Zoologiya fanidan umurtqasizlar bulimi mavzulari bo’yicha darslarni ótkazish. Darslarni kuzatish va tahlil etish. «Hayvonlar»
Download 251.67 Kb. Pdf ko'rish
|
6-а
Zoologiya fanidan umurtqasizlar bulimi mavzulari bo’yicha darslarni ótkazish.Darslarni kuzatish va tahlil etish. «Hayvonlar» bo’limining asosiy mazmuni. VI va VII sinflarda (maktab islohotiga ko’ra VII va VIII sinflarda) o’rganiladigan «Hayvonlar» bo’limi umumiy biologik talim sistemasida oraliq o’rinni egallaydi. «O’simliklar» va «Bakte-riyalar. Zamburug’lar. Lishayniklar» bo’limlari o’tilganda o’quvchilar o’simliklar to’g’- risidagi konkret bilimlarni o’zlashtirganlar, hatto birmuncha umumbiologik (massa- lan, o’simlik organizmining bir butunligi, ularning atrof-muhit bilan o’zaro bog’liqligi, o’simliklar olamining tarixiy taraqqiyoti to’g’risidagi) tushunchalarga ega bo’lganlar. Bo’limning mazmuni turli zoologik fanlarning-hayvonlar morfologiyasi, anatomiyasi, fiziologiyasi, ekologiyasi, sistematikasi, embriologiyasi kabi sohalar-ning elementlaridan tarkib topgan. Bu malumotlar hayvonlarning sistematik guruhlari bo’yicha bir-biriga o’zviy bog’langan holda yuqoriga ko’tarilib boradigan tartibda o’rganiladi. Hayvonlar bilan tanishish ularning tashqi va ichki tuzilishini o’rganish bilan cheklanmaydi; ayni paytda hayvonning hayot funktsiyalari ham o’rganiladi, bunda forma va funktsiyaning birligi asos qilib olinadi. Hayvonlarning fiziologik funktsiyalari xordalilar o’rganilganda bataf-sil qarab chiqiladi. Bunda ovqatning hazm bo’lishi, oziq moddalarning qonga shimili-shi va barcha organlarga tarqalishi hamda o’zlashtirilishi kabi masalalar o’rganiladi. Shuningdek, qonga kislorod kirishi va uni barcha organlarga olib borilishi qarab chiqiladi. Ayirish organlari o’rganilayotganda esa buyraklardan qondagi keraksiz moddalarni ajratilishi takidlanadi, xullas moddalar almashinuvining tashqi tomonlari qarab chiqiladi. Ko’p hujayrali hayvonlar guruhlarining vakillari o’rganilganda ulardagi barcha organlarning bir-biri bilan kelishilgan holda faoliyatda bo’lishini tamin-lovchi nerv sistemasining funktsiyalari ham aniqlab boriladi va reflekslar to’g’ri-sidagi tushunchalar rivojlantiriladi. «Hayvonlar» bo’limining mazmunida embriologiya materiallari ancha salmoqli o’rin olgan. Ular hayvonlarning urchishi va individual rivojlanishi to’g’-risidagi tushunchalarni rivojlantirish imkoniyatini beradi. Bo’limni o’rganish da-vomida o’quvchilar jinssiz va jinsiy ko’payish yullari bilan tanishadilar, ko’payish organlarining tuzilishini umumiy tarzda qarab chiqadilar. Embrional taraqqiyot qisqacha, postembrional taraqqiyot birmuncha to’laroq yoritiladi. Ekologiya fanining asosiy qoidalari «hayvonlar» bo’limining mazmuniga doimiy element bo’lib kirgan. Har bir hayvonni uni o’rab olgan muhit bilan o’zaro bog’liq holda o’rganilishi, ularning muhitga har xil tarzda moslanganligini takid-lash va bo’lim oxirida «Tabiiy jamoalar» mavzusini o’tilishi o’qitishda ekologik yunalishning ko’chaytirilganligidan dalolat beradi. Hayvonlar klassifikatsiyasi bilan o’quvchilar «Kirish» mavzusida tanisha boshlaydilar. Bunda tur, avlod, oila turkum, sinf va tip (bo’lim) tushunchalari rivoj- lantiriladi. Chunki tur va boshqa taksonomiya kategoriyalari to’g’risidagi dastlabki tasavvurlarga o’quvchilar «o’simliklar» bo’limida ega bo’lganlar. Bo’limda hayvonot olamining obzori sistematika printsiplariga muvofiq izchillikda tiplar bo’yicha berilgan. «Hayvonlar» bo’limida filogeniya masalalariga ham alohida etibor berilgan. O’simlik va hayvon belgilarini o’zida mujassamlashtirgan evglenani, gidra taraqqiyotidagi bir hujayrali stadiyani, bo’g’imayoqlilar bilan halqali chuvalchanglar taraqqiyotidagi o’xshashlikni, umurtqalilarning ajdodiga yaqin bo’lgan organizm sifatida lantsetnikni, suvda ham quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar va Sut emizuvchilarning kelib chiqishini o’rganish o’quvchilarni hayvonot olamining tarixiy taraqqiyoti protsessini tushinib olishga tayyorlaydi. Download 251.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling