Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari
Dengiz yulduzlari (Asteroidea) sinfining ichki tuzilishi
Download 464.85 Kb.
|
Zoologiya fanidan savollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 96. Gregarinalar (Gregarinina) sinfi morfologiyasi.
95. Dengiz yulduzlari (Asteroidea) sinfining ichki tuzilishi.
Dengiz yulduzining tuzilishi va organlar sistemalari. Oddiy dengiz yulduzi – turli ochiq dengiz va okeanlarda, janubiy dengizlarda ko‘p tarqalgan. Dengizda sohil doirasida Rossiyada Uzoq Sharq va Shimoliy dengizlarda tarqalgan. Dengiz yulduzi besh nurli yulduz shaklida, turli rangda (qizil, oqish, ko‘kimtir) o‘rtacha 10-25 sm, ba’zilari 50-60 sm kattalikda. U yirtqichlik bilan hayot kechirib dengiz tubidagi turli hayvonlar, ko‘pincha ikki pallali mollyuskalar bilan ovqatlanadi. Dengiz yulduzining beshta katta va harakatchan uchi ingichkalashgan o‘simtalari qo‘llar deb atalib, bularning uchida bir nechta kalta paypaslovchi (teri, sezuv organ)lari va ko‘zi joylashgan. “Qo‘llar” ni tutashtiruvchi markaziy (tana) qismi - disk deb nomlanadi. Diskni ostki qismi “oral” tomoni, ustini esa, “aberal” deb ataladi. Pastki “oral” tomonida og‘iz, “aberal” tomonida “anal” teshigi uning yonida esa suv bilan harakatlanadigan ambulakral organiga suv o‘tkazgich – madrepora plastinkasi joylashgan. Qo‘llarning oraliqlarida jinsiy organlarning yo‘llari ochilgan. Erkagi va urg‘ochisi bir xil. Oral tomonida diskdan boshlab “qo‘llar” ning uchiga qarab yo‘nalgan, “ariqcha” bo‘lib, ariqchaning ichki va yon tomonida yuzlarcha harakatchan o‘simtalar – ambulakral oyoqchalar joylashgan. Dengiz yulduzlarining hozirgi okean va dengizlarda tarqalgan 1500 turi bor. (10000 m chuqurlikda yashaydigan turlari ham bor). Asosan shimoliy dengizlarda, Barens dengizida tarqalgan. Janubiy dengizlarda yashaydigan dengiz yulduzlarida qo‘llar soni 8,16,45 tagacha, kattaligi 50-80 sm keladi. Dengiz tubidagi ikki pallalilar, qorin oyoqlilar, chuvalchanglar bilan oziqlanadi. Bular foydali mollyuskalarni yeb zarar keltiradi. 96. Gregarinalar (Gregarinina) sinfi morfologiyasi. Gregarinalar (Gregarinina) — sporalilar tipining sinfi. 500 ga yaqin turi bor. Turli umurtqasiz hayvonlarda, asosan boʻgʻimoyoqlilarda parazitlik qiladi. Uz. 10—15 mkm dan 16 mm gacha. Tanasi choʻziq, chuvalchangsimon; baʼzan dumaloq (tana boʻshligʻida parazitlik qiladigan G.). Koʻpchilik G. tanasining oldingi qismi ichak devoriga yopishadigan organoid-epimerit hosil qiladi. Tanasi pellikula qobiq bilan qoplangan, koʻpincha koʻndalang toʻsiq bilan 2 qismga: oldingi protomerit va keyingi deytomeritga boʻlingan. G. ichak devori yoki tana boʻshligʻida, baʼzan jinsiy bezlarda parazitlik qiladi. Asosan jinsiy yoʻl bilan koʻpayadi. Koʻpchilik G.da boshqa sporalilar uchun xos boʻlgan shizogoniya (jinssiz koʻp marta boʻlinish orqali koʻpayish) kuzatilmaydi. Download 464.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling