliklar dunyosiga kiritishadi. Xivchinlilarga 13turkumga birlashtiriladigan 7000 dan ortik, tur kiradi. Tanasi duksimon, tuxumsimon, silindrsimon, sharsimon va boshqa shaklda. Uz. 2—3 mkm dan (leyshmaniya) 1 mm gacha (ayrim opalinalar). Xivchinlari 1 tadan bir necha mingtagacha, uz. bir necha 10 mkm. Ayrim xivchinlilar xivchini asosida kinetoplast (kelib chiqishi bilan mitoxondriyalarga yaqin boʻlgan DNK saqlovchi organoid) boʻladi (kinetoplastidlar). Koʻpchilik dengiz va barcha parazit xivchinlilarning qisqaruvchi vakuoli boʻlmaydi. Hujayra yadrosi, odatda, bitta; 2 yadroli (lyambliya) va kup yadroli (opalinalar) xivchinlilar ham bor. Odatda, boʻyiga 2 ga boʻlinish orqali jinssiz koʻpayadi. Bu jarayon oxirigacha bormaganida (boʻlinadigan individlar ajralib ketmaydi) koloniya hosil boʻladi. Koʻpchilik xivchinlilarda jinsiy koʻpayish gametalar kopulyatsiyasi orqali boradi. Tuban xivchinlilarda jinsiy koʻpayish izogamiya (bir xil tipdagi jinsiy hujayralarning qoʻshilishi), boshqalarda geterogamiya (har xil tipdagi hujayralarning qoʻshilishi)dan iborat. Erkin yashovchi xivchinlilar (5100 ga yaqin) chuchuk suv va dengizlarda, qisman tuproqsa uchraydi. Tabiatda moddalar aylanish jarayonida katta ahamiyatga ega (ayniqsa, plankton xivchinlilar). Koʻpchilik xivchinlilar suvlar ifloslanishining biologik indikatorlari hisoblanadi. Bir qancha xivchinlilar odam va hayvonlarda parazitlik qilib, ogʻir kasalliklar (tripanosoma, leyshmaniya va boshqalar)ga sabab boʻladi. Ayrim xivchinlilar termitlar ichagida simbioz yashab, qiyin hazm boʻladigan oziq moddalarning hazm boʻlishiga yordam beradi.
156.Mikrosporidiyalar tipi: nozemalar va ularning patologik ahamiyati.
Nozemalar (Nosema) — mikrospo-ridiyalar tipiga mansub bir hujayralilar urugʻi. 120 ga yaqin turi bor. Hayvon toʻqimalari, organlari yoki orga-nizmini zararlaydi. Tipik turi ipak qurti nozemasi sporanti 2 yadroli spora hosil qiladi. Tut ipak qurtida peb-rina (qorason) kasalligi paydo qilib, qurtlarning yalpi qirilib ketishiga sabab boʻladi. Asalari nozemasi asalarida ichburugʻ paydo qiladi; arilar oilasining yoppasiga qirilib ketishiga sabab boʻladi. Odam ham nozematoz bilan zararlanishi va halok boʻlishi mumkin.[1]

Download 464.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling