Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari


Tasmasimon chuvalchanglar (Cystoda)sinfi Ko‘payishi va rivojlanishi


Download 464.85 Kb.
bet50/87
Sana19.06.2023
Hajmi464.85 Kb.
#1608881
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   87
Bog'liq
Zoologiya fanidan savollar

97. Tasmasimon chuvalchanglar (Cystoda)sinfi Ko‘payishi va rivojlanishi.
Tasmasimon chuvalchanglar, sestodlar (Cestoda) — yassi chuvalchanglar sinfi. Hayvonlar va odam ichagida, baʼzan boshqa organlarida parazitlik qiladi. Gavdasi tasmasimon (nomi shundan), uz. mm ning bir necha ulushidan 30 m gacha, bosh (skoleks), boʻyin va strobiladan iborat. Boshida yopishuv organlari (soʻrgʻichlar, ilmoqlar, xartumlar va boshqalar) joylashgan. Boʻyin qismi oʻsuvchi yosh boʻgʻim (proglotid)lardan iborat. Strobilasi, odatda, bir nechtadan oʻnlab, hatto yuzlab boʻgʻimlarga boʻlingan. Jinsiy organlari germafrodit, har bir boʻgʻimida bitta yoki bir juftdan boʻladi. Tanasi botib kirgan kipriksiz epiteliy bilan qoplangan. Ichagi boʻlmaydi, tanasining yuzasi orqali ichakdagi suyuq oziqni soʻrib oladi. Juda serpusht, ayrim turlari bir yilda 600 mln.gacha tuxum qoʻyadi. Xoʻjayin almashtirib rivojlanadi. Tuxumlari ichida tashqi muxitda 6 ilmokli onkosfera lichinkalar rivojlanadi. Tuxumlar oraliq xoʻjayin ichagiga tushganida lichinkasi kon orkali turli organlarga borib, pufak (finna)ga aylanadi. Asosiy xoʻjayin finnali organ (goʻsht, jigar va boshqalar)ni yeb, parazitni yuktiradi. Asosiy xoʻjayin ichagida finnadan chiqqan lichinka ichak devoriga yopishgach, yangi boʻgʻimlar chiqarib oʻsadi.
98. Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) sinfining Yashash muhiti va tarqalishi.
Qisqichbaqasimonlar, qisqichbaqalar — boʻgʻimoyoqlilar tipining sinfi. 30000 ga yaqin turi bor. Qisqichbaqasimonlar sefalokaridlar, jabraoyoqlilar, chigʻanoqlilar, eshkakoyoqlilar, karpxoʻrlar, moʻylovoyoqlilar, oʻnoyoklilar kenja sinflariga boʻlinadi. Asosan, dengizlar, chuchuk suvlarda, ayrim turlari quruqlikda yashaydi yoki parazit hayot kechiradi. Bir hujayrali organizmlar, detrit, organik moddalar, oʻsimlik va hayvonlar, oʻlaksalar bilan oziklanadi.
Koʻpchilik qisqichbaqasimonlar ayrim jinsli, bir qancha turlari partenogenez yoʻli bilan koʻpayadi. Tuxumlarini koʻpincha urgʻochilari olib yuradi yoki maxsus chiqarish kamerasida rivojlanadi.

Download 464.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling