Hujayra va to'qimalarning tuzilishi reja: Hujayra haqidagi ta'limot. To'qimalar haqida ma'lumot


Download 19.11 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi19.11 Kb.
#1044306
Bog'liq
HUJAYRA VA TO\'QIMALARNING TUZILISHI


HUJAYRA VA TO'QIMALARNING TUZILISHI

REJA:

1. Hujayra haqidagi ta'limot.
2. To'qimalar haqida ma'lumot.
3. Hujayralar va to'qimalarning organlari va ularning tuzulishi

Hujayra (lotincha — cellula) hayvonlar va o'simlik organizmlari tuzilishining negizi bo'lib, sitoplazma va yadrodan iborat. Hujayralarning tuzilishi va funksiyasi xilma-xil bo'ladi.


Tirik organizmdagi hujayralarning asosiy xususiyati: moddalar almashinuvi, ta'sirlanish va bo'linishdir. Hujayralarning funksiyasi murakkablashgan sari tuzilishi va kimyoviy tarkibi ham o'zgaradi.
Odam organizmida shakli kubsimon, silindrsimon, dumaloq (sharsimon), uzunchoq va boshqa xil hujayralar mavjud. Hujayralarni hujayra qobig'i (pardasi, membranasi) boshqa hujayralardan va tashqi muhitdan ajratib turadi, hujayra bilan tashqi muhit o'rtasidagi moddalar almashinuvini boshqaradi.
Sitoplazmada mitixondriyalar yoki xondrisomalar, endoplazmatik to'r, parda, hujayra markazi, ergastoplazma, ribosoma, lizosoma, Goldji apparati, vakuola va boshqa organoidlar (hujayra qismlari) bo'ladi. Bular oqsil moddalar, yog', glikogen, vitaminlardan iborat bo'lib, hujayralarning sitoplazma qismida to'planadi va ularni oziqlantirishga xizmat qiladi.
Hujayraning yadrosi shar yoki oval shaklda, odatda, hujayra markazida joylashadi. Yadro qobiqqa (pardaga) o'ralgan bo'ladi. Har bir yadroda 1-2 ta yadrocha bo'lib, ulardan nuklein kislotalar sintezlanadi. Bundan tashqari, yadro tarkibida oqsillar va DNKdan tashkil topgan xromosomalar bor, har bir organizmda ularning soni doimiydir (odamda 23 juft). Hujayra - barcha hayot organizmlarning tuzilish, tarkibiy va funksional birligidir (viruslar bundan mustasno). Hujayra organizmning yashayotgan eng kichik boʻlagi, deb belgilanadi. Baʼzi organizmlar (masalan, bakteriyalar) bir hujayralidir, yaʼni faqat bitta hujayraga ega. Boshqa organizmlar esa koʻp hujayralidirlar (masalan, oʻrtacha odam 100 trillion yoki 1014 hujayradan iboratdir; oʻrtacha hujayra oʻlchami 10 mikrometr, massasi esa 1 nanogramdir). Eng katta hujayra tuyaqush tuxumi boʻlib, uzunligi 15 sm, massasi 1.4 kg gacha boʻladi. Hujayrani ilk marta Robert Guk 1665-yilda kashf qilgan.
Hujayra (lot. sellula, sulis — katakcha) — barcha tirik organizmlarning tuzilishi va funksional birligi, elementar tirik sistema. Alohida organizm sifatida hayot kechirishi (bakteriyalar, eng sodda hayvonlar, ayrim suvoʻtlar va zamburugʻlar) yoki koʻp hujayrali organizmlar toʻqimalari tarkibiga kirishi mumkin. Genetik apparat eukariotlarda sitoplazma membrana bilan ajralgan yadroda; prokariotlar esa nukleoidda joylashadi. Jinsiy hujayra meyoz natijasida hosil boʻladi.
Hujayra oʻlchami 0,1—0,25 mkm dan (ayrim bakteriyalar) 155 mm gacha (tuyaqush tuxumi). Hujayraning xilma-xil funksiyasini ixtisoslashgan ichki strukturalar — organoidlar bajaradi. H.ning universal organoidlari: yadroda — xromosomalar, sitoplazmada — ribo-somalar, mitoxondriyalar, endoplaz-matik toʻr, Golji kompleksi, lizo-somalgr. Ayrim manbalarda H. membranasi ham organoidlar qatoriga kiritiladi. Koʻpchilik H.da boʻladigan membrana strukturalari — mikronay-chalar, mikrofibrillalar H. shaklining; H. kiritmalari H. tarkibining doimiyligini taʼminlash vazifasini bajaradi.
H. ichida va organizmning ichki suyuq muhitida boʻladigan oqsillar, jumladan, fermentlar ham H.da sin-tezlanadi. H.ning har qaysi organo-idi faqat unga xos vazifani bajaradi. Mas, eukariotlarda H.ning nafas olishi faqat mitoxondriyalar mem-branalarida, oqsil sintezi — ribo-somalarda kechadi. Fermentlarning konsentratsiyalanishi va ularning H.strukturasida muayyan tartibda joylashuvi kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirib, ketma-ket borishi (kon-veyer prinsipi)ni taʼminlaydi. H.ga xos mikrogeterogenlik xususiyati bir xildagi komponentdan bir vaqtning oʻzida har xil moddalarni juda oz miqdor (mikrohajm)da sintezlash imkonini beradi. Ixchamlik prinsi-pi ayniqsa DN K strukturasi uchun xos. Mas, odam tuxumhujayrasining 61012g keladigan DNK si organizm uchun xos boʻlgan barcha oqsillarni kodlaydi. H. ichida ionlarning muay-yan konsentratsiyasi saqlanadi. H. muhitdan yirik molekulalar, jumladan, oqsillar, hatto viruslarni pinotsitoz, ayrim mayda hujayralar va ular fragmentlarini fagotsitoz orqali yutish xususiyatiga ega.
Oʻsimlik H.si hujayra membra-nasi sirtidan qattiq qobiqb-n qoplangan (qobiq jinsiy H.da boʻlmay-di). H. qobigʻida teshikchalar bor. Bu teshikchalardan oʻtadigan sitoplazma oʻsimtalari orqali qoʻshni H. oʻzaro bogʻlangan. Oʻsishdan toʻxtagan H. qobigʻiga lignin, kremnezem yoki b. moddalar shimilishi natijasida ancha pishiq va qattiq boʻlib qoladi. Oʻsimlik yogʻochining pishiqligi ana shu moddalarga bogʻliq. Ayrim oʻsimliklar toʻqimasi H.lari ayniqsa juda pishiqH. devoriga ega boʻlib, H. halok boʻlgandan soʻng ham oʻzining tayanch skeletlik funksiyasini saqlab qoladi. Ixtisoslashgan oʻsimlik H.sining bir necha yoki bitta markaziy vakuolasi bor; ularda har xil tuzlar eritmasi, ugle-vodlar, organik kislotalar, alka-loidlar, aminokislotalar, oqsillar, hatto zaxira suv boʻladi. Oʻsimlik H.lari sitoplazmasida maxsus organoidlar — plastidalar bor; Golji kompleksi esa sitoplazmada tarqalgan diktiosomalardan iborat.
Barcha eukariotlar H.si bir xildagi organoidlar va metabolizmni boshqarish mexanizmlariga ega. Ular pro-kariotlar singari metabolizmni boshqarish, energiyani jamgʻarish va saqlash, oqsil sintezida genetik koddan foydalanish xususiyatiga ega. Barcha H. membranasining funksiyasi ham oʻxshash. H. tuzilishi va funksiyasining oʻxshashligi ular kelib chiqi-shidagi umumiylikdan dalolat beradi. Biroq organizmdagi H. oʻlchami va shakli, u yoki bu organoidlari soni, fermentlar majmui bilan bir-biridan farq qiladi. Bu farq organizmdagi H.ning oʻzaro kooperatsiyasi va ularning funksional ixtisoslashuvi bilan bogʻ-liq. Bir hujayralilar H.sining tuzilishi va funksiyasi oʻrtasidagi tafovutni koʻp jihatdan ularning yashash muhitiga moslanishi bilan tushuntiriladi. Genetik apparat tuzilishidagi oʻxshashlik prokariot va eukariotlar kelib chiqishidagi umumiylikni tushuntirish uchun dalil boʻladi. Ammo bir hujayralilarning ajdodi har xil prokariotlar boʻlishi ham mumkin. Simbiogenez nazariyasiga binoan bir xil prokariotlar xoʻjayin H. mitoxon-driyalariga, boshqalari — xloroplastlarga aylangan va organoid tarzida oʻz-oʻzidan koʻpaya boshlagan. Boshqa nazariyaga binoan esa prokariot H.ning strukturalari asta-sekin rivojlanib, eukariotga aylangan.
Bir organizmning barcha H.lari ge-nomi potensial axborot hajmi jihatdan urugʻlangan tuxumhujayra genomidan farq qilmaydi. Ixtisoslashgan H. yadrosini yadrosi olib tashlangan H.ga koʻchirib oʻtkazilganda normal organizm rivojlanishi buni isbotlaydi. Koʻp hujayrali organizmda H. xossalari oʻrtasidagi farq genlar faolligining bir xil boʻlmasligi tufayli kelib chiqadi. H.ning har xil ixtisoslashuvi natijasida bir xil H.lar (nerv) qoʻzgʻaluvchanlik; boshqalari (muskul) miofibrillalar hosil qiluvchi oqsillarga ega boʻlishi tufayli qisqarish, uchinchi xillari (bezli H.) hazm qilish fermentlari va gormonlarni sintezlash xususiyatiga ega boʻladi. Koʻpchilik H. koʻp funksiyali, mas, jigar H.si qon plazmasi va oʻt suyuqligi oqsillarini sin-tezlaydi; glikogen toʻplaydi va uni glyukozaga aylantiradi; yot moddalar (jumladan, dorilar)ni parchalaydi. Barcha H.da umumiy funksiyaga ega boʻlgan genlar faol boʻladi. Shunday qilib, har xil H.lar oʻrtasidagi oʻxshashlik belgilari ularni bir-bi-ridan farq qiluvchi belgilarga nis-batan koʻproq boʻlib, kelib chiqishi va funksiyasiga koʻra oʻxshash H. toʻqimalarni hosil qiladi (qarang Toʻqima).
Metabolitlar va ionlar — H.dagi jarayonlarni boshqaruvchi omillar. Ular genlarga taʼsir etish orqali fermentlar sintezini yoki bevosita fermentlarning oʻziga taʼsir koʻrsa-tib, ular faolligini oʻzgartirishi mumkin. Bunday oʻz-oʻzini boshqarish mexanizmlari tufayli H.da hayot uchun muhim boʻlgan koʻp jarayonlar optimal (eng qulay) holda saqlanib turadi.
H.larning oʻzaro taʼsiri, nerv va gormonlarning H. faolligini oʻzgarishiga olib keladigan xususiyatlari tashqaridan boshqaradigan omillarga kiradi. Bunday omillar H.ning oʻziga xos xususiyatlarini saqlab turish uchun zarur. H. kulturasiga xos sunʼiy sharoitda H.ning oʻziga hos koʻpgina xususiyatlari yoʻqoladi.
Eukariot H. mitoz orqali oʻz-oʻzidan koʻpayadi. Odam organizmidagi H. soni 1014. Ayrim toʻqimalarda H. soni hayot davomida doimiy boʻlib qoladi; faqat kam ixtisoslashgan H. boʻlinadi. Mas, odam organizmida sutka davomida 70 mlrd. ga yaqin ichak epi-teliysi H.si, 2 mlrd. eritrotsit nobud boʻlib turadi. Bir qancha toʻqi-malarda H. toʻliq ixtisoslashgan holda H. sikliga kiradi. Bunday hollarda mitoz H. boʻlinmasdan xro-mosomalarning 2 hissa ortishi bilan tugaydi (qarang Poliploidiya) yoki mitoz boshlanmasdan xromatidlar soni 2 hissa oshadi. Ayrim ixtisoslashgan H. yadrosi umuman H. sikliga kirishmaydi (mas, neyronlar, skelet mus-kullari tolasi). Bunday hollarda H. hayoti organizm umrining uzoqligiga teng boʻladi. Odam H.si oʻrtacha 1 — 2 kun (ichak epiteliysi) yashaydi. Barcha H.larda moddalar va struktura elementlari faol yangilanib turadi. Toʻqimalarni hosil qiluvchi beqiyos koʻp sonli H.lardagi metabo-litik va boshqaruv jarayonlarining oʻzaro bogʻlanganligi, ular tarkibining doimo yangilanib turishi koʻp hujayrali organizm organlarining nuqsonsiz ishlab turishini taʼminlaydi. H.ni sitologiya fani oʻrganadi. Yana q. Hujayra nazariyasi, Hujayra sikli.Toʻqima — kelib chiqishi, tuzilishi va funksiyasiga koʻra oʻxshash hujayralar sistemasi. Odam va hayvonlar toʻqimasi epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv toʻqimalariga boʻlinadi. Epiteliy toʻqimasi odam va hayvonlar tanasini qoplab turadi, ichki organlarda parda hosil qiladi, himoya funksiyasini; uning hosilalari, masalan, jigar va meʼda osti bezining serektor epiteliysi sekretor funksiyasini bajaradi. Xususiy biriktiruvchi toʻqima va uning xreilalari (qarang Krn, Limfa, Togʻay, Suyak) himoya, tayanch va trofik funksiyani bajaradi. Mezenximadan rivojlanadi. Muskul toʻqimasi qisqarish xususiyatiga ega. Shu tufayli organizm fazoda harakat qiladi va uning organlarida qisqarish harakati sodir boʻladi; silliq muskul toʻqimasi mezenximadan, koʻndalangtargʻil muskul toʻqimasi mezodermadan rivojlanadi. Nerv toʻqimasi ektodermadan hosil boʻlib, organizmning hayot faoliyatini boshqaradi, tashqi muhitdan signallar qabul qiladi va organizmning javob reaksiyasini belgilab beradi. Toʻqimaning xosil boʻlishi (gistogenez) embrionning rivojlanishi jarayonida dastlabki hujayraning ixtisoslashuvi bilan bogʻliq. Koʻpincha gistogenez voyaga yetgan organizmda ham sodir boʻladi. Toʻqimaning regeneratsiyalash, baʼzan oʻsishini taʼminlaydi. Har bir organizmning oʻziga xos funksiyasi, odatda, bitta toʻqima yoki bir qancha ixtisoslashgan hujayralar bilan bogʻliq. Barcha organlarda bir necha xil toʻqima boʻladi. Ular birgalikda organizm funksiyasini boshqarib turadi. Funksional jihatdan nerv va muskul toʻqimasi, ayniqsa, chambarchas bogʻlangan. Tuban koʻp hujayralilarda toʻqima kuchli ixtisoslashmagan. Bir xil tipdagi toʻqimaning tuzilishi organizmning har xil qismida va turli darajada tuzilgan organizmlarda bir xilda boʻlmaydi. T. evolyutsiya davomida hujayralarning funksional ixtisoslashuvi natijasida hosil boʻlgan.
Oʻsimliklarda toʻqima bir xil hujayralardan iborat boʻlsa — oddiy (mas., kollenxima), har xil hujayralardan iborat boʻlsa — murakkab toʻqima deyiladi. Oʻsimlikning hayoti davomida oʻsishini taʼminlovchi toʻqima meristema bilan bogʻliq. Ildiz va poyaning uchki qismidagi toʻqima birlamchi meristema deyiladi. Poya va ildiz diametrining oʻsishi ikkilamchi meristema — kambiy va fellogen bilan bogʻliq. Odatda, oʻsimliklarda 3 xil: qoplovchi, oʻtkazuvchi va asosiy toʻqima sistemasi ajratiladi. Qoplovchi sistema birlamchi toʻqima (epiderma, epiblema, yaʼni rizoderma, ekzo,derma)dan hamda himoya va soʻrish funksiyasini bajaradigan havo, baʼzan, tuproq (ildizlar) va ikkilamchi toʻqima (himoya funksiyasini bajaradigan) peridermadan iborat boʻlishi mumkin. Pust deb ataladigan uchlamchi qoplovchi toʻqima daraxtlar ildizi va poyasida sirtqi peridermaning nobud boʻlishi tufayli hosil boʻladi. Oʻtkazuvchi sistema 2 xil: birlamchi va ikkilamchi floema hamda birlamchi va ikkilamchi ksilemadan iborat. Asosiy sistema birlamchi parenxima toʻqimasi — xlorenxima, aerenxima hamda mexanik toʻqima — kollenxima va sklerenximani uz ichiga oladi. Bundan tashkari, ajratish, shamollatish funksiyasiga ega boʻlgan Epiteliy (epi... va yun. — soʻrgʻich), epiteliy toʻqimasi — koʻp hujayrali hayvonlarda — tanani va tana boʻshligʻini qoplab turuvchi, koʻpchilik bezlarning asosiy funksional tarkibini tashkil etuvchi toʻqima. Embriogenezda E. har uchchala murtak varaqlaridan hosil boʻladi va tana qoplogʻichi, ularning hosilalari hamda koʻpchilik bezlarning hosil boʻlishida qatnashadi. E. tez eskirib qolishi tufayli kuchli regeneratsiya qilish xususiyatiga ega. E. bazal membrana bilan chegaralangan, unda tomirlar boʻlmaydi; oziq moddalarni unga yaqin joylashgan biriktiruvchi toʻqimadan oladi. E. cheklovchi, himoya, moddalar almashinuvi (soʻrish, ajratish), sekret ajratish funksiyasini bajaradi. Funksiyasiga binoan, qoplovchi va sekretor E.ga ajratiladi. Qoplovchi E., oʻz navbatida, bir qavatli, koʻp qavatli va oraliq qavatli boʻladi. Bir qavatli E. hujayralari bazal membrana bilan bogʻlangan (oshqozon va ichak devori, mezoteliy tana boʻshligʻini oʻrab turadigan E.). Koʻp qavatli E.ning faqat ichki qavati bazal membrana bilan qoplangan (teri E.si), oraliq (2 qavatli) E.ning tashqi koʻrinishi organ devori choʻzilishiga qarab oʻzgarib turadi (mas, qovuq, siydik chiqarish yoʻli E.si). Sekretor E. esa bezlarda boʻladi. E. hujayrasining tuzilishi uning sekretorlik funksiyasi bilan bogʻliq.
E1. shakliga binoan, yassi, kubsimon va silindrsimon boʻladi. Shimuvchi E. hujayrasi sirti tuksimon jiyakli, hilpillovchi E.da hilpillovchi kipriklar boʻladi. Himoya funksisini bajaruvchi E. uchun muguzlashish xususiyati, bezli epiteliy uchun donador endoplazmatik toʻr va Golji kompleksining rivojlanishi xos.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1.Qodirov E. Q "Gistologiya"
2.Zufarov K A "Gistologiya"
3.ziyonet.kom
4. Google.kom
Download 19.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling